Ko‘chirma gaplarda tinish belgilari
1. Ko‘chirma gapni keltiruvchi shaxs gapi …
A) muallif gapi B) ko‘chirma gap C) o‘zgalarning gapi D) ma’nosi saqlanib shakli o‘zgartirilgan gap
2. Ko‘chirma gap haqida keltirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ko‘chirma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul, nuqta, qo‘shtirnoq kabi tinish belgilari ishlatilishi mumkin B) ko‘chirma gap muallif gapidan so‘ng, oldin yoki uning tarkibida bo‘lishi mumkin C) muallif gapidan oldin kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgisi qo‘shtirnoq ichiga olinib, undan keyin tire qo‘yiladi, so‘ngra esa muallif gapi bosh harf bilan boshlanadi D) muallif gapidan so‘ng kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgilari qo‘shtirnoq ichiga olinadi va qo‘shtirnoqdan so‘ng hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi
3. Ko‘chirma gaplarda ikki nuqta qaysi o‘rinda qo‘llanadi?
A) gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng B) gap boshida kelgan ko‘chirma gapdan so‘ng C) gap boshida kelgan muallif gapidan so‘ng D) gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan oldin
4. Ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgilari qay tarzda qo‘llanadi?
A) muallif gapidan so‘ng kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgilari qo‘shtirnoq ichiga olinadi va qo‘shtirnoqdan so‘ng hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi B) muallif gapidan oldin kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgisi qo‘shtirnoq ichiga olinib, undan keyin tire qo‘yiladi, so‘ngra esa muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi C) muallif gapidan oldin kelgan ko‘chirma gaplarda so‘roq yoki undov belgisi qo‘shtirnoq ichiga olinib, undan keyin tire qo‘yiladi, so‘ngra esa muallif gapi bosh harf bilan boshlanadi D) A va B
5. Qaysi qatorda muallif gapi ko‘chirma gap orasida kelgan?
A) Ola-g‘ovur qizib turgan paytda birovning: – Salom, yigitlar! – degan tovushi eshitilib qoldi. B) “ Bu kishi, – dedi Ro‘zimat, – bizga har tomondan ustod bo‘lib qoldilar”. C) Assalomu alaykum, Qurbon ota! – dedi Siddiqjon. – Salom, otaxon! D) A, B, C
6. Muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelib, ko‘chirma gapning birinchi qismida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa …
A) muallif gapidan oldin vergul va tire qo‘yiladi B) muallif gapidan so‘ng vergul va tire qo‘yiladi C) ko‘chirma gapning davomi kichik harf bilan boshlanadi D) A, B, C
7. Qanday holatda ko‘chirma gapning o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi?
A) ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida nuqta qo‘yilgan bo‘lsa B) ko‘chirma gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa C) ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida nuqta, so‘roq yoki undov belgisi qo‘yilgan bo‘lsa D) muallif gapi bosh harf bilan boshlangan bo‘lsa
8. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ko‘chirma gapning uzilib qolgan qismida nuqta bo‘lsa, ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapi bosh harf bilan boshlanadi B) ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida so‘roq va undov belgisi bo‘lsa, undan so‘ng tire qo‘shilib, muallif gapi kichik harf bilan boshlanadi C) ko‘chirma gapning o‘rtasida kelgan muallif gapida ko‘chirma gapning davom etishini bildiruvchi so‘zlar bo‘lsa, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi D) ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyida nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng nuqta qo‘yiladi
9. Qaysi qatordagi ko‘chirma gap tarkibida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) “Mening ikkita tanishim bor, bir-birini teng ko‘radi, – dedi Ibrohimov, – bir-biriga juda munosib…”. B) “Chet tilini bilish kerak. – dedi muallim. – Menimcha, chet tilini bilish fanni chuqur o‘rganishda va mustaqil muloqotda juda zarur”. C) “Buning tagiga o‘zimiz yetmasak, kim yetadi? – dedi Komila, – Birov kelib bizga hisobot beradimi?” D) Sizga bir qadar tinchlik kerak edi, Yormat aka, g‘am yomon bo‘ladi, – deya izvoshga o‘tirib, davom etdi: – eski qadirdonsiz-da, to o‘zingiz jo’namaguncha, ko‘nglingiz tinchimaydi.
10. “Yolg‘on! – jahl bilan qichqirdi Gulnor. – Yo‘lchi hech gunohkor emas”. Ushbu gapda nima sababdan muallif gapidan so‘ng nuqta qo‘yilgan?
A) muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelganligi uchun B) ko‘chirma gapning uzilib qolgan joyiga undov belgisi qo‘yilgani uchun C) barcha javoblar to‘g‘ri D) muallif gapi kichik harf bilan boshlangani uchun
11. Birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqta C) 1-qismida nuqta, ko‘p nukta bo‘lgan hollarda - vergul, undov, so‘roq belgisi bo‘lgan hollarda – nuqta belgilari qo‘yiladi D) nuqtali vergul
12. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) – Yana qanday xizmat bor? – deb so‘radi yigit. B) “Bugun ko’chat olishni tamomladik, – dedi qiz, – Halim bobo bo‘lsalar dam olgani ketdilar”. C) “G‘am yuzni sarg‘aytirar, yurakni tishlar!” – debdilar. D) barcha qatorda tinish belgisi to‘g‘ri qo‘llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |