Bilimlarni tashkillashtirish deyilganda bilimlarni strukturalash tushuniladi.
xotiradagi ma’lumotlar izolyasiyalangan (ishchi xotira ko‘plab kichik elementlar
tuplasmidan iborat) va bog‘langan (ishchi xotira bir yoki undan ortiq murakkab
elementlardan iborat) ko‘rinishda bulishi mumkin. Murakkab elementlardan tashkil
topgan ishchi xotiralarda elementlar o‘rtasidagi bog‘lanish semantik munosabatlar
ko‘rinishida tasvirlangan. BB shunday tashkillashtirilishi kerakki zarur vaqtda
51
bog‘langan bilimlarni tavsiflash yoki foydalanish mumkin bo‘lishi kerak. Shu
sababli bilimlarni tashkillashtirishni uch xususiyatini belgilash kerak:
1.
bilimlarning bog‘liqligi
2.
bilimlarga egalik qilish mexanizmi
3.
moslashtirish usuli
Bilimlarning bog‘liqligi yoki agregatsiyasi- bog‘liq bilimlarni qidirishni
tezlashitiruvchi asosiy usul. Bilimlar eng asosiy ob’ekt lar yoki predmet soha
mazmuniy asosida tashkillashitirilib, alohida bloklar ko‘rinishida tasvirlanadi va
bog‘lanadi, shunda ob’ekt ning bilimi haqida qidiruvda ob’ekt ga mos blok ichida
qidiruv amalga oshiriladi. Bloklardagi bog‘lanishlar tashqi va ichki buladi. Ichki
bog‘lanishlar blok strukturasini tavsiflaydi, tashqi bog‘lanishlar ular urtasidagi
bog‘liqliklarni kursatadi.
Tashqi bog‘lanishlar mantiqiy va assosiativ turlarga ajratiladi.
Mantiqiy bogliqlik bilimlar elementlari o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni
kursatadi.
Katta BB ishlashda asosiy muammo bu bilimlarni qidirishdir. Bunda umumiy
egalik qilish mexanizmi zarur. egalik qilish mexanizmi masalasi bu ob’ekt ning biror
xususiyati orqali, ishchi xotiradagi BB ushbu xususiyatni qanoatlantiruvchi blokni
topish.
Bu jarayon ikki bosqichga ajratilishi mumkin:
1. Assosiativ til yordamida BB mavjud nomzodlar yordamida kerakli ob’ekt larni
tanlovi
2. Mavjud nomzodlarning ob’ekt xususiyatlari bilan taqqoslash orqali natijaviy
ob’ekt ni tanlash.
Taqqoslash usuli tanlangan ob’ekt ni to‘grilash va tasdiqlashda foydalanilishi
mumkin. Noma’lum ob’ekt ni tasdiqlash uchun ma’lum namunalar bilan
taqqoslanishi mumkin.
Taqqoslash amali quyidagi kurinishlarda bulishi mumkin:
1.
Sintaktik
2.
Parametrik
3.
Semantik
4.
Majburiy
52
1. Sintaktik taqqoslashda ob’ekt tarkibi emas,balki kurinishlari yoki
namunalari taqqoslanadi
2. Parametrik taqqoslashda taqqoslash darajasini belgilovchi parametr
kiritiladi
3. Semantik taqqoslashda ob’ekt kurinishi emas, balki tarkibi funksiyalari
taqqoslanadi
4. Majburiy taqqoslashda bir ob’ekt boshqa ob’ekt nuqtai nazaridan qaraladi.
Boshqa taqqoslash usullariga qaraganda bu usulda har doim ijobiy natija olish
mumkin. Bunda asosiy savol: majburlash kuchi qay darajada? Majburlash ob’ekt
tavsiflari bilan bog‘liq maxsus proseduralarni bajaradi. Agar ushbu proseduralar
taqqoslashlarni amalga oshira olmasa tizim foydalanuvchiga qaralayotgan ob’ekt
larning aniq xususiyatlari mos bulsa ijobiy natijaga erishish mumkinligi haqida
habar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: