Intellektual tizimlar


ETlarni yaratishning instrumental vositalari



Download 5,12 Mb.
bet46/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

1. ETlarni yaratishning instrumental vositalari.
Instrumental vositalarni bilimlarni taqdim etish va qayta ishlash darajasiga qarab quyidagicha sinflashtirish mumkin:
1.An’anaviy (shuningdek, obyektga mo’ljallangan) programmalashtirish tillari S, S++ (bu tillar nafaqat ET larni yaratishda, balkim rivojlangan instrumental vositalarni xam yaratishda qo’llaniladi).
2. Simvolli programmalashtirish tillari (masalan Lisp, Prolog va boshqalar). Bu tillar oxirgi vaqtlarda xaqiqiy ilovalarda kam ishlatilayapti, chunki ular an’anaviy programmalashtirish tillari bilan birgalikda ishlatishga yaxshi moslashtirilmagan.
3. ET komponentalarini o’z ichiga olgan vositalar. Bu vositalar ET yaratuvchilariga mo’ljallangan bo’lib, ushbu yaratuvchilardan dasturlash tillarini bilish va dasturiy komplekslardagi komponentlarni birlashtirish bilimlariga ega bo’lishni talab etadi. Bunday vositalarga misol sifatida OPS 5, ILIS va boshqalarni keltirish mumkin.
4. Barcha dasturlashtirish komponentalarni o’z ichiga olgan ET qobig’i. Bunday qobiqlarga EKO, Leonardo, Nexpert Object, Kappa, ESWin va boshqalarni keltirish mumkin. Shuningdek, statik ET larni yaratishda Nexpert Object, ProKappa, ART*Enterprise, Level 5 Object va boshqa qobiqlardan xam foydalaniladi.
5. Muammoli/obyektga mo’ljallangan qobiqlar:
- obyektga mo’ljallangan qobiqlar(problem-specific), ular ba’zi bir yechiladigan masalalar sinfiga mo’ljallangan bo’ladi (masalan izlash, boshqarish, tashxis qo’yish, rejalashtirish, bashorat qilishp va boshqalar);
- obyektga mo’ljallangan vositalar(domain-specific), ular ba’zi bir predmet soxaga mo’ljallangan bo’lib, bu soxa haqidagi bilimlarga ega bo’ladi;
Instrumental vositalarning yuqorida keltirilgan sinflashtirilishi ET ni yaratishga ketadigan mexnatsarfining kamayish tartibiga asoslangan.


2. ETni qurishda muhandisli bilim tillari.
Muhandislik tillari quyidagilarga bo’linishi mumkin:

  • Negizli(skeletli);

  • Universal.

Skeletli til – bu maxsus fan bilimlarisiz ochiq ET. Skeletli tizimlar bilimlarni va chiquvchi tayyor mexanizmlarni strukturalashni ta’minlaydi. Lekin ularga umumiylik va egiluvchanlik yetishmaydi. Ular faqat tor doiradagi muammolarga qaratilgan va ET ishlab chiqaruvchi imkoniyatini qattiq chegaralaydi.
Universal tillar turli amaliy doiradagi har xil tipdagi muammolarga qaratilgan bo’lib, ular ma’lumotlarni qidirish va ularga ruxsat olish imkoniyatiga ega. Lekin ulardan foydalanish “skeletli tillarga” nisbatan murakkab hisoblanadi.
ET yaratish uchun uskunalar sifatida quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- belgili axborotlarni qayta ishlashga yo’naltirilgan prosedurali dasturlash tillari (LISP, INTERLISP va boshqalar);
- istalgan ET yaratishga yo’naltirilgan tillar: (PROLOG, OPS-5, KRL, LOOPS, PLENER va boshqalar).
ET jarayonlarini avtomatizasiyalash vositalarini loyihalashtirish, foydalanish va modifikasiyalash (RLL, HEARSAY-III, TEIRESIAS va boshqalar);
Aniq sohadan tashkil topmagan bo’sh bazali ET(EMYCIN, KAS, GURU, EKSPERT-MIKRO).
«Uskunalar»ni tushuntirish dasturiy vositalarni o’ziga faqat biriktiribgina qolmay, apparat vositalarni ham o’z ichiga oladi. ET yaratishda uskunalar bilan birgalikda soha eksperti, bilimlar bo’yicha injener (ya’ni ET qurish bo’yicha mutaxassis) va dasturchi (uskuna vositalarini integrasiya qiluvchi va o’zgarishlarni amalga oshiruvchi) qatnashadi.



Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish