Intellektual tizimlar


O’z- o’zini tekshirish uchun nazorat savollari



Download 5,12 Mb.
bet67/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

O’z- o’zini tekshirish uchun nazorat savollari.

  1. G2 da ilovaning hayot sikli qanday bosqichlardan iborat?

  2. O’xshashning ilovagacha kengayishini tushuntirib bering?

  3. Ilovani xatoliklarga tekshirish qanday yo’l bilan amalga oshiriladi?

  4. G2 da barcha bilimlar qanday turdagi fayllarda saqlanadi?

  5. Ishchi fazolar va modullar iyerarxiyasi tushunchasini tavsiflab bering?

  6. «Modullar» va «ishchi fazolar» o’rtasidagi farq nimadan iborat?

  7. Bilimlar bazasi bajariladigan tasdiqlarning asosini nima tashkil etadi?

  8. G2 dagi qoidalar qanday an’anaviy ko’rinishga ega?

  9. To’g’ri va teskari chiqarishning asosiy kamchiligi

nimadan iborat?

2. AMALIY MAShG’ULOTLARNI BAJARIShGA USLUBIY KO’RSATMA




2.1. Amaliy mashg’ulotlar mavzulari soatlari va baholash mezoni







Mavzulari va uning qisqacha
mazmuni

Ajrat
soat

Adabi-yotlar

1

Ko’p tabaqali semantik model yaratish

2




2

Ko’p tabaqali freymli modellar yaratish

2




3

To’g’ri zanjirli maxsuliy model yaratish

2




4

Teskari zanjirli maxsuliy model yaratish

2




5

Bayes teoremasini to’la bo’lmagan bilimlarni ishlash uchun qo’llash

2




6

Ehtimollik nazariyasini noyaqqol bilimlarni ishlash uchun qo’llash

4




7

O’zi o’rganadigan tizimlarni yaratish

4







Jami

18




Amaliy va laboratoriya mashg’uloti uchun reyting ball – 35, JN soni – 2 ta.


1-JN – 17 ball, 2-JN – 18 ball,
Talabaning davomati – 3 ball.
1-JN: 1-4 amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari;
2-JN: 5-7 amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari;






Amaliy mashg’ulot

Laboratoriya mashg’uloti






1

2

3

4

1

2

3

4

Jami

1-JN

2

2

2

2

2

2

2

2

17 ball



5

6

7




5

6

7




Jami

2-JN

2

2

4




2

2

4

4

18 ball

Uslubiy ko’rsatma amaliy mashg’ulot mavzusi, maqsadi, nazariy qism, ishni bajarish tartibi, misolni yechish namunasi, topshiriq variantlari tuzilmasida ishlab chiqilgan.




1-amaliy mashg’ulot. Ko’p tabaqali semantik model yaratish




Ishning maqsadi
Itellektual tizimlarda bilimlarni taqdim etishda semantik modellarni qo’llashni va ko’p tabaqali semantik to’rlarni yaratishni o’rganish.


Nazariy qism
Bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi bilimlar deklarativ va prosedurali bilimlarga bo’linadi.
Deklerativ bilimlar bu biror bir sistemada o’zaro bog’langan dalillardir. Haqiqatdan ham ro’y bergan biror bir hodisa, voqyea dalilga misol bo’la oladi.
Prosedurali bilimlar - dalillar ustida bajariladigan amallarni amalga oshiradi natijada hosil bo’ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo’linishi ifodalash (tasvirlashning) aniq modellari har xil maqsadda tasvirlashning deklarativ va prosedurali shakllarini ishlatadi. EHMning boshlang’ich uchta avlodiga prosedurali tasvirlash shakllarini ko’rsatadi. EHMlar uchun programmalar bu bilimlarning saqlovchilari bo’ladi, deklerativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Intelektual sistemalar bo’yicha mutaxasislarni har ikki bilim turi bir xilda qiziqtiradi. Ekspert sistemalar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun ko’pincha semantik tarmoqlar, freymlar va mahsuliy modellari ishlatiladi. Ushbu mashg’ulotda Semantik modellar (yoki semantik tarmoqlar)ni qarab chiqamiz.
Bu turdagi model asosida ilgari semantik to’r deb nomlangan konstruksiya yotadi. To’rli modellarni formal tarzda quyidagi ko’rinishda berish mumkin:
H=1, C2,…,Cn, G>.
Bu yerda I axborot birliklar to’plami; C1, C2, …, Cn - axborot birliklar orasidagi bog’lanish turlari to’plami. G tasvir berilgan bog’lanish turlari to’plamidan I ga kiradigan axborot birliklar orasidagi bog’lanishlarni beradi.
Modellarda ishlatiladigan bog’lanishlarning turlariga bog’liq holda sinflashtiruvchi to’rlar, funksional to’rlar va ssenariylar farqlanadi. Sinflashtiruvchi to’rlarda strukturalashtirish munosabati qo’llaniladi. Bunday to’rlar bilimlar bazasida axborot birliklar o’rtasida turli xil iyerarxik munosabatlarni kiritishga imkon beradi. Funksional to’rlar funksional munosabatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ularni ko’pincha hisoblovchi modellar deb atashadi, chunki ular bir axborot birliklarni boshqalari orqali «hisoblash» proseduralarini tavsiflashga imkon beradi. Ssenariylarda kauzal munosabatlar, «vosita-natija», «asbob-harakat» va h.k. turdagi munosabatlar ishlatiladi. Agar to’rli modelda turli xil bog’lanishlar ruxsat etilsa, u holda ularni odatda semantik to’rlar deb atashadi.
Semantik tarmoq (to’r)lar apparati yordamida bilimlarni tasvirlash biror bir muhitni tashkil etuvchi obektlar va ular orasidagi aloqalar majmuasidir. Har xil avtorlar semantik tarmoqlarning turli xil turlari tuzilishini taklif qilmoqdalar. Bu turlarning umumiy asosiy funksional yelementi bo’lib, ikki kiyim ("tugunlar" va "yoylar") dan iborat bo’lgan struktura xizmat qiladi. Har bir tugun biror bir tushunchani, yoy yesa ixtiyoriy ikkita tushuncha orasidagi munosabatni bildiradi. Munosabatlarning har bir jufti oddiy dalilni bildiradi. Tugunlar munosabatning nomi bilan belgilanadi, yoy yo’nalishiga ega bo’ladi. Bunga ko’ra aniq dalil tushunchalari orasidagi "Subyekt yoki obyekt" munosabatini tasvirlaydi.
Misol. "Rustamov institutda ishlaydi".
Bu yerda “Rustamov” subyekt, “institut” esa obyekt sifatida tasvirlanadi, ular ("obyekt va subyektlar") "ishlaydi" munosabati bilan bog’langan. U holda " Rustamov institutda ishlaydi" dalilini aks etadigan semantik tarmoqning funksional elementi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Rustamov institutda ishlaydi. Bu tarmoqda subyekt va obyektni bog’lovchi faqat biror aloqa (munosabat) ishlatiladi. Semantik tarmoqlarni tuzishda tugunlar orasidagi munosabatlar sonini cheklab bo’lmaydi, ya’ni biror bir tugun boshqa ixtiyoriy tugunlar bilan munosabatda bo’lishi mumkin.
Semantik tarmoqlar ko’rinishidagi bilimlar tasvirlanishining yaxshi tomoni shu bilan harakatlanadiki, bunday tarmoqlar bilan EHMda ishlash oson kechadi. Chunki bunday tarmoqlarda obyektlar orasidagi aloqalar aniq ko’rsatiladi, programmalar tuzish yengillashadi. Masalan, 1-rasm keltirilgan semantik tarmog’i Rustamov qayerda kim bo’lib ishlashini va aniq vaqtlarda qayerda bo’lishi va nima qilishini bilish mumkin. Shuningdek, boshqa murakkabroq savollarga ham javob topish mumkin.
Masalan, "Bugun institut ilmiy kengashi bo’ladimi va soat nechida?".
Semantik tarmoqlar va ularning modellari bilimlar bo’yicha muxandis tomonidan yaratiladi, boshqacha so’z bilan aytganda hisob mantiq sistemalarning yaratuvchilari tomonidan tuziladi. Shundan so’ng sistema so’ngi foydalanuvchilarga havola etiladi. Semantik tarmoqlar ko’rilishiga bunday yondashish foydalanuvchilarni, masalan, texnologik jarayonlarni loyihalash va boshqarish sohasida ishlovchilarni qanoatlantirmaydi.
Amaliy programmalar tuzuvchi o’zaro munosabat (aloqa) bosqichida texnologik jarayonni har bir ko’rinishi uchun alohida bu sistemaning semantik tarmog’i turadi. So’ngi foydalanuvchi tomonidan texnologik jarayon o’zgartirilsa, berilgan masala o’ziga semantik tarmoqni o’zgartirishga to’g’ri keladi.



1-rasm. Matnning semantik tarmog’i.



Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish