“Intellectual School” o’quv markazi kimyo fani o’qituvchilari tomonidan tuzilgan. Suxrob Jumayev Shahboz Ahatov kimyo 7



Download 264,04 Kb.
bet3/4
Sana16.01.2020
Hajmi264,04 Kb.
#34841
1   2   3   4
Bog'liq
KIMYO savol-javob kitobcha


ORGANIK KIMYO 10

XIX asr boshida barcha ma’lum moddalar kelib chiqishiga ko’ra nechta guruhga bo’lingan?



Javob: 2 ta ; Mineral va organik moddalar

O‘simlik a’zosida uchraydigan oksalat kislotani disiandan kim sintez qilgan?



Javob: Nemis kimyogari F.Vyoler

Inson va hayvon a’zosida hosil bo‘ladigan mochevinani ammoniy sianatdan laboratoriya sharoitida kim sintez qilgan?



Javob: F.Vyoler

Benzoldan anilinni kim sintez qilgan?



Javob: N.N.Zinin

Sirka kislotani birinchi marta kim sintez qilgan?



Javob: Nemis kimyogari A.V.Kolbe

Propion kislotani birinchi marta kim sintez qilgan?



Javob: Ingliz olimi E.Franklend

Yog‘ni kim birinchi sintez qilgan?



Javob: 1854-yili fransuz kimyogari M. Bertlo

Chumoli aldegididan shakarsimon moddani kim olgan?



Javob: A.M.Butlerov

Organik kimyo nima?



Javob: Kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ular hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi

Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari?



Javob: 1)Organik birikmalar tarkibida uglerodning borligi va uning boshqa elementlar bilan hamda boshqa uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali birikishi natijasida uzun uglerod zanjirini hosil qila olishi; 2)Organik birikmalarning tarkibida uglerod va vodorod borligi uchun, ular yonganda karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi; 3)Suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ancha past; 4)Organik moddalar anorganik moddalarga nisbatan beqaror, harorat ta’sirida oson o‘zgaradi; 5)Organik birikmalar ko‘pchilik anorganik birikmalardan farq qilib dissotsiyalanmaydi va noelektrolitlar hisoblanadi; 6)Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma kovalent bog‘lar orqali bog‘langan; 7)Organik birikmalarda izomeriya hodisasi uchraydi

Organik birikmalarda uglerod atomining valentligi va oksidlanish darajasi?



Javob: Doim IV valentli, oksidlanish darajasi turli qiymatlarga ega bo‘ladi, ya’ni -4 dan +4 gacha

Izomeriya tushunchasi kim fanga kiritgan?



Javob: XIX asming 30-yillarida shved olimi I. Berselius tomonidan kiritilgan

Geksanda izomerlar soni nechta?



Javob: 5 ta

Geptanda izomerlar soni nechta?



Javob: 9 ta

Izomeriyaning turlarini ayting?


Javob: 1)Uglerod zanjir izomeriyasi; 2)Holat izomeriyasi; 3)Sinflararo izomeriya; 4)Geometrik izomeriya

Geometrik (sis-, trans-) izomeriya qanday birikmalarda uchraydi?



Javob: Tarkibida uglerod atomlari orasida qo‘shbog‘i bo‘lgan birikmlarda uchraydi

Sinflararo yoki funksional guruhlar izomeriyasi qanday birikmalarda uchraydi?



Javob: Umumiy formulasi bir xil bo‘lgan, lekin har xil sinfga kiradigan moddalarda uchraydi

Organik birikmalar sinflarini ayting?



Javob: 1)Uglevodorodlar; 2)Kislorodli organik birikmalar; 3)Azotli organik birikmalar

Uglevodorodlar nima?



Javob: Tarkibida faqat uglerod va vodorod atomlari bo‘lgan birikmalar

Kislorodli organik birikmalar nima?



Javob: Tarkibida uglerod va vodorod bilan bir qatorda kislorod atomi ham bor bo‘lgan birikmalar

Azotli organik birikmalar nima?



Javob: Tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomi ham bor bo‘lgan birikmalar. Azot saqlovchi organik birikmalar tarkibida kislorod atomi ham bo‘lishi mumkin

Uglevodorodlar uglerod atomlari orasidagi bog‘lanishlarning turiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?



Javob: To‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar

To‘yingan uglevodorodlar nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Alkanlar va sikloalkanlarga bo’linadi

To‘yinmagan uglevodorodlar nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar va aromatik uglevodorodlarga bo’linadi

Uglevodorodlar zanjir tuzilishiga ko’ra nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Ochiq zanjirli va yopiq zanjirli

Ochiq zanjirli uglevodorodlarga qaysi uglevodorodlar kiradi?



Javob: Alkanlar, alkenlar, alkadiyenlar va alkinlar kiradi

Yopiq zanjirli uglevodorodlarga qaysi uglevodorodlar kiradi?



Javob: Sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar kiradi

Spirt nima?



Javob: Tarkibida gidroksil guruhi bo‘lgan moddalar va gidroksil guruh alkil radikallari bilan bog‘langan birikmalar

Fenollar nima?



Javob: Tarkibida gidroksil guruhi bo‘lgan moddalar va gidroksil guruh benzol yadrosi bilan bevosita bog‘langan birikmalar

Oksobirikmalar nima?



Javob: Tarkibida karbonil guruhi bor bo‘lgan birikmalar

Oksobirikmalar qanday guruhlarga bo’linadi?



Javob: Aldegidlar va ketonlar

Karbon kislotalar nima?



Javob: Tarkibida karboksil guruhi bor bo‘lgan birikmalar

Azot saqlovchi organik birikmalar qanday guruhlarga bo’linadi?



Javob: Nitrobirikmalar, aminlar, aromatik aminlar va aminokislotalar

Nitrobirikmalar nima?



Javob: Tarkibida - NO2 guruh saqlagan birikmalar

Aminlar nima?



Javob: Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarining о‘rnini alkil radikallari egallashi natijasida hosil bo‘lgan moddalar

aminokislotalar nima?

Javob: Tarkibida karboksil va amino guruhlar bor bo‘lgan birikmalar

Organik birikmalar almashinish reaksiyasi nima?



Javob: Organik molekula tarkibidagi atom(lar)ning boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi orqali boradigan reaksiyalar

Organik birikmalar birikish reaksiyasi nima?



Javob: Organik moddalarning boshqa molekula(lar) bilan birikishi orqali sodir bo‘ladigan reaksiyalar

Organik birikmalar ajralish reaksiyasi nima?



Javob: Bitta organik birikmaning bir necha xil molekula hosil qilib parchalanishi

Gomologlar nima?



Javob: Bir sinfga kiruvchi xossalari o‘xshash bo‘lgan, tarkibi bir-biridan CH2- guruh bilan farq qiladigan birikmalar

Izomerlar nima?



Javob: Umumiy formulasi bir xil bo‘lib, tuzilishi (fizik va kimyoviy xossalari) har xil bo‘lgan moddalar

Adolf Vyurs reaksiyasi nima?



Javob: Galoidalkillarga natriy metalini ta’sir ettirib, to‘yingan uglevodorodlar olish

N.D.Zelinskiy reaksiyasi nima?



Javob: Siklogeksanni degidrogenlab, undan benzol olish

Zararkunandalarga qarshi vosita sifatida ishlatiladigan siklogeksan xosilasi?



Javob: Geksaxlorsiklogeksan - C6H6Cl6

Etilen va propilenning polimerlanish mahsulotlari nima?



Javob: Texnika va turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen

Yuqori temperaturada etil spirtidan katalizator ishtirokida butadiyen-1,3 ni kim sintez qilgan?



Javob: S.V.Lebedev

Atsetilenga katalizator ishtirokida suv ta’sir ettirib sirka aldegidni kim hosil qilgan?



Javob: M.G.Kucherov

Atsetilenni yuqori temperaturada aktivlangan ko‘mir ustidan o‘tkazib benzolni kim hosil qilgan?



Javob: N.D.Zelinskiy

Aromatik birikmalar nima?



Javob: Molekulasida atomlaming o‘ziga xos bog‘lanishli siklik guruhi - benzol yadrosi mavjud bo‘lgan birikmalar

Aromatik uglevodorodlarning dastlabki vakili - benzol (C6H6) molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani birinchi bo‘lib kim taklif etgan?



Javob: Nemis kimyogari A.Kekule

Gibridlanish nima?



Javob: Kimyoviy bog‘lanishlaming hosil bo‘lishida turli elektronlarning bulutlari (orbitallar) bir-biri bilan aralashib ketadi hamda shakli va energiyasi teng bo‘lgan gibridlangan orbitallar hosil bo‘lishi

Gibridlangan orbitallar nima?



Javob: Gibridlanish natijasida energiyasi teng bo‘lgan yangi hosil bo‘lgan orbitallar

Gibridlanish haqidagi nazariyani kim taklif qilgan?



Javob: 1931-yilda L.Poling

Organik birikmalarda uglerod atomining gibridlanish holatlarini ayting?



Javob: 3 xil; sp3, sp2 va sp

Uglevodorodlarning eng muhim tabiiy manbalarini ayting?



Javob: Neft, tabiiy gaz, neftning yo‘ldosh gazlari va toshko‘mir

Neft nima?



Javob: Gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlaming aralashmasidan iborat moysimon, rangi sariq yoki och-qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega, suvdan yengil bo‘lgan suyuqlik

Neftning uch xil fraksiyasini ayting?



Javob: I.150°C gacha - gazolin, ya’ni benzinlar; II.150°C dan 300°C gacha - kerosin; III.300°C dan yuqori - neft qoldig‘i, ya’ni qoramoy (mazut)

Neftning krekinglanish usullari?



Javob: Termik va katalitik usulda krekinglanadi

Krekingda qanday jarayonlar yuz beradi?



Javob: Uglevodorodlar parchalanishi bilan bir qatorda degidrogenlash, sikllanish,izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar ro‘y beradi

Termik kreking nima?



Javob: Yuqori temperatura va yuqori bosim ostida olib boriladigan kreking

Tabiiy gaz tarkibini ayting?



Javob: Molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 90-98% metan, qolgani uning eng yaqin gomologlari - etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar - vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari

Sintez gazi nima?



Javob: Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib olinadigan is gazi va vodoroddan iborat aralashma

Spirt nima?



Javob: Uglevodorodlarning tarkibidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini gidroksil (-OH) guruhga almashinishidan hosil bo‘lgan organik birikma

To‘yingan bir atomli spirt nima?



Javob: Alkan molekulasidagi bitta vodorod atomining bitta gidroksil (-OH) guruhga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan organik birikma

To‘yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasi?



Javob: CnH2n+1OH

Sanoatda metanolni olinishi?



Javob: Sintez gazidan (CO+2H2) olinadi, reaksiya yuqori harorat, bosim va katalizator ishtirokida boradi

Degidratlanish reaksiyasi nima?



Javob: Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar

Etanol tibbiyotda ishlatilishi va organizmga ta’siri?



Javob: Dezinfeksiyalovchi vosita sifatida va haroratni o‘lchashda termometrlarda ishlatiladi. Etil spirt organizmga kuchli ta’sir etadi. U asab tizimi, ovqat hazm qilish a’zolari va yurak-qon tomirlarining ish faoliyatini buzib, og‘ir kasalliklarga olib keladi

Ko‘p atomli spirt nima?



Javob: Tarkibida bir nechta gidroksil guruh tutgan organik moddalar

Shirin ta’mli, zaharli ko’p atomli spirt?



Javob: Etilenglikol

Nitroglitserin tibbiyotda ishlatilishi?



Javob: Yurak kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi

Fenollar nima?



Javob: Gidroksil guruhi benzol halqasidagi uglerodga bevosita birikkan birikmalar

Aromatik spirtlar nima?



Javob: Gidroksil guruh benzol halqasining yon zanjiridagi uglerodga birikishidan hosil bo‘lgan birikmalar

Fenolning fizik xususiyatlari?



Javob: O‘tkir hidli, suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall modda

Pikrin kislotasi nima?



Javob: 2,4,6-trinitrofenol

M.G. Kucherov reaksiyasi nima?



Javob: Atsetilen suv molekulasini biriktirib sirka aldegid olish

«Kumush ko‘zgu» reaksiyasi nima?



Javob: Aldegidlarning kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi

Keton nima?



Javob: Karbonil guruhini ikkita uglevodorod radikali bilan bog‘lanishidan hosil bo‘ladigan birikmalar

Valeriana o‘simligining ildizidan qaysi kislota ajratib olingan?



Javob: Valerian kislota

Chumolidan qaysi kislota ajratib olingan?


Javob: Chumoli kislota

Murakkab efirlar nima?



Javob: Kislotalarni spirtlar bilan reaksiyaga kirishib suv ajratishi natijasida hosil bo‘lgan moddalar

Eterifikatsiya reaksiyasi nima?



Javob: Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reaksiyasi

Qattiq yog‘lar nima?



Javob: Hayvonlar organizmidagi yog‘lar hisoblanadi. Bu yog‘lardagi glitseringa birikkan kislotalar to‘yingan kislotalar bo‘ladi

Suyuq yog‘lar nima?



Javob: O‘simlik yog‘lari, suyuq holatda bo‘lganligi uchun, bunday yog‘larni moylar deb ham atashadi

Glukozaning kimyoviy xossalarini o‘rganib, uning bir vaqtning o‘zida ham ko‘p atomli spirt, ham aldegid - aldegidospirtga to‘g‘ri keladigan formulasini kim taklif etgan?



Javob: Nemis olimi E.Fisher

Glukozaning α-formasi nima?



Javob: Birinchi va ikkinchi uglerod atomlaridagi gidroksil guruhlar halqaning bir tomonida joylashishi

Glukozaning β-formasi nima?



Javob: Birinchi va ikkinchi uglerod atomlaridagi gidroksil guruhlar halqaning turli tomonlarida joylashishi

Eng oddiy uglevodlarni kalsiy gidroksid ishtirokida formalindan kim sintez qilgan?



Javob: A.M.Butlerov

Sorbit nima?



Javob: Olti atomli spirt

Fotosintez jarayoni nima?



Javob: Uglevodlar o‘simliklarda quyosh energiyasi ta’sirida va xlorofill pigmenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo‘lishi

Disaxaridlarning fizik xususiyatlari?



Javob: Suvda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Ularning ko‘pchiligi yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega

Qamish yoki lavlagi shakari nima?



Javob: Saxaroza

Solod shakari nima?



Javob: Maltoza

Kraxmalning fizik xususiyatlarini ayting?



Javob: Oq kukunsimon modda, sovuq suvda erimaydi, lekin issiq suvda bo‘kib kleyster hosil qiladi

Kraxmal uchun sifat reaksiyasini ayting?



Javob: Yodning ta’siri hisoblanadi. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo‘shilsa, ko‘k rang paydo bo‘ladi

Sellulozaning fizik xususiyatlarini ayting?



Javob: Mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda erimaydi, sellulozaning molekular massasi juda katta hisoblanadi

Azotli organik birikmalar nima?



Javob: Molekulasida azot atomi bor bo‘lgan organik moddalar

Aromatik aminlar nima?



Javob: Benzol halqasidagi vodorod atomi o‘miga aminoguruh yoki ammiakdagi vodorod atomlari o‘rniga fenil (C6H5) o‘rin almashgan moddalar

Nitrobirikmalarni qaytarish bilan aromatik aminlarni olish usulini birinchi bo‘lib kim amalga oshirgan?



Javob: Rus olimi N.N.Zinin

Anilinning sanoatda ishlatilishi?



Javob: Sanoatda bo‘yoq sifatida ishlatiladi. Anilinga oksidlovchilar ta’sir etganida, turli rangdagi moddalar hosil bo‘ladi, masalan, qora anilin hosil bo‘ladi. Qora anilin qora bo’yoq sifatida ishlatiladi.

Aminokislotalar nima?



Javob: Molekulasida amino -NH2 va karboksil -COOH guruhlari bor organik birikmalar

Monoamino monokarbon kislotalar nima?



Javob: Molekulada bitta amino va bitta karboksil guruh tutgan aminokislotalar

Diamino monokarbon kislotalar nima?



Javob: Molekulada ikkita amino (-NH2) va bitta karboksil (-COOH) guruhlari bo‘lgan aminokislotalar

Monoamino dikarbon kislotalar nima?



Javob: Molekulasida ikkita karboksil (-COOH) va bitta amino (-NH2) guruhlari bo‘lgan moddalar

Peptid nima?



Javob: Oqsillarning asosini tashkil etuvchi ikki yoki undan ortiq aminokislotalarning polikondensatlanishidan hosil bo‘lgan moddalar. Ular ikki aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lsa - dipeptid, uchtadan bo‘lsa - tripeptid deyiladi

Oqsillar nima?



Javob: α-aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekular murakkab organik birikmalar

Aminokislotalar soni 50 tadan ortiq bo‘lgan yuqori molekular birikmalar nima?



Javob: Oqsillar

Aminokislotalar soni 50 tagacha bo‘lgan yuqori molekular birikmalar nima?



Javob: Polipeptidlar

Aminokislotalar soni 10 tagacha bo‘lgan birikmalar nima?



Javob: Oligopeptidlar

Oqsillarning tirik organizmdagi ahamiyatini ayting?



Javob: Hayvon va o‘simliklar a’zolarida oqsillar turli funksiyalarni bajaradi. Ko‘pchilik gormonlar, fermentlar, antibiotiklar va toksinlar oqsil moddalardan tashkil topgan

Oqsillar kimyoviy tarkibiga ko‘ra nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Oddiy va murakkab oqsillarga bo‘linadi

Oqsillar denaturatsiyasi nima?



Javob: Bu oqsillar konfiguratsiyasining (ikkilamchi va uchlamchi strukturalarining) qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar, og‘ir metallar tuzlari, kuchli silkitish ta’sirida buzilishi. Oqsillar denaturatsiyasida fazoviy strukturasi buzilishi (vodorod, tuz, efir, polisulfid bog‘larining buzilishi) natijasida oqsillarning biologik faolligi ham yo‘qoladi

Oqsillar uchun sifat reaksiyalarini ayting?



Javob: Oqsillarga sifat reaksiyalaridan biri biuret reaksiyasi hisoblanadi. Biuret reaksiyasi: ishqoriy muhitda mis (II) sulfatning eritmasi binafsha rangga bo‘yaladi. Biuret reaksiyasi -CO-NH- bog‘lar yoki peptid bog‘lar uchun xos reaksiyadir. Masalan, dipeptid - ko‘k, tripeptid - binafsha, yuqori peptidlar esa qizil rang beradi

Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molekular birikmalardan tubdan farq qilishiga sabab nima?



Javob: YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi

Yuqori molekular birikmalar kelib chiqishi bo‘yicha nechta guruhga bo’linadi?



Javob: 3 ga bo‘linadi: tabiiy, sintetik va sun’iy yuqori molecular birikmalar mavjud

Monomerlar nima?



Javob: Molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar

Tabiiy YMB larga nimalar kiradi?



Javob: O‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota, tabiiy kauchuklar kiradi

Sun’iy YMB lar qanday olinadi?



Javob: Tabiiy yuqori molekular birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadi

Sintetik YMB larqandayt olinadi va qanday moddalar kiradi?



Javob: Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi. Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi

Polimer molekulalar nima deyiladi?



Javob: Makromolekula

Elementar zveno nima?



Javob: Makromolekulada ko‘p marta takrorlanadigan atomlar guruhi

Polimerlanish darajasi nima?



Javob: Polimer molekulasidagi monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko‘rsatadigan son

Polimeming molekular massasi nimaga teng?



Javob: Elementar zvenosining molekular massasi bilan polimerlanish darajasining ko‘paytmasiga teng

Fenoplastlar nimadan tayyorlanadi?



Javob: Fenolformaldegid smolasidan

Fenoplastlarning ishlatilishi?



Javob: Avtomashinalar uchun sharikli podshipniklar, eskalator zinapoyalari, telefon apparatlari tayyorlashda ishlatiladi

Polivinilxloridning ishlatilishi?



Javob: Sun’iy charm, plash, kleyonka, quvurlar ishlab chiqarishda, elektr simlar uchun izolatsion material sifatida ishlatiladi

Polipropilenning ishlatilishi?



Javob: Polietilenga qaraganda juda ham pishiq.Turli qurilmalaming qismlari, yupqa plyonkalar, arqon, quvur, yuqori darajadagi izolatsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi

Polietilenning ishlatilishi?



Javob: Turli qurilmalaming qismlari, vodoprovod quvurlari, turli plyonkalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda ishlatiladi

Sintetik kauchukning monomerini ayting?



Javob: Butadiyen-1,3

Kauchukni vulkanlanish mahsuloti nima?



Javob: Rezina

Butadiyen kauchukning o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Suv va gazlami o‘tkazmaydi. Elastiklik jihatidan tabiiy kauchukdan keyinda turadi. Kabel, poyabzal, turmush uchun zaruriy buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi

Divinil kauchukning o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Chidamliligi va elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan ustun. Shina ishlab chiqarishda ishlatiladi

Izopren kauchukning o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Elastikligi va chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukka o‘xshaydi. Shinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi

Xloropren kauchukning o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Yuqori harorat ta’siriga chidamli, benzin va moyning yonishi ta’sir etmaydi. O‘zidan gaz o‘tkazmaydi. Kabellar, benzin va neft o‘tkazish uchun quvurlar tayyorlashda ishlatiladi

UMUMIY KIMYO 11

Ilk bor atom tuzilishini kim taklif etgan?



Javob: 1911-yilda E.Rezerford

Atomning planetar modeli nazariyasini kim yaratgan?



Javob: 1911-yilda E.Rezerford

Atomning planetar modeli nazariyasini ayting?



Javob: Atomning markazini musbat zaryadlangan yadro egallaydi. Yadro atrofida elektronlar orbita bo‘ylab aylanadi

Atomning o‘lchamlari nimaga bog’liq?



Javob: Elektron harakat qilayotgan orbitalarning o‘lchamlari

Daniyalik fizik olim N. Bor nazariyasini ayting?



Javob: Nazariyaga ko‘ra elektron yadro atrofida ma’lum bir masofada, ma’lum orbita bo‘ylab harakatlanadi. Bu orbita bo‘ylab elektron energiyani ajratmasdan harakatlanishi mumkin. Yadroga eng yaqin orbita atomning eng turg‘un “asosiy” holatiga to‘g‘ri keladi. Atomga energiya berilganda uning elektroni yuqoriroq energetik darajaga ko‘chishi mumkin. Bu holat elektron uchun “qo‘zg‘algan” holat deyiladi

Atom energiyani yutishi yoki ajratishi qachon kuzatiladi?



Javob: Faqat elektron bir orbitadan boshqa orbitaga o‘tishidagina kuzatiladi

Hozirgi zamon atom tuzilishi kvant nazariyasini ayting?



Javob: Nazariyaga ko‘ra elektron fazoning ma’lum kichik bir qismida joylashadi. Fazoning elektron mavjud bo‘lishi mumkinligi 90% ni tashkil qilgan qismi atom orbitali deb nomlanadi. Elektron ham zarracha, ham to‘lqin xossasiga ega bo‘lib, uning fazoda mavjud bo‘lish ehtimolligi atom tuzilishining zamonaviy kvant nazariyasi bilan tushuntiriladi. Atomda orbitallar energiyasiga mos ravishda energetik qavatlarni tashkil qilib joylashadi. Kvant nazariyasiga ko‘ra elektronning energiyasi ma’lum kichik va aniq qiymatlarga ega bo‘ladi

Atomning hozirgi zamon fazoviy tuzilishini ayting?



Javob: Elektron bulutlar bilan o‘ralgan yadro sifatida tasavvur qilish kerak

Elektron bulutlar shakllarini ayting?



Javob: 1)Sfera (shar) shaklidagi s-orbital; 2)Gantel shaklidagi p-orbital; 3)Ikkita tutashgan gantel shakldagi d-orbital; 3)Uchta tutashgan gantel shakldagi f-orbital

Atomda elektronning energiyasini va uni harakatlanishini ta’riflash uchun kiritilgan kvant sonlarni ayting?



Javob: 1)Bosh kvant soni-n; 2)Orbital kvant soni-l, 3)Magnit kvant soni-ml; 4)Spin kvant soni-ms

Bosh kvant son-n nima?



Javob: Elektronning energiyasini, uning yadrodan uzoqlik darajasini, ya’ni elektron harakat qilib turgan qavatni xarakterlaydi. Bosh kvant son birdan boshlab barcha butun sonlarga (n = 1, 2, 3 ...) ega bo‘lishi mumkin

Orbital kvant son-l nima?



Javob: Atom orbitalining shaklini ko‘rsatadi. U 0 dan barcha butun sonlar [l = 0, 1, 2 ... (n – 1)] ga ega bo‘la oladi. l = 0 bo‘lsa, atom orbital shar shakliga ega bo‘ladi (s-orbital) agar l = 1 bo‘lsa, atom orbital gantel shaklini oladi (p-orbital)

Magnit kvant son-ml nima?



Javob: Atom orbitalining tashqi magnit yoki elektr maydonlarga nisbatan holatini belgilaydi. Magnit kvant son orbital kvant songa bog‘liq holda o‘zgaradi, uning qiymatlari +1 dan – 1 gacha bo‘lib, 0 ga ham teng bo‘ladi

Spin kvant son-ms nima?



Javob: + va qiymatlarga teng bo’ladi. Bu qiymatlar elektronning shaxsiy magnit momentining bir-biriga qarama-qarshi ikki yo‘nalishiga muvofiq keladi

Pauli prinsipini ayting?



Javob: Atomda to‘rttala kvant sonlari bir xil qiymatga ega bo‘lgan elektronlar mavjud bo‘la olmaydi

Klechkovskiy qoidasini ayting?



Javob: Atomda energetik holatlarning elektronlar bilan to‘lib borish tartibi atomning bosh va orbital kvant sonlari yig‘indisining minimal qiymatli bo‘lishi uchun intilishiga bog‘liq, boshqacha aytganda, ikki holatning qaysi biri uchun (n + l) yig‘indisi kichik bo‘lsa, o‘sha holat, birinchi navbatda, elektronlar bilan to‘la boshlaydi, agar ikkala holat uchun (n + l) qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, birinchi navbatda, bosh kvant soni-n kichik bo‘lgan holat elektronlar bilan to‘lib boradi

Gund qoidasini ayting?



Javob: Energiyalari bir xil bo‘lgan orbitallarda elektronlar shunday tartibda joylashadiki, natijada spinlar yig‘indisi maksimal qiymatga ega bo‘ladi

Davriy sistema tuzishda atomning asosiy xususiyatini ayting?



Javob: Atom massasi

D.I. Mendeleyevdan oldin kimyoviy elementlar klassifikatsiyalarining turli variantlarini taklif etgan kimyogarlarni ayting?



Javob: Nemis olimlari I.Debereyner (1780 – 1849) va L.M. Meyer (1830 – 1895), ingliz J. Nyulends (1838 – 1898), fransuz A. Shankurtua (1819 – 1886)

D.I. Mendeleyev kashf etgan qonunni ayting?



Javob: “Davriylik qonuni” ta’rifi: Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og‘irliklarining qiymatiga davriy bog‘liqdir

Davriy qonun kashf etilishi paytida nechta kimyoviy element ma’lum edi?



Javob: 63 ta

Qatorda litiy Li dan ftor F ga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallik xossasining ozgarishini ayting?



Javob: Metallik xossasi susayishi va metallmaslik xossasi kuchayishi kuzatiladi

Litiy (Li) dan uglerod (C) ga tomon borganda nisbiy atom massalarining qiymati ortishi bilan elementlarning kislorodli birikmalaridagi valentligini o’zgarishini ayting?



Javob: 1 dan 4 ga qadar ortib boradi

D.I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy sistemasini yaratganida nechta bo’sh katakcha qoldirilgan edi?



Javob: Kashf etilmagan 29 ta element uchun bo‘sh katakchalar qoldirildi

Davriy sistemada katta va kichik davrlarni ayting?



Javob: I, II va III kichik davrlar, IV, V, VI va VII katta davrlar

Davriy sistemadagi davrlardagi elementlar sonini ayting?



Javob: Birinchi davrda – 2 element, ikkinchi va uchinchi davrlarda – 8 tadan, to‘rtinchi va beshinchi davrlarda –18 tadan, oltinchi davrda – 32 ta, yettinchi davrda 32 ta element joylashgan

D.I. Mendeleyev qaysi davr elementlarini tipik elementlar deb atagan?



Javob: II va III davr elementlarini, ularning xossalari tipik metalldan nodir gazga tomon qonuniyat bilan o‘zgaradi

Katta va kichik davrlarni farqini ayting?



Javob: Har qaysi kichik davr bitta qatordan, har qaysi katta davr — ikkita: juft (yuqorigi) va toq (pastki) qatorlardan tarkib topgan. Katta davrlarning juft qatorlarida (to‘rtinchi, oltinchi, sakkizinchi va o‘ninchi) faqat metallar joylashgan

1962-yilda olingan nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi qaysi?



Javob: Ksenon tetraftorid - XeF4

Qaysi gruppada nodir gazlar joylashgan?



Javob: VIII gruppa

D.I. Mendeleyev 1869-yil taklif etgan kimyoviy elementlar davriy sistemasining birinchi variantining ayting?



Javob: Uzun shakldagi varianti

Atomning elektron qobig‘ini nima hosil qiladi?



Javob: Elektronlar

Atomning deyarli barcha massasi to‘plangan qismi?



Javob: Yadro

Nuklon nima?



Javob: Proton va neytronlar yig’indisi

Protonning massasi va zaryadini ayting?



Javob: Massasi 1,0073 m.a.b.; zaryadi +1

Neytronning massasi va zaryadini ayting?



Javob: Massasi 1,0087 m.a.b.; zaryadi 0

Elektrneytral zarracha nima?



Javob: Neytron

Yadro tuzilishining proton-neytron nazariyasini kim yaratgan yaratdi?



Javob: 1932-yil rus olimlari D. D. Ivanenko bilan E. N. Gapon

Vodorod atomi yadrosining tarkibini ayting?



Javob: 1 ta protondan iborat

Element atomi yadrosidagi protonlar soni nimani ko’rsatadi?



Javob: Element tartib raqamini

Atomi yadrosidagi protonlar va neytronlar yig’indisi nimani ko’rsatadi?



Javob: Atomning massasini

Yadro kuchlari nima?



Javob: Proton bilan neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuchlar

Yadro kuchlarini xususiyatlari?



Javob: Juda qisqa masofalarda (10-15 m atrofida) ta’sir etuvchi nihoyatda katta kuchlar bo‘lib, itarilish kuchlaridan katta bo‘ladi

Izotoplar nima?



Javob: Bitta elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turlicha bo‘lgan atom turlari

Elementning atom massasi qanday aniqlanadi?



Javob: Uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga teng

Izobarlar nima?



Javob: Tabiiy elеmеntlar orasida massa sonlari o‘zaro tеng, lеkin yadro zaryadlari har xil bo‘lgan elеmеntlar

Izotonlar nima?



Javob: Atomlar yadrosida nеytronlar soni bir xil bo‘lgan elementlar

Izoelektronlar nima?



Javob: Еlektronlar soni bir xil bo‘lgan atomlar (molekula yoki ionlar)

Atom yadrosidagi proton va neytronlarning o‘zaro ta’sirida asosiy to‘rtta jarayonni ayting?



Javob: 1)Elektron qulash; 2)Pozitron ajralish; 3)Pozitron qamrash; 4)Elektron ajralish

Elekton qulash qaysi holatda kuzatiladi?



Javob: Protondan neytron hosil bo‘lish jarayonida, ya’ni bu holatda atomning zaryadi bir birlikka kamayadi, massa soni esa o‘zgarmaydi

Pozitron qamrash qaysi holatda kuzatiladi?



Javob: Neytrondan proton hosil bo‘lish jarayonida, ya’ni bu holatda atomning massa soni o‘zgarmaydi, zaryadi esa bir birlikka ortadi

Pozitron ajralish qaysi holatda kuzatiladi?



Javob: Protonning neytronga aylanish jarayonida, atom massa o‘zgarmay yadro zaryadining bir birlikka kamayishi kuzatiladi

Elektron ajralish qaysi holatda kuzatiladi?



Javob: Neytronning protonga aylanish jarayonida, atom massa o‘zgarmaydi, lekin zaryadi bir birlikka ortadi

Kimyoviy element nima?



Javob: Yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar yig‘indisi

Yadro reaksiyalari nima?



Javob: Atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasidagi o‘zgarishi

Radioaktiv elеmеntlar o‘zidan qanday nurlar ajratib chiqaradi?



Javob: α-, β-, γ- nurlar chiqadi va boshqa elеmеnt yadrolarini hosil qiladi

α- nurlanish (α-zarracha) nima?



Javob: Musbat zaryadli zarrachalar bo‘lib, gеliy yadrosiga to‘g‘ri kеladi. Kuchli ionlash xossasiga ega bo‘lib, 0,01 mm dan kam qalinlikdagi metall to‘siqlardan o‘ta oladi

β- nurlanish (β-zarracha) nima?



Javob: Manfiy zaryadli bo‘lib, elеktronlar oqimidan iborat, 0,01 m qalinlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi

γ- nurlanish nima?



Javob: Rеntgеn nurlariga o‘xshash bo‘lib, kuchli o‘tish (singish) xossasiga ega, 0,1 m qalinlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi. Atom yadrosidagi energiya kamayadi, lekin massasi va zaryadi o‘zgarmaydi

Radioaktiv elementlar nima?



Javob: Faqat radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar

Kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplarining nechta turi ma’lum?



Javob: Taxminan 1500 turi

Azot atomining yadrosini α-zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini kim amalga oshirgan?



Javob: 1919-yilda Rezerford

Radioaktiv elementlarni qo’llanilishi?



Javob: Ko‘p kasalliklarni davolashda va kasallik sabablarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Saraton kasalligidagi xavfli o‘smalar borligini aniqlash uchun o‘smalardagi to‘qimalarning radioaktiv elementlarni yutib qolish xossasidan foydalaniladi. Masalan, xavfli o‘smalarni aniqlashda nishonlangan fosfor – 32 izotopi bo‘lgan natriy fosfati ishlatiladi. Agar yodning – 131 izotopi bo‘lgan natriy yodid qo‘llanilganda qalqonsimon bezdagi kasalliklarni tahlil qilishda foydalaniladi. Surunkali leykozni davolashda, nishonlangan fosfor-32 izotopi, ruh-65 va oltin-198 nuklidlari va natriy fosfati buyuriladi. Radioaktiv kobalt-60 izotopi tarqatadigan γ-nurlar bilan saraton kasalliklarini davolashadi. Bu izotop parchalangani uchun ham uni organizmga kiritiladi, mis-64, kumush-110 va oltin-198 radionuklidlari organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarini o‘rganish uchun radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi

Zamonaviy yadro energetikasining asosi bo’lgan jarayonni ayting?



Javob: Uran parchalanishi reaksiyasiga asoslangan. Har bir uran yadrosi parchalanishi juda katta miqdorda energiya ajralishi bilan boradi

Kimyoviy bog‘ nima?



Javob: Atomlarning o‘zaro ta’sirlanishi natijasida molekulalar, ionlar, radikallar va kristallarning o‘zaro bog‘lanishi. Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishida: atomlarning juftlashmagan elеktronlari; bitta orbitalda joylashgan juft elеktronlar; bo‘sh (vakant) orbitallar ishtirok etishi mumkin

Bog‘lanish enеrgiyasi nima?



Javob: Kimyoviy bog‘ni uzish uchun zarur bo‘lgan eng kam enеrgiya miqdori

Bog‘ning uzunligi nima?



Javob: Kimyoviy bog‘lanishning hosil bo‘lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o‘rtasidagi masofa tushuniladi

Valent burchagi nima?



Javob: Kimyoviy bog‘lanishlar orasidagi burchak

Bog‘lanish tartibi nima?



Javob: O‘zaro kimyoviy bog‘ hosil qilgan atomlar orasida hosil bo‘lgan bog‘lanishlar. U birlamchi, ikkilamchi (qo‘shbog‘), uchlamchi (uchbog‘) va ba’zi hollarda to‘rtlamchi bo‘lishi mumkin

Bog‘lanishlar tartibi ortishi bilan bog‘ning barqarorligi va uzunligi qanday o’zgaradi?



Javob: Bog’ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi

Kimyoviy bog‘lanishlarning turlarini ayting?



Javob: Kovalent, ionli, metall va vodorod kabi turlari bor

Kovalent bog‘lanish nima?



Javob: Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish

Hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lar elektron bulutlarning joylashuviga ko’ra qanday bog’lanishlar farqlanadi?



Javob: σ- “sigma” va π- “pi” bog‘lanishlar

Sigma bog‘lanish nima?



Javob: Ikkala birikuvchi atomlarning yadrolarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq (chiziqlar) bo‘ylab joylashgan bog‘lanish

π-bog‘lanish va σ-bog‘lanishning farqlarini ayting?



Javob: π-bog‘lanish fazoda σ-bog‘lanishga nisbatan pеrpеndikulyar joylashgan tеkislik bo‘yicha elеktron orbitallarning o‘zaro qoplanishidan hosil bo‘ladigan bog‘lanishdir. π-bog‘lar asosan qo‘shbog‘ yoki uchbog‘ hosil bo‘lganda yuzaga kеladi. Barcha birlamchi bog‘lar, qo‘sh va uchbog‘lardan bittasi σ-bog‘lardir, qolganlari π-bog‘lar bo‘lib, ular σ-bog‘lariga nisbatan kuchsizdir

Kovalent bog‘lanishning ikki turini ayting?



Javob: Qutbsiz va qutbli bog‘lanishli turlari mavjud

Qutbsiz kovalent bog‘lanish nimava misollar keltiring?



Javob: Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2, Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi

Qutbli kovalent bog‘lanish nima va misollar keltiring?



Javob: Elektrmanfiyliklari jihatidan bir - biridan keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektr manfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi, natijada kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Qutbli bog‘lanishli molеkulalar qatoriga: H2O, NH3, HCl, HF, HBr, HJ, H2S, H2Sе, H2SO4 larni kiritish mumkin. Tipik metallar (litiy Li, natriy Na, kaliy K), tipik metallmaslar, asosan, galogenlar bilan ion bog‘lanish hosil qiladi

Ion bog‘lanish nima?



Javob: Elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi atomlar o‘zaro ta’sirlashganda hosil bo‘lgan bog’lanish

Ion bog’lanish qaysi nazariya asosida tushuntiriladi?



Javob: Elerktrostatik nazariya

Elektrostatik nazariyani ayting?



Javob: Ion bog‘lanish asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo‘ladigan qarama - qarshi zaryadli ionlar elektrostatik kuchlar vositasida o‘zaro tortishib, ularning tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 (dublet) elektroni bo‘lgan barqaror sistema hosil qiladi

Metall bog’lanish nima?



Javob: Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish. Metall bog‘lanish suyuq Hg dan tashqari barcha metallarga xos

Vodorod bog‘lanish nima?



Javob: Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy element (O, F, N) atomi orasida yuzaga keladigan bog‘lanish

Kimyoviy moddalarning agregat holatlarini ayting?



Javob: Gaz, suyuq va qattiq

Moddaning gaz va suyuq holatining o’ziga xos xususiyatini ayting?



Javob: Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz joylashgan bo‘ladi, bu zarrachalar orasidagi o‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shakli bo‘lmaydi

Qattiq holatdagi moddalarning o’ziga xos xususiyatini ayting?



Javob: Qattiq holatdagi moddalarning zarrachalari tartibli joylashgan bo’ladi, bu zarrachalar orasidagi o‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shaklga ega bo’ladi

Qattiq holatdagi moddalar zarrachalarining bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab qanday moddalar farqlanadi?



Javob: Kristall va amorf moddalar

Kristall holatdagi va amorf holatdagi moddalarning farqini ayting?



Javob: Kristall holatdagi moddalar doimo amorf holatdagi moddalarga nisbatan barqaror bo‘ladi

Kristall panjaralar zarrachalarning fazoda joylashish xususiyati va zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sir turiga qarab qanday kristall panjaralar farqlanadi?



Javob: Molekulyar, atomli, ionli va metall panjaralar

Molekulyar kristall panjara nima?



Javob: Moddalarda kristall panjara tugunlarida elektroneytral molekulalar joylashgan bo’ladi. Shu sababli molekulyar panjara ancha bo‘sh va unda molekulalar o‘z xossalarini saqlab qolgan bo‘ladi

Ionli kristall panjara nima?



Javob: Moddalarda kristall panjara tugunlarida ionlar joylashgan bo‘ladi

Atom kristall panjara nima?



Javob: Moddalarda kristall panjara tugunlarida puxta kovalent bog‘lanish bilan bog‘langan elektrneytral atomlar joylashgan bo‘ladi

Metall kristall panjara nima?



Javob: Moddalarda kristall panjara tugunlarida musbat ionlar tebranma harakat holatida turadi, musbat ionlar orasida erkin elektronlar barcha yo‘nalishlarda tartibsiz harakatda joylashgan bo‘ladi

Metallarning elektr, issiqlik o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va metallar uchun xos boshqa xususiyatlar nimaga bog‘liq?



Javob: Erkin elektronlarga

Murаkkаb mоddаlаr nima?



Javob: Bir хil elеmеnt аtоmlаridan tаshkil tоpgаn mоddаlаr оddiy mоddаlаr, turli хil elеmеnt аtоmlаridаn iborat mоddаlаr

Mоl nima?



Javob: Mоddаning 12C izоtоpining 6,02·1023 tа uglerod аtоmlаri sоnigа tеng zаrrаchа (mоlеkulа, аtоm, iоn) sаqlаgаn miqdorigа аytilаdi. Mоddаning mаssаsi vа miqdоri hаr хil tushunchаlаrdir. Mаssа grаmm vа kilоgrаmmlаrdа, mоddа miqdori esа mоllаrdа hisoblаnаdi

Atom molekulyar ta’limot nuqtayi nazaridan massaning saqlanish qonuni ta’rifini ayting?



Javob: Kimyoviy reaksiya natijasida atomlar yo‘qolmaydi va yo‘qdan paydо ham bo‘lmaydi, balki ular qayta gruppalanadi. Reaksiyagа kirishаyotgаn mоddаlаr mаssаsining yig‘indisi reaksiya nаtijаsidа hоsil bo‘lgаn mоddаlаr mаssаlаri yig‘indisigа tеngdir

Avogadro qonuni ta’rifini ayting?



Javob: Bir xil sharoitda (bir xil bosim va haroratda) teng hajmdagi turli gazlarning molekulalari (atomlari) soni teng bo‘ladi. Avogadro soni: 1) Normal sharoit (T=273 K, P=101,325 kPa) da har qanday gazsimon moddaning “1 mol” miqdori 22,4 l hajmini egallaydi va bunga gazlarning molyar hajmi deyiladi. Vmolyar = VM= 22,4 mol/l holida belgilanadi. 2) Gazsimon moddaning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom)lar soniga bevosita bog‘liqdir. Shunga ko‘ra har qanday moddaning “1 mol” miqdori tarkibida 6,02·1023 ta zarracha (molekula, atom) bo‘ladi. Bu Avogadro soni deyilib, NA = 6,02·1023

Gazning hajm ulushi nima?



Javob: Ma’lum gaz hajmining gazlar aralashmasi hajmiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik

Ekvivalent nima?



Javob: Kimyoviy reaksiyalarda moddalar o‘zaro bir-birlari bilan ekvivalent og‘irliklariga mos ravishda ta’sirlashadilar. Ekvivalent teng qiymatli degan ma’noni bildiradi

Ekvivalentlik qonunini ayting?



Javob: Moddalar ularning ekvivalentlariga mos ravishda o‘zaro ta’sirlashiga aytiladi. Ya’ni reaksiyaga kirishayotgan moddalar massalari nisbati, ularning ekvivalent og‘lari nisbatiga teng bo‘ladi

Ekvivalent hajm nima?



Javob: Biror moddani ekvivalent og‘irligiga teng massasini egallagan hajmi

Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini kim taklif etgan?



Javob: 1887-yilda S. Arrenius

Elektrolitlar nima?



Javob: Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar

Noelektrolitlar nima?



Javob: Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar

Dissotsiatsiyalanish darajasi nima?



Javob: Eritmadagi dissotsiatsiyalangan molekulalar sonini umumiy molekulalar soniga nisbati. α - (alfa) bilan belgilanadi

Elektrolitlar nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Shartli ravishda 3 ta guruhga bo‘linadi:

1)Kuchsiz elektrolitlar: α % < 3 %;

2)O‘rtacha kuchli elektrolitlar: 3 %< α % < 30 %;

3)Kuchli elektrolitlar: α % > 30 %

Dissotsiatsiyalanish darajasi nimaga bog’liq?



Javob: Erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va haroratiga bog‘liq bo‘ladi

Gidroliz nima?



Javob: Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi

Tuzlarning tarkibidagi ionlarga ko‘ra qanday gidroliz reaksiyalari farqlanadi?



Javob: 1)Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari; 2)Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari; 3)Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari

Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalariga misollar keltiring?



Javob: Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi

Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalariga misollar keltiring?



Javob: Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi

Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalariga misollar keltiring?



Javob: Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi

Tuzlar gidrolizi qanday fizik va kimyoviy ko’rsatgichlarga bog’liq?



Javob: Haroratga, eritma konsentratsiyasi va eritma muhitiga bog‘liq

Gidroliz jarayoni qachon tezlashadi?



Javob: Harorat ko‘tarilganda

Gidroliz jarayoni qachon sekinlashadi?



Javob: Harorat pasaytirilganda

Tuzlarning eritmasida suvning miqdori ko‘p bo‘lsa, gidroliz qanday kechadi?



Javob: Gidroliz jarayoni tezroq boradi

Tuzlarning eritmasida suvning miqdori kamroq bo‘lsa, gidroliz qanday kechadi?



Javob: Gidroliz jarayoni sekinroq boradi

Konsentrlangan eritmaga suv qo‘shsak, gidroliz jarayoni qanday o’zgaradi?



Javob: Tezlashadi

Suyultirilgan eritmada gidroliz jarayonini sekinlatish uchun nima qilish kerak?



Javob: Eritmani bug‘latib, uni tarkibidagi suvni kamaytirish kerak bo‘ladi

Gidroliz natijasida eritma ishqoriy muhitga ega bo‘lsa, bunday tuzning gidrolizini tezlashtirish uchun nima qilish kerak?



Javob: Eritmaga oz miqdorda kislota yoki kislotalik muhit beruvchi tuzni qo‘shish kerak bo‘ladi

Gidroliz natijasida eritma ishqoriy muhitga ega bo‘lsa, bunday tuzning gidrolizini sekinlashtirish uchun nima qilish kerak?



Javob: Eritmaga 1-2 tomchi ishqor (NaOH) eritmasi yoki ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuz eritmasidan (Na2CO3) qo‘shish kerak

Qonning pH ko‘rsatkichi ayting?



Javob: 7,4

Hazm jarayonida oshqozonning pH ko’rsatgichini ayting?



Javob: 1,5-2

So‘lakda tinch holatda pH ko’rsatgichini ayting?



Javob: 5-8

Gomogen sistema nima?



Javob: Erigan moddaning molekulalari yoki ionlari suvning butun sathi bo‘yicha tarqalib ketgan va istalgan qismida tarkibi va fizik xossalari bir xil bo‘lgan eritma

Eruvchanlik nima?



Javob: Erituvchilarda moddalarning erish xususiyati

Eruvchanlik koeffitsiyenti (Eruvchanligi) nima?



Javob: Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi

Moddalar suvda eruvchanligiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?



Javob: 1)Yaxshi eriydigan moddalar: 100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi;

2)Oz eriydigan moddalar: 100 g erituvchida 1 g dan kam eriydi;

3)Amalda erimaydigan moddalar: 100 g erituvchida 0,01 g va undan kam

Moddalar eruvchanlik xususiyati qanday omillarga bog‘liq?



Javob: Moddaning tabiati va haroratga bog‘liq

Qattiq moddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi haroratga qanday bog’liq?



Javob: Harorat ortishi bilan ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Shuning uchun harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi

Gaz moddalarni eruvchanligi haroratga qanday bog’liq?



Javob: Harorat ko‘tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi. Harorat pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi

Gaz moddalarning eruvchanligi bosimga qanday bo’gliq?



Javob: Bosim yuqori bo‘lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchanlik ham kamayadi

Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalarnechta guruhga bo’linadi?



Javob: 1)To‘yingan eritma; 2)To‘yinmagan eritma; 3)O‘ta to‘yingan eritma

To‘yingan eritma nima?



Javob: Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy olmaydigan eritma

To‘yinmagan eritma nima?



Javob: Eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin bo‘lgan eritma

O‘ta to‘yingan eritma nima?



Javob: Erigan modda miqdori shu harorat uchun to‘yingan eritma tarkibidagi bor bo‘lgan modda miqdoridan ko‘proq bo‘lgan eritma

Foiz konsentratsiya nima?



Javob: Eritma massasini necha foizini erigan modda tashkil qilishini ko‘rsatadi

Molyar konsentratsiyasi nima?



Javob: 1 litr eritmaning tarkibida erigan moddani miqdoriga yoki mollar soni

Normal konsentratsiya nima?



Javob: 1 litr eritmaning tarkibida erigan moddani ekvivalent miqdori

Kimyoviy reaksiya nima?



Javob: Zarrachalardan (molekula, atom, ionlar) yangi zarrachalar hosil bo‘lishi

Reaksiyaning o‘rtacha tezligi nima?



Javob: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan mahsulotning konsentratsiyasini ma’lum vaqt birligi ichida o‘zgarishi

Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi qaysi qonun bilan tushuntiriladi?



Javob: Vant Goff qonuni

Vant Goff qonuni ta’rifini ayting?



Javob: Harorat har 10° (Kelvin K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki kamaytirilganda) reaksiya tezligi 2 - 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya tezlashadi, harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi

Harorat koeffitsiyenti nima?



Javob: Haroratning har 10°C yoki 10°K o‘zgarishida tezlikni necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi son

Katalizatorlar nima?



Javob: Reaksiya tezligini oshiruvchi, shu bilan birga reaksiya davomida sarflanmay qoladigan moddalar

Faollanish energiyasi nima?



Javob: Moddani tinch holatidan faol holatiga o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan energiya

Katalitik reaksiyalar nima?



Javob: Katalizator ishtirokida boradigan reaksiyalar

Fermentlar nima?



Javob: Oqsil tabiatli biologik katalizatorlar

Ingibitorlar nima?



Javob: Reaksiya tezligini sekinlashtiruvchi moddalar

Reaksiya tezligi nimalarga bog’liq?



Javob: 1)Moddalar tabiatiga; 2)Gaz va suyuq moddalar konsentratsiyasiga; 3)Bosim va hajmga; 4)Haroratga; 5)Katalizator ishtirokiga va qattiq modda reaksiyaga kirishayotgan bo‘lsa, uning tutashish yuzasiga bog‘liq

Qaytmas reaksiyalar nima?



Javob: Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar

Qanday holatlarda kimyoviy reaksiyalar qaytmas bo‘ladi?



Javob: 1)Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan cho‘kma yoki gaz ajralib chiqsa; 2)Kam ionlanadigan birikma, masalan, suv hosil bo‘lsa; 3)Reaksiya davomida katta miqdorda energiya ajralsa

Qaytar reaksiyalar nima?



Javob: Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar

Kimyoviy muvozanat nima?



Javob: To‘g‘ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat

Kimyoviy muvozanatning siljishi nima?



Javob: Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga o‘tishi

Le-Shatelye prinsipi ta’rifini ayting?



Javob: Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat, bosim yoki konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi

Muvozanatning siljishi qaysi qonunga bo’y sunadi?



Javob: 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga

Kimyoviy muvozanatga konsentratsiyaning ta’sirini ayting?



Javob: Muvozanatda turgan sistemada biror moddaning miqdorini oshirsak, muvozanat o‘sha moddaning miqdorini kamaytiruvchi tomonga siljiydi, va aksincha, modda miqdorini kamaytirganimizda muvozanat o‘sha moddaning miqdorini ko‘paytiruvchi tomonga siljiydi

Kimyoviy muvozanatga katalizatorning ta’sirini ayting?



Javob: Katalizatorlar to‘g‘ri reaksiyaning ham, teskari reaksiyaning ham tezligini bir xilda oshiradi va shu sababli muvozanatning siljishiga ta’sir etmaydi, muvozanatning tezroq qaror topishiga yordam beradi

Elektrolizyor yoki elektrolitik vanna nima?



Javob: Elektroliz jarayonini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus idish

Elektroliz nima?



Javob: Eritmada yoki suyuqlanmada elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanish - qaytarilish jarayoni

Elektroliz so‘zining ma’nosini ayting?



Javob: Elektr toki ta’sirida parchalanish ma’nosini anglatadi

Qattiq moddalarni elektroliz qanday amalga oshiriladi?



Javob: Qattiq moddalar yuqori harorat ta’sirida suyuq agregat holatga o‘tkazib elektroliz jarayonini amalga oshiriladi

Suyuqlanma elektroliz nima?



Javob: Qattiq moddalar yuqori harorat ta’sirida suyuq agregat holatga o‘tkazib elektroliz qilish jarayonini. Suyuqlanma elektrolizida odatda oksid, ishqor va tuzlarning suyuqlanmalari orqali elektr toki o‘tkaziladi

Eritma elektrolizi nima?



Javob: Elektroliz o‘tkazish uchun dastlab eritma tayyorlab olinadi so‘ng elektroliz jarayoni amalga oshiriladi. Eritma elektrolizida ishqor, kislota va tuzlarning suvdagi eritmasi orqali elektr toki o‘tkaziladi

Aktiv metallning tuzlari eritmalari elektroliz qilinsa, katodda nima ajraladi?



Javob: H2

O‘rtacha aktiv metallar elektroliz jarayonida qatnashsa, katodda nima ajraladi?



Javob: Metall va H2

Passiv metallar elektroliz jarayonida qatnashsa, katodda nima ajraladi?



Javob: Metall

Aktiv metall va kislorodli kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Katodda H2, anodda O2

Aktiv metall va kislorodsiz kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Katodda H2, anodda metallmas ajralib chiqadi hamda eritmada ishqor hosil bo‘ladi

O‘rtacha aktiv metall va kislorodli kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Katodda metall va vodorod, anodda esa kislorod ajralib chiqadi hamda eritmada kislota hosil bo‘ladi

O‘rtacha aktiv metall va kislorodsiz kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Katodda metall va vodorod, anodda esa metallmas ajralib chiqadi hamda asos hosil bo‘ladi

Passiv metall va kislorodli kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda, katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Katodda metall, anodda esa kislorod ajralib chiqadi hamda kislota hosil bo‘ladi

Passiv metall va kislorodsiz kislota qoldig‘idan tashkil topgan tuzlar eritmasi elektroliz qilinganda katodda va anodda nima ajraladi?



Javob: Faqat tuz elektrolizga uchraydi, suv esa o‘zgarishsiz qoladi. Katodda metall, anodda metallmas ajralib chiqadi

Elektroliz qonunlarini kim kashf qilgan?



Javob: Ingliz olimi M.Faradey

Faradeyning 1-qonuni ta’rifini ayting?



Javob: Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning massasi elektrolit eritmasi orqali o‘tgan elektr tokining miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi

Faradeyning 2-qonuni ta’rifini ayting?



Javob: Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi, shu moddaning ekvivalent og‘irliklariga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi

Download 264,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish