«Ulug‘lardan o'rganm oq — oqillik» mavzusida Im om al-
Buxoriy, al-Farg‘oniy, at-Termiziy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon
Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, A m ir T em ur, M irzo U lug‘bek,
Alisher Navoiy, Zahiriddin M uham m ad Bobur, Ogahiy, Abdulla
Avloniy, Abdulla Qodiriy, Muso Toshmuhammad o ‘g‘li Oybek,
Habib Abdullayevlar haqida bilim larga ega b o ‘linadi. N utqi va
so‘z boyligi oshadi.
3-sinfning m atem atika darsligida o ‘lchov birliklari, m asa
lalar, amalni og‘zaki bajarish orqali nutq o ‘stirish jarayoni ro‘y
beradi. «1000 ichida qo'shish va ayirish» mavzusidagi 270-misolda
yozuvni ko‘rib chiqing va hisoblash usulini tushuntiring.
300+500=800
3 yuzi.+5 yuzi.=8 yuzi. ’
277-masalada: 1) Agar to'rtburchakning
bir burchagi qirqib
olinsa, hosil bo ‘lgan shaklda nechta burchak qoladi? 2) Qaysi
biri og'ir: 1 kilogramm shakarm i yoki 1 kilogramm tem irm i?
kabilar o'quvchilam i fikrlashga va to ‘g‘ri javobni topishga yordam
beradi.
«Tabiatshunoslik» darsligida tabiat va odam, tabiat jismlari,
foydali qazilmalami muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot olami,
uning xilma-xilligi; sog‘lig‘imizni saqlaymiz mavzularida:
«Odam kim?», «Yurak va qon, ovqat hazm qilish organlari,
nerv tizimi kabilar va ekologiya nima?» mavzulari o ‘rin olgan.
Ularda m atnlar berilgan bo‘lib, bolalar bu m atnlam i o ‘qib, gapirib
berish davomida nutq o ‘stirish jarayoni ro‘y beradi.
Suv
Suv — tabiatda ko‘p tarqalgan m odda. Yer yuzida katta-
kichik
daryolar, yirik va mayda ko‘llar, jilg‘alar juda ko‘p. K o‘l,
daryo va jilg‘alar faqat yer yuzida bo ‘lmaydi.
Yeming chuqur qa’rida ham katta ko‘llar hosil bo‘ladi. U yerdan
yer osti daryolari va jilg'alar oqadi.
Havoda ham suv bor. U nda suv ko‘p to ‘planib, havo issiq
vaqtda yomg‘ir, sovuq vaqtda esa qor yog'adi.
Amaliy ishlar, savol va topshiriqlar berilgan.
«O dobnom a» darsida ham b ir qancha odob-axloqqa o¡d
m atnlar, she’rlar, hikoyalar, hikm atli so‘zlar berilgan. Ularni
o ‘quvchi o ‘qib, gapirish jarayonida nutqi o ‘sadi. Bulaming bar-
chasi integratsiyadir. 3-sinf «Tilni ehtiyot qilish» haqidagi she’rda;
Til arslon misli yotar qafasda,
Bexabar boshini u yer nafasda.
Tildan
tutilgan ne deyar, eshit,
Amal qil bu so‘zga, o ‘zingga esh et.
Balo keltiradi boshga bu tihm,
Boshimni u kesmay, qilayin bilim.
So‘zingni tiyib yur, boshing yormasin,
Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin.
Axloqiy tarbiyaning vazifalaridan biri — ongli intizom bo ‘li-
shidir. Abdulla Avloniy: «Intizom deb qilodurg‘on ibodatlari-
mizni, ishlarimizni har birini o ‘z vaqtida
tartibi ila qilmoqni ay-
tilur. Agar yer yuzida intizom bo ‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa
yasholmas edilar», deb ta ’kidlaydi. Demak, asosan, odobnoma
darslarida axloqiy tarbiya berib, bilim, ko‘nikma, malaka hosil
qilinsa, boshqa fanlarda uni mustahkamlab, to ld irib boriladi.
M ehnat darslarida ham bolalarga ovqatlanish, mehmon kutish,
kiyinish, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya m e’yorlari
o'rgatib boriladi. Bu darsiga ham bola estetik tarbiya orqali yondashadi.
Estetik tarbiya o ‘quvchilarda
estetik bilim, ko‘nikma va ma-
lakalarni shakllantirish, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xis-
latlami tarbiyalash masalasini o‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya bo ‘-
yicha asosiy fan musiqa bo‘lib, rasm, jismoniy tarbiya, m ehnat,
o ‘qish, ona tih fanlari uni to ‘ldirib boradi. Masalan, tasviriy san’at
darslarida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va estetik mulo-
haza bilan yondashadi.
Estetik tarbiyaga misol qilib jism oniy tarbiya darsini olsak,
asosiy mashqlardan biri: tik turgan holda
yurish va bayroqchalar
bilan m ashq qilish darsning m aqsadi b o ‘lsa, bu holatni baja-
rayotganda estetik mulohaza bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘-
tarilib, bayroqchalami yon tomonlarga va keyin yuqori tomonga
ko‘tarib estetik qiziqish bilan bajarishadi.
Bu misollardan shuni bilish mumkinki, demak, integratsiya,
ya’ni fanlararo uzviylik, bog'liqlik mavjud.
Chunki biron fanning
maqsadi, ya’ni bolalardagi nutq o ‘stirish, axloqiy, ekologik, estetik
tarbiya barcha fanlarda o ‘z aksini topgan.