Institut tarixini uch davrga bo‘lish mumkin


Kafedra tarixi, moddiy texnik bazasi va tashqi aloqalari



Download 27,38 Mb.
bet7/8
Sana21.06.2022
Hajmi27,38 Mb.
#688216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farpi

2.3 Kafedra tarixi, moddiy texnik bazasi va tashqi aloqalari.


O’rta Osiyoda yagona bo‘lgan «Qurilish mate­riallari korxonalarining mexanik jihozlari» mu­taxassisligi bo‘yicha institutga ilk bor qabul 1968 yili amalga oshirilgan.
Tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatiga qo‘yilayotgan yangi talablar, «Quri­lish materiallari korxonalarining mexanik jihozlari» mutaxassisligi bo‘yicha in­stitutga qabulning oshib borishi institutda maxsus kafedra kerakligini talab etdi va 1975 yil 1 sentyabr kuni «Korxonalarning mexanik jihozlari» kafedrasi Vazirlik buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
1973 yildan boshlab «Qurilish material­lari korxonalarining mexanik jihozlari» va so‘ng 1987 yildan 1995 yilgacha «Kimyoviy ishlab chiqa­rishlar va qurilish materiallari korxonalarining mexanik jihozlari» mutaxassisliklari bo‘yicha hamda 1996 yildan shu kungacha «Texnologik mashi­nalar va jihozlar» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.
1973 yili shu mu­taxassislik bo‘yicha birinchi 19 ta muhandis-mexa­nik tayyorlangan.

2.23 - rasm. Texnologik mashinalar va jihozlar mutaxassisligi bo‘yicha birinchi bitiruvchilar( 13-68 MOP guruxi) bitiruv oldi amaliyoti davrida.
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasiga 1975-1986 yillarda t.f.n., dotsent F.I.Shlegel, 1986-2001 yillarda t.f.n., dotsent B.A.Alimatov, 2001-2008 yillarda t.f.d., prof. R.J.Tojiyev, 2008-2011 yillarda t.f.n., dotsent I.T.Karimov, 2011-2015 yillarda t.f.n., dotsent Yu.U.Mirzaxonov rahbarlik qilganlar. 2015-yildan hozirgi kunga qadar t.f.d., professor R.J.Tojiyev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ka­fedraning professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan amalga oshirilgan ul­kan ishlar evaziga bugungi kunda kafedra zamonaviy jihozlangan 3 ta o‘quv - ilmiy laboratoriyalariga va o‘quv poligoniga ega.
Kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlarining ilmiy izlanishlari natijalari 8 ta monografiyada, 500 dan ortiq ilmiy maqolalarda chop etil­gan, kafedra olimlari tomonidan ixtirolarga 30 dan ortiq mualliflik guvohno­malari va patentlar olingan.
2000 yili professor R.J.Tojiyev tomonidan «Qurilish mashinalari» darsligi chop etilgan, keyingi yillarda professor R.J.Tojiyev, professor B.A.Alimatov, dotsent I.T.Karimov, dotsent K.D.Muxamadsodiqov, dotsent A.A.Axunbayev, A.S.Isomidinov, A.A.Xakimov, X.M.Sadullayev, B.J.Xursanovlar tomonidan 12 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta darslik nashrdan chiqarilgan va hozirda o‘quv jarayonida qo‘llanib kelinmoqda.
1999 yildan kafedra qoshida “Qishloq xo‘jalik mashi­nalari va jihozlari”, ”Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha, keyinchalik “Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilib, hozirda bu magistratura samarali faoliyat yuritmoqda.
Kafedra olimlari xorijiy davlatlardagi o‘quv va ilmiy muassasalar bilan uzviy aloqalar bog‘laganlar. Bular qatoriga Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Belgorod, Chimkent va boshqa shaharlardagi oliy ta’lim muassasalari kiradi.
Kafedra yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy hamkorlik maqsadida muta­xassislik bo‘yicha o‘quv darsliklari mualliflari, Moskva shahridagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari S.G.Silenok, N.Ye.Drozdov, A.A.Borshevskiy, M.I.Juravlev, Sankt-Peterburg texnologiya instituti profes­sori V.N.Sokolov, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti professorlari A.A.Volnenko, B.N.Korganbayev va boshqalar kafedraga bir necha marta tashrif buyurib, o‘quv mashg‘ulotlari olib borganlar.
2018 yili Rossiya Federatsiyasining V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida o‘quv uslubiy ishlanmalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni birgalikda tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.


Download 27,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish