Institut tarixini uch davrga bo‘lish mumkin


Institut xududiga kirish bosh darvozasi



Download 27,38 Mb.
bet4/8
Sana21.06.2022
Hajmi27,38 Mb.
#688216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farpi

Institut xududiga kirish bosh darvozasi.
2009 yili institutga O.X.Otaqulov rektor etib tayinlandi. Shu yildan boshlab yangi rektor institutda o‘quv uslubiy ishlar holatini taxlil qilish, ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash maqsadida kafedralarda ishning tashkil etilishi, o‘quv-laboratoriya bazalari holati, uslubiy ta’minot masalalarini chuqur o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘ra boshladi. Eng avvalo talabalarning ota-onalari bilan aloqalar jonlantirilib, ularda farzandlari tarbiyasiga daxldorlik xissini uyg‘otish, o‘quv auditoriyalarida davomatni tubdan yaxshilash masalalariga e’tibor kuchaytirildi.
2010 yildan boshlab har bir fakultet va kurslar kesimida ko‘p dars qoldirgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Bu tadbir yaxshi samara berib talabalarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi yaxshilandi.
O’quv jarayoni sifatiga daxldor barcha omillar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, ularning zararli ta’sirlarini kamaytirish choralari ko‘rildi.

Otaqulov Oybek Xamdamovich. Farg‘ona viloyati, O’zbekiston tumanining Nursux qishlog‘ida 1963 yil 23 mayda tug‘ilgan. 1985 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1993 yilda himoya qilgan.
1994-1998 yillarda Farg‘ona politexnika instituti mexanika fakulteti dekanining o‘rinbosari, 1998-2005 yillarda Qirguli sanoat-qurilish kasb-hunar kolleji direktori, 2005-2009 yillarda TATU Farg‘ona filiali dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2009-2021 yillarda FarPI rektori.

Otaqulov Oybek Xamdamovich
2009-2021 yillarda Farg‘ona politexnika instituti rektori.
2009-2019yillar davomida respublikamizda ta’lim yo‘nalishlarining davlat standartlari, o‘quv rejalarini zamon talablariga moslash maqsadida ular bir necha bor yangilandi. Shu sababli institutda o‘quv rejalaridagi barcha fanlarni uslubiy jihatdan to‘liq ta’minlash, o‘quv-uslubiy majmualar yaratish, ularni har yili o‘zgarayotgan talablar asosida yangilab borish va operativ ravishda o‘quv jarayoniga joriy etish ishlari amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1533-sonli qaroriga asosan 2013-2016 yillarda institutning barcha o‘quv binolari, talabalar turar joylari, sport zallari, Axborot resurs markazi, ma’daniyat saroyi, talabalar oshxonasi zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi va mukammal ta’mirlandi.
2016 yilning 26-28 may kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan “Universiada-2016” sport musobaqalari munosabati bilan institut hududi zamonaviy landshaft arxitekturasi dizayni talablariga mos ravishda obodonlashtirildi, talabalar turar-joylari namunali jihozlanib, barcha qulayliklar yaratildi.


Salomov O’ktam Raximovich
2021 yildan FarPI rektori

1977 yil 20 iyunda Buxoro viloyatida tavallud topgan. Fizika-matematika fanlari doktori. 2004-2008 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Issiqlik fizikasi bo‘limida kichik ilmiy xodim, 2008-2014 yillarda doktorant, 2015-2016 yillarda Turin politexnika universiteti Toshkent filiali “Tadbiqiy mexanika” kafedrasi dotsenti, 2016-2019 yillarda Andijon mashinasozlik instituti rektori, 2019-2020 yillarda Turin politexnika universiteti Toshkent filiali rektori, 2020- 2021 yillarda Oliy va O’rta maxsus vazirining birinchi o‘rinbosari, 2021 yil yanvar oyidan Farg‘ona politexnika instituti rektori





Download 27,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish