Payvand ulanishlardagi yuzaki nuqsonlar me’yorlari
2.1. jadval
|
Nuqson
|
Yo‘l qo‘yiladigan maksimal o‘lcham, mm
|
Nuqsonlar soni
|
Biriktirma chokning tashqari tomondan qabarib chiqishi
|
Payvand turi va ulanish tipidan kelib chiqib, me’yoriy hujjatlar yoki konstruktorlik hujjatlarida belgilanadi
| |
Valiklar oralig‘idagi cho‘kma (chuqurlik) va chok yuzasining g‘adirligi
|
0,12 O‘K* + 0,6, biroq 2,5 dan ortiq emas
| |
Bittalik ulanishlar
|
0,12 O‘K* +0,2, biroq 2,5 dan ortiq emas
|
O‘K 2 dan 10 gacha bo‘lganda –0,2 O‘K +3
O‘K 10 dan yuqori 20 gacha bo‘lganda –0,1 O‘K +4
O‘K 20 dan yuqori bo‘lganda –0,05
O‘K +5, biroq 8 dan ortiq emas
|
Quvurlarni podkladkasiz halqalar bilan bir tomonlama payvandlashda chok ildizining qavarib chiqishi
|
Dichki 25 ulanishgacha –1,5
Dichki 25 dan yuqori 150 ulanishgacha –2,0
Dichki 150 dan yuqori 2,5
| |
Quvurlarni podkladkasiz halqalar bilan bir tomonlama payvandlashda chok ildizining bukilishi
|
0,12 O‘K +0,4, biroq 1,6 dan ortiq emas
| |
* O‘K — 3 bandda ko‘rsatilgan o‘lcham ko‘rsatkichlari.
3. Kapillyar nazorat
8. Payvand ulanishlarini indikator izlari bo‘yicha nazorat qilishda uzaytirilgan va bir nechtalik indikator izlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bittalik aylanma indikator izlarining soni bittalik ulanishlar uchun 2.1 jadvalda belgilangan me’yorlardan oshmasligi zarur, har bir indikator izining eng katta o‘lchami esa, ushbu me’yorlarning uch barobaridan oshmasligi zarur.
9. 8 bandga muvofiq aniqlangan nuqsonlarni, ularning reaktivlari bartaraf qilingandan keyingi haqiqiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda 6 band talablariga va 2.1 jadvalda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga rioya etilishi zarur. Ushbu baholash natijalari yakuniy hisoblanadi.
4. Magnitkukunli nazorat
10. Magnitkukunli nazoratda sifatni baholash me’yorlari vizual nazorat uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq kelishi zarur (6 band va 2.1 jadval).
11. 4 bandga muvofiq aniqlangan nuqsonlarni emulsiya yoki kukun bartaraf qilingandan keyingi haqiqiy o‘lchamlariga muvofiq baholanishiga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu baholash natijalari yakuniy hisoblanadi.
5. Radiografik nazorat
12. Payvand ulanishlarining sifati radiografik suratlarda darzlar, payvandlanmasdan qolgan joylari (me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari), kuygan joylari, o‘simtalar, chok ildizining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajadagi qabariqlari va bukilishlari ko‘rinmagan hollarda (2.1 jadval), bittalik ulanishning keltirilgan soni va umumiy maydoni hamda yig‘malari 5.1 jadvalda va me’yoriy hujjatlarda belgilangan me’yorlardan oshmagan hollarda qoniqarli hisoblanadi.
Suratlar sezgirligi darajasi me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |