Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


Po‘latlarni tiplar va klasslarga ajratish



Download 475,61 Kb.
bet8/12
Sana20.02.2023
Hajmi475,61 Kb.
#913249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
199 06.07.2010

Po‘latlarni tiplar va klasslarga ajratish

8 jadval

T/r

Po‘lat tipi, klassi

Po‘lat markasi

1.

Uglerodli

St2sp2, St2sp3, St3sp2, St3sp3, St3ps3,
St3Gvs3, St3ps4, St3sp4, St3sp5, St3sp6,
St3Gps4, St4ps3, St4sp3, St5sp2*, 08, 10, 15, 20,
25, 30*, 35*, 40*, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K, 15L,
20L, 25L, 30L, 35L

2.

Kam legirovka qilingan marganetsli va kremniymarganetsli

10G2, 15GS, 16GS, 17GS, 17G1S,
17G1SU, 09G2S, 10G2S1, 14XGS

3.

Kam legirovka qilingan xromlangan

35X*, 40X*

4.

Kam legirovka qilingan molibdenli, xrommolibdenli, xrommolibdenvanadiyli

12MX, 12XM, 15XM, 10X2M, 15X1M1F,
12X1MF, 20XML, 20XMFL, 15X1MFL,
20X1MF*, 25X1M1F1TR*, 20X1M2F1BR

5.

Kam legirovka qilingan xromnikelmolibdenvanadiyli

38XN3MFA*

6.

Martensit xromlangan

20X13,12X11 V2MF*,13X11�2V2MF*,
20X12VNMF*,18X12VMVFR*

7.

Austenit xromnikelli

08X18N10T, 12X18N9T, 12X18N10T, 12X18N12T,
12X18N9TL, 12X18N12MZTL, XN35VT*

* Materiallar payvandlanmaydi — detallari mustahkamlanadi.
Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga
6-ilova
Jadval

Metall harorati, ° S

Sinov harorati,° S

0 dan minus 20 gacha
minus 20 dan minus 40 gacha
minus 40 dan minus 60 gacha

Minus 20
Minus 40
Minus 60

Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga
7-ILOVA
Bir tipli va nazorat payvand ulanishlar tushunchasini aniqlash
Bir tipli payvand ulanishlar, bu quyidagi umumiy belgilari bo‘lgan payvand ulanishlar guruhlaridan iborat:
a) payvandlash usuli;
b) asosiy metall markasi (yoki bir necha markalar). Bir guruhga texnologiyalarga muvofiq, bir xil marka (bir necha markalar)li payvand materiallarini qo‘llash ko‘zda tutilgan po‘latning turli markalaridan tayyorlangan detallarning payvand ulanishlarini birlashtirish mumkin;
v) bir xil marka (bir necha markalar)li payvand materiallari. Bir guruhga texnologiyalarga muvofiq turli payvand materiallarini qo‘llash ko‘zda tutilgan po‘latning bir xil markadan tayyorlangan detallarning payvand ulanishlarini birlashtirish mumkin; elektrodlarning GOST 9466 bo‘yicha (asosiy, rutil, sellyulozali, nordon) bir xil turdagi qoplamasi bo‘lishi zarur;
g) detallarning payvand zonasidagi nominal qalinligi. Ulanishlarni payvandlash zonasidagi detal qalinligi quyidagi diapazonlardan biri to‘g‘ri kelganda bir guruhga birlashtirish mumkin:
3 mm gacha, inobatga olgan holda;
3 mm dan yuqori, 10 mm gacha, inobatga olgan holda;
10 mm dan yuqori, 50 mm gacha, inobatga olgan holda;
50 mm dan yuqori.
Burchak, tavrli va ustma-ust ulanishlarda ko‘rsatilgan diapazonlar ulanayotgan detallarga tegishli bo‘ladi; asosiy detallarning qalinligini hisobga olmaslikka ruxsat beriladi;
d) payvandlash zonasida detallarning qiyshiqlik radiusi. Payvandlash zonasidagi detal qiyshiqlik radiusi quyidagi diapazonlardan biriga to‘g‘ri kelganda ulanishlarni bir guruhga birlashtirish mumkin
12,5 mm gacha, inobatga olgan holda;
12,5 mm dan yuqori, 50 mm gacha, inobatga olgan holda;
50 mm dan yuqori, 250 mm gacha, inobatga olgan holda;
250 mm dan yuqori (shu jumladan yassi detallar).
Burchak, tavrli va ustma-ust ulanishlarda ko‘rsatilgan diapazonlar ulanayotgan detallarga tegishli bo‘ladi. Asosiy detallarning qiyshiqlik radiusini hisobga olmaslikka ruxsat beriladi;
e) payvand ulanish turi (biriktirma, burchak, tavrli, ustma-ust). Bir guruhga, quvur shtutserlarini qozon elementlariga payvand ulanishlari orqali biriktirishdan tashqari biriktirma, burchak, tavrli, ustma-ust payvand ulanishlarini birlashtirish mumkin;
j) chetlarini tayyorlash shakllari. Bir guruhga chetlarini tayyorlashning quyidagi shakllari bilan birga payvand ulanishlarini birlashtirish mumkin:
qiyshayish burchagi 8° dan ortiq bo‘lganda chetlariga bir tomonlama ishlov berish;
qiyshayish burchagi 8° gacha bo‘lganda chetlariga bir tomonlama ishlov berish (tor ishlov berish);
chetlariga ikki tomonlama ishlov berish;
chetlariga ishlov bermasdan;
z) ildiz qatlamini payvandlash usuli: qolgan podkladkada (podkladka halqasida), eritilgan podkladkada, podkladkasiz (qaytish valigini erkin shakllantirish), chok ildizini payvandlagan holda;
i) payvandlashning termik rejimi:
oldindan va payvandlash jarayonida qizdirish;
qizdirmasdan;
qatlamlarni birin-ketin sovutgan holda;
k) payvand ulanishga termik ishlov berish rejimi.
Nazorat payvand ulanishi-bu ishlab chiqarish payvand ulanishlar orasidan kesib olingan yoki alohida payvandlangan ulanishdan iborat bo‘lib, bunda ishlab chiqarish payvand ulanishlarga nisbatan bir xil yoki bir tipli bo‘ladi va ishlab chiqarish payvand ulanishlari sifati va xususiyatlarini attestatsiyadan o‘tkazish yoki tekshirishda buzuvchi nazoratni amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi.
Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga
8-ilova
(majburiy)
Payvand ulanishlar sifatini baholash me’yorlari
1. Umumiy qoidalar
1. Payvand ulanishlar sifatini baholash bo‘yicha mazkur me’yorlar vizual, o‘lchov, kapillyar, magnitkukunli, radiografik nazoratda, shuningdek mexanik sinovlar va metallografik izlanishlarda yoysimon, elektrshlakli elektr nurli va gaz payvandlash orqali bajarilgan, bosim ostida ishlaydigan payvand ulanishlarga nisbatan o‘rnatiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Payvand ulanishlar sifatini baholash bo‘yicha aniq me’yorlar payvand ulanishlarni nazorat qilish me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lishi va “Sanoatkontexnazorat” DI bilan kelishilishi zarur.
Payvand ulanishlar uchun, payvandlash boshqa usullar orqali bajarilganda, bosim ostida ishlamaydigan payvand ulanishlar, hamda payvand ulanishlarni nazorat qilish yuqorida keltirilgan usullarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, payvand ulanishlar sifatini baholash, qonunchilikda belgilangan tartibda me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Ushbu ilovada foydalanilgan atamalar va mazmunlari ilovaning 9 bo‘limida ko‘rsatilgan.
3. Sifatini baholash me’yorlari quyidagi o‘lcham ko‘rsatkichlari (O‘K) bo‘yicha qabul qilinadi:
payvandlangan detallarning nominal qalinligi bo‘yicha — bir xil qalinlikdagi detallarning (detal uchlarini charxlash, kalibrovka qilish yoki qisish orqali oldindan ishlov berish hollarida — ishlov berish zonasida payvandlangan detallar qalinligi nominal bo‘lgan hollarda) biriktirma payvand ulanishlari uchun;
nisbatan yupqa detalning nominal qalinligi bo‘yicha — turli nominal qalinlikdagi detallarning (nisbatan yupqa detal uchlarini oldindan ishlov berish hollarida — ishlov berish zonasida uning qalinligi nominal bo‘lgan hollarda) biriktirma payvand ulanishlari uchun;
burchak chokning hisoblangan balandligi bo‘yicha — burchak, tavrli va ustma-ust payvand ulanishlari uchun (burchak va tavrli payvand ulanishlarda to‘liq eritgan holda, bunda nisbatan yupqa detal qalinligini o‘lcham birligi hisobida qabul qilishga ruxsat beriladi);
nisbatan yupqa detal nominal qalinligining ikki barobari bo‘yicha (ikkita bir-biriga payvandlangan detallardan iborat) — chekkadagi payvand ulanishlari uchun (quvurlarni quvur tekisligiga payvandlash hollari bundan mustasno); ,
quvur devorining nominal qalinligi bo‘yicha — quvurlarni quvur tekisligiga payvandlash uchun.
Ikkita qalinlikdagi payvand ulanishlarini radiografik nazorat qilishda sifatini baholash me’yorlarini bir qavat payvand ulanishlardagi qalinlik bilan bir xilda olinadi.
4. Payvand ulanishlarning uzunligi (uzunligi, perimetri) payvandlangan detallarning chok chekkalaridagi (shtutserlarni ulash, shuningdek burchak va tavrli ulanishlarda — ulanayotgan detalning burchak choki chekkasidagi tashqi yuzasi bo‘yicha) tashqi yuzasi bo‘yicha aniqlanadi.
5. Buzmaydigan nazorat usullarini qo‘llagan holda aniqlangan bittalik va yig‘ma ulanishlarning soni va maydonchasi 100 mm dan iborat uzunlikdagi payvand ulanishning barcha uchastkasida ushbu me’yorlarda ko‘rsatilgan o‘lchamlardan oshmasligi zarur.
Uzunligi 100 mm dan kichik bo‘lgan payvand ulanishlari uchun bittalik va yig‘ma ulanishlarning soni va maydonchasi nazorat qilinadigan ulanishning uzunligiga qisqaradi. Bunda kasr son kelib chiqsa, eng yaqin butun songacha yiriklashtiriladi.
2. Vizual va vizual-optik nazorat
6. Vizual va vizual-optik payvand ulanishlarda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
barcha tur va yo‘nalishlardagi darz ketishlar;
asosiy metall va chok, shuningdek chok valiklari orasida payvandlanmasdan qolgan joylarga;
chok ildizida payvandlanmasdan qolish hollariga (me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari);
metallning oqishi va sachragan bo‘laklari qoldiqlariga;
payvandlanmasdan qolgan kraterlarga;
payvand qoldiqlariga;
kuydirib yuborishlarga;
yig‘ilib qolgan qoldiqlarga;
kesiklarga (me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari);
chok o‘lchamlarining belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lishiga.
7. Vizual va vizual-optik nazorat jarayonida aniqlangan nuqsonlar me’yorlari 2.1 jadvalda ko‘rsatilgan


Download 475,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish