Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh



Download 475,61 Kb.
bet2/12
Sana20.02.2023
Hajmi475,61 Kb.
#913249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
199 06.07.2010

L = 2(DmxS)1/2; (2)
o‘z navbatida
D m = Da - S, (3)
bunda L — quvurning erkin to‘g‘ri uchastkasining uzunligi, mm; Dm — quvur (detal)ning o‘rtacha diametri, mm; Da — nominal tashqi diametr, mm; S — quvur (detal) devorining nominal qalinligi, mm.
32. Keskin bukilgan, shtamplangan va shtampli payvandlangan otvodlarni o‘rnatishda ko‘ndalang payvand ulanishlarni bukilish boshlanishida joylashtirish va keskin bukilgan otvodlarni o‘zaro to‘g‘ri uchastkasiz payvandlash mumkin.
33. Quvurlar va shtutserlarni quvur detallari bilan burchak payvand ulanishlari uchun detalning tashqi yuzasidan bukilishning boshlanishi yoki ko‘ndalang biriktiruvchi chok o‘qigacha bo‘lgan masofa quyidagicha bo‘lishi zarur:
a) tashqi diametri 100 mm gacha bo‘lgan quvur (shtutser)lar uchun — quvurning tashqi diametridan kam bo‘lmasligi, biroq kamida 50 mm;
b) tashqi diametri 100 mm va undan yuqori bo‘lgan quvur (shtutser)lar uchun — kamida 100 mm.
34. Quvurning ko‘ndalang biriktiruvchi payvand ulanish o‘qidan ustun yoki ilgak chetigacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalar va me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan ko‘rikdan o‘tkazish, nazorat va termik ishlov berishni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib tanlanishi zarur.
4-§. Quvurlarni yotqizilishiga nisbatan talablar
35. Quvurlarni yotqizish loyihalari loyiha tashkilotlari tomonidan, mazkur Qoidalar, QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” hamda QMQ 3.05.03-00 “Issiqlik tarmoqlari” talablarini hisobga olgan holda, loyihalash me’yorlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
I toifali quvurni yer ostida bitta kanalda boshqa texnologik quvurlar bilan birga yotqizish taqiqlanadi.
36. Quvurlarni yarim o‘tish kanallariga yotqizishda kanal balandligi yuqoriga kamida 1,5 m, izolyatsiyalangan quvurlar oralig‘idagi kenglik kamida 0,6 m bo‘lishi shart.
37. Quvurlarni o‘tish tonnellari (kollektorlar)ga yotqizishda tonnel (kollektor)lar balandligi kamida 2 m izolyatsiyalangan quvurlar oralig‘idagi kenglik kamida 0,7 m bo‘lishi shart.
Boshqarish armaturalari (jihozlar) joylashgan uchastkalarda tonnellar kengligi o‘rnatilgan armaturalar (jihozlar)ga xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lishi zarur. Tonnellarda bir nechta quvurlar yotqizilishi hollarida ularning o‘zaro joylashishi quvurlarni ta’mirlash hamda alohida bo‘laklarini almashtirish uchun qulay joylashishi zarur.
38. Quvurlarni yer ustidan ochiq yotqizishda xavfsizlikning boshqa qoidalariga zid bo‘lmasa, barcha toifali turli maqsadlardagi texnologik quvurlarni yonma-yon yotqizish mumkin.
39. Er osti quvurlariga xizmat ko‘rsatish kameralarining zinapoya yoki shu kabi moslama (skoba) bilan jihozlangan kamida ikkita lyuklari bo‘lishi shart.
40. O‘tish kanallarida zinapoya yoki shu kabi moslama (skoba)lar bilan jihozlangan kirish lyuklari bo‘lishi shart. Lyuklar orasidagi masofa kamida 300 m, bir nechta quvurlarni yotqizish hollarida esa kamida 50 m bo‘lishi zarur. Kirish lyuklari, shuningdek quvurlarning barcha oxirgi nuqtalarida, trassaning burilish joylarida hamda armaturalar o‘rnatilgan uchastkalarda ko‘zda tutilishi zarur.
41. Quvurlarning gorizontal uchastkalari bukilish burchagining miqdori kamida 0,002 issiqlik tarmoqlari uchun esa ushbu burchak kamida 0,001 ni tashkil etishi zarur.
Trassalarni yotqizishda suv yig‘iladigan chuqurliklarning paydo bo‘lishi hollariga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
42. Armaturalar xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun qulay joylarga o‘rnatilishi zarur. Zarur joylarda zinapoyalar o‘rnatilishi va maydonchalar joylashtirilishi zarur.
43. O‘rnatilayotgan cho‘yan armatura bukilishdan himoyalangan bo‘lishi zarur.
5-§. Issiqlik ta’sirida kengayishning kompensatsiyasi
44. Harakatsiz ustunlar oralig‘idagi quvurlarning har bir uchastkasi issiqlik ta’sirida uzayishdan kompensatsiyaga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. Bunda o‘z-o‘zidan kompensatsiya amalga oshirilishi yoki kompensatorlar o‘rnatilishi mumkin. Cho‘yan salnikli kompensatorlarni o‘rnatishga ruxsat berilmaydi.
45. Ichki diametri 150 mm va undan yuqori, bug‘ harorati 300° S va undan yuqori bo‘lgan bug‘ quvurlarida bug‘ quvurlarining kengayishini nazorat qilish hamda ustun-osma moslama tizimining to‘g‘ri ishlashini kuzatib turish maqsadida yo‘nalish ko‘rsatkichlari o‘rnatilishi zarur. Ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rnatish joylari va undagi harakatlarning hisoblangan ko‘rsatkichlari bug‘ quvurlarining loyihalarida ko‘rsatilishi shart. Harakatlar ko‘rsatkichlarini ko‘rish joylari o‘tishga qulay bo‘lishi zarur. Zarur joylarda maydonchalar va zinapoyalar o‘rnatilishi kerak.
6-§. Ustun — osma moslama tizimlari
46. Quvurlarning asosiy konstruksiyalari, uning ustunlari va osma moslamalari (prujinalardan tashqari) suv to‘ldirilgan va izolyatsiya bilan qoplangan quvur og‘irligining vertikal kuchlanishiga hamda quvurning issiqlik ta’sirida kengayishi natijasidagi kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
Bug‘ quvurlarining ustun va osma moslamalarini gidravlik usulda sinashda suv og‘irligini hisobga olmaslik mumkin, biroq bug‘ og‘irligi hisobga olinishi zarur. Bunday hollarda, gidravlik usulda sinashda prujinalar, ustun va osma moslamalarning kuchlanishi uchun maxsus moslamalarning qo‘llanishi loyihada ko‘zda tutilishi zarur.
47. Harakatsiz ustunlar ularga nisbatan eng og‘ir sharoitlarda ta’sir etishi mumkin bo‘lgan katta kuchlanishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
7-§. Drenajlar
48. Quvurlarning zulfinlar bilan o‘chiriladigan har bir pastki nuqtasida, quvurlardagi suv tushirib yuborishga mo‘ljallangan zulfinli shtutserlar o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
Quvurlarning yuqori nuqtalarida havoni chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan moslamalar bo‘lishi shart.
49. Bug‘ quvurlarining moslamalar yordamida o‘chiriladigan barcha uchastkalarida, ularni qizitish yoki shamollatish uchun shtutserlarning oxirgi nuqtalarida ventillar, bosimi 2,2 MRa (22 kgf/cm2) dan yuqori hollarda esa shtutserlar ketma-ket joylashgan ikkita, o‘chirish va boshqarish ventillari o‘rnatilishi zarur. Bosimi 20 MRa (200 kgf/cm2) va undan yuqori bo‘lgan bug‘ quvurlarida ketma-ket joylashgan ikkita, o‘chirish va boshqarish ventilli hamda drossel shaybali shtutserlar o‘rnatilishi zarur. Bug‘ quvuri uchastkasini ikkala yo‘nalishda qizdirish hollarida uchastkaning ikkala tomonidan quvurni shamollatish ko‘zda tutilishi zarur.
Drenaj qurilmalarida, quvurni qizdirish vaqtida ish jarayonini nazorat qilish imkoni ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur.
50. Bug‘ quvurining pastki oxirgi nuqtalari va uning bukilish joylaridagi pastki nuqtalari shamollatish qurilmalari bilan ta’minlanishi shart.
51. Quvurlardagi drenaj qurilmalarining joylashishi va konstruksiyalari loyiha tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.
52. Bug‘ miqdori yuqori bo‘lgan bug‘ quvurlari hamda uning oxirgi uchastkalaridagi qizigan bug‘ mavjud uchastkalarda kondensatsiya sig‘imlari yoki boshqa qurilmalar orqali kondensatlar to‘xtovsiz chiqarib turilishi shart.
Issiqlik tarmoqlarida, bug‘ning holatidan qat’i nazar, trassaning pastki nuqtalarida, kondensat to‘xtovsiz chiqarib turilishi shart.
8-§. Himoya qurilmalari, nazorat-o‘lchov asboblari va armatura
53. Foydalanishda xavfsizlik sharoitlarini ta’minlash maqsadida barcha quvurlar bosim va ish muhiti haroratini o‘lchash asboblari bilan, zarur hollarda esa o‘chirish va boshqarish armaturalari, reduksion va himoya qurilmalari, himoya va avtomatika vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
54. Himoya qurilmalari shunday hisoblangan va sozlangan bo‘lishi zarurki, himoyalanayotgan elementda bosim hisob-kitob qilingan bosimga nisbatan 10% dan oshmasligi, hisob-kitoblardagi 0,5 MRa (5 kgf/cm2) bosimda esa 0,5 MRa (5 kgf/cm2) dan oshmasligi zarur.
Himoya qurilmalari o‘tkazish qobiliyatining hisob-kitoblari GOST 24570-81 ga asosan amalga oshirilishi zarur.
Himoya klapanlari to‘liq ochilgan holatlarda bosimning hisob-kitobga nisbatan 10% dan yuqori bo‘lishi quvurlar mustahkamligi hisob-kitoblarda ko‘zda tutilgan darajada bo‘lgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Quvur past bosimlarda foydalanilgan hollarda himoya qurilmalarini boshqarish ushbu bosimni hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur, bunda o‘tkazish qobiliyati hisob-kitoblar asosida tekshirilgan bo‘lishi shart.
55. Himoya qurilmasi o‘rnatilgan patrubkadan havo chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Himoya klapanlari, xodimlarni klapanlarning o‘z-o‘zidan ishlab ketishidan himoyalashi uchun chiqaruvchi quvurlar bo‘lishi zarur. Ushbu quvurlar muzlab qolishdan himoyalangan bo‘lishi va ularga yig‘ilib qolishi mumkin bo‘lgan kondensatlar chiqarib tashlanadigan drenajlar bilan ta’minlanishi zarur. Himoyalovchi patrubkalar va ulardagi drenajlarga o‘chirish armaturalarini o‘rnatish taqiqlanadi.
56. Yukli yoki prujinali klapanlarning konstruksiyalari quvurning ish holatida, uning sozligini mexanik tarzda ochish yo‘li bilan tekshiruvchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Quvurda elektromagnit impulsli-himoya qurilmasi (NHQ) o‘rnatilgan hollarda, klapanni boshqarish shitidan masofadan turib ochish qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
57. Manometrlarning aniqlik klassi quyidagilardan past bo‘lmasligi zarur:
ish bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) gacha bo‘lganda — 2,5;
ish bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) dan 14 MPa (140 kgf/cm2)gacha bo‘lganda — 1,5;
ish bosimi 14 MRa (140 kgf/cm2) dan yuqori bo‘lganda — 1,0.
58. Manometr ko‘rsatkichi shunday tanlanadiki, bunda ish bosimi holatida manometr ko‘rsatkichi shkalaning o‘rtacha uchdan bir o‘lchamini ko‘rsatib turishi zarur.
59. Manometr ko‘rsatkichida ruxsat berilgan bosimni ko‘rsatib turish uchun qizil chiziq bilan belgi qo‘yiladi. Qizil chiziq o‘rniga manometrning shisha qismiga zich biriktirgan holda, qizil rangga bo‘yalgan metall plastina mahkamlanishi mumkin.
60. Manometr ko‘rsatkichlari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga aniq ko‘rish imkonini beradigan holatda o‘rnatilishi shart, bunda uning shkalasi vertikal holatda yoki 30° ga oldinga bukilgan holatda bo‘lishi shart.
61. Manometrning nominal diametri kuzatuv maydonchasida 2 m balandlikda bo‘lsa, kamida 100 mm, 2 dan 3 m gacha bo‘lsa 160 mm va 3 dan 5 m gacha bo‘lsa 250 mm dan kichik bo‘lmasligi zarur. Manometr 5 m balandlikda joylashgan hollarda dublikat sifatida qo‘shimcha ravishda pasaytiruvchi manometr o‘rnatilishi zarur.
62. Har bir manometrdan oldin manometrni shamollatish, tekshirish yoki o‘chirish uchun uch tomonlama kran yoki shu kabi boshqa qurilma o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Bug‘ bosimini o‘lchaydigan manometr, quvurga diametri 10 mm dan kichik bo‘lmagan sifonli trubka bilan ulanishi zarur.
63. Manometrdan quyidagi hollarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
plombasi yoki tekshirilganligi haqidagi tamg‘a yo‘q;
tekshirish muddati o‘tib ketgan;
o‘chirilganda manometr ko‘rsatkichi shkalaning nol belgisiga qaytmayapti, bunda ushbu asboblardagi ruxsat berilgan xatolik me’yori ikki barobar ortiq;
shishasi singan yoki ko‘rsatkich aniqligiga to‘sqinlik qiladigan boshqa shikastlari mavjud.
64. Manometrlarni plombalagan holda tekshirish yoki tamg‘alash har 12 oyda kamida bir marta amalga oshirilishi zarur. Bundan tashqari quvur egasi tomonidan har 6 oyda kamida bir marta ishlayotgan manometrlarni, natijalarini qayd kitobiga yozgan holda nazorat manometri bilan tekshirish shart. Nazorat manometri yo‘q hollarda tekshirilayotgan manometr kabi aniqlik klassiga ega bo‘lgan, tekshirilgan manometr bilan tekshirish mumkin.
65. Armatura korpusida tamg‘asi o‘rnatilgan bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
a) ishlab chiqargan korxonaning nomi yoki mahsulot belgisi;
b) shartli o‘tkazish qobiliyati;
v) shartli yoki ishchi bosim va muhit harorati;
g) havo oqimi yo‘nalishi;
d) armatura ishlab chiqarilgan material markasi.
66. Shartli o‘tkazish qobiliyati 50 m va undan yuqori bo‘lgan armatura belgilangan shakldagi pasporti bilan birga yetkazib berilishi zarur bo‘lib, unda foydalanilgan material, termik ishlov berish rejimlari va ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilinganda sifati buzilmaganligi to‘g‘risidagi xulosalar agar ushbu operatsiyalar texnik shartlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Sanab o‘tilgan ma’lumotlar armaturaning asosiy detallari bo‘lgan korpusi, qopqog‘i, shpindeli, zatvori va mustahkamlovchi qismlariga tegishlidir.
67. Armatura maxoviklarida armaturaning ochilish va yopilish yo‘nalishlari ko‘rsatkichi bo‘lishi shart.
68. Quvur armaturasini boshqarish moslamasi yasalayotganda quyidagi shartlarga rioya etish zarur:
a) armaturaning ochilishi maxovikni soat stryelkasi yo‘nalishiga teskari tomonga; o‘chirilishi esa soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlantirishi zarur. Bundan tashqari ventillar va zulfinlarni zanjir va qulf bilan yopish ko‘zda tutilishi zarur;
b) armatura ochilayotganda harakatlanuvchi uning harakatini eng so‘nggi holatlarda chegaralab qo‘ymasligi zarur; armaturani ochish ko‘rsatkichi shkalasining eng chekka holati tegishli yozuvlar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
69. Hisob-kitob qilingan bosim uni ta’minlaydigan manba bosimidan past bo‘lgan quvurning past bosim tomoniga manometrli reduksion qurilma (RQ yoki boshqa tipli) va himoya klapani o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
70. Reduksion qurilmalar bosimni avtomatik tarzda boshqaradigan, reduksion-sovutuvchi qurilmalar esa, qo‘shimcha avtomatik ravishda haroratni boshqaradigan bo‘lishi shart.
71. Katta aylanma kuch talab etgan holda ochiladigan zulfin va ventillar ishini yengillashtirishni ta’minlash, shuningdek bug‘ quvurini qizdirish (texnik jihatdan asoslangan hollarda) maqsadida ular, diametri loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanadigan aylanma liniyalar (baypaslar) bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Ochish yoki o‘chirish 25 kgf dan ortiq kuch talab etadigan zulfin va ventillari elektr boshqarish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
III BOB. BIRLAMChI MATERIALLAR VA YaRIMFABRIKATLARGA NISBATAN TALABLAR
1-§. Umumiy qoidalar
72. Bosim ostida ishlaydigan quvurlar va uning detallarini tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash uchun 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan standart va texnik shartlarga asosan material va yarimfabrikatlar qo‘llanilishi zarur. Yangi standart va texnik shartlar, shuningdek navbatdagi qayta ko‘rib chiqilgan standart va texnik shartlarga nisbatan talablar ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan talablardan past bo‘lmasligi shart.
73. 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan material va yarimfabrikatlardan boshqalarini, faqat bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasidan keyin, agar ko‘rsatkichlari yuqoridagi me’yoriy hujjatlardagi talablarga javob bergan hollardagina qo‘llash mumkin.
74. 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan material va yarimfabrikatlardan boshqalarini, ularni qo‘llash chegaralarini kengaytirish yoki ushbu bo‘lim va ko‘rsatilgan jadvallarda belgilangan sinov va nazoratni qisqartirish, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatkontexnazorat” DI) bilan kelishilgandan, bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi o‘rnatilgan tartibda olingandan keyin qo‘llash kerak.
75. Yarimfabrikatlarni yetkazib berish (ularni topshirish tavsifnomalari, nazorat hajmlari va me’yorlari) qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
76. Sovuq iqlimli hududlarda quvurlarni qurish uchun materiallarni tanlashda, ish parametrlaridan tashqari, agar ushbu tashkiliy-texnik tadbirlarda ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, foydalanish, montaj qilish, yuklash-tushirish va saqlashda past haroratning ta’sirini hisobga olish zarur.
Tashkiliy-texnik tadbirlar hamda past haroratning ta’siri hisobini yuritish usuli bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan bo‘lishi zarur.
2-§. Po‘lat yarimfabrikatlar. Umumiy talablar
77. Yarimfabrikatlarni tayyorlovchi materialning kimyoviy tarkibini nazorat qilishi shart. Sertifikatda, bevosita ushbu yarimfabrikat uchun olingan yoki uni ishlab chiqarishda foydalanilgan va shu kabi mahsulot tayyorlanganda (quymalardan tashqari) qo‘llanilgan sertifikat bo‘yicha kimyoviy tahlil natijalari ko‘rsatilishi shart.
78. Yarimfabrikatlar termik ishlov berilgan holatda yetkazib berilishi zarur. Termik ishlov berish rejimi yarimfabrikatni ishlab chiqargan korxonaning sertifikatida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
79. Yarimfabrikatlarni termik ishlov bermasdan yetkazib berishga quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
a) agar metallning me’yoriy hujjatlarda belgilangan mexanik va texnologik xususiyatlari yarimfabrikatni tayyorlash texnologiyasida ta’minlangan bo‘lsa (masalan prokat usuli bilan);
b) agar ishlab chiqaruvchi korxonada yarimfabrikatga issiq holatida shakl berish bilan birga, termik ishlov berilgan bo‘lsa yoki keyinchalik termik ishlov beriladigan bo‘lsa.
Ushbu holatlarda yarimfabrikatni yetkazib beruvchi, uning xususiyatini termik ishlov berilgan namunalar orqali nazorat qilib turadi.
Yarimfabrikatlarni termik ishlov bermasdan foydalanish chegaralari bosh ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
80. Yarimfabrikatlarni ishlab chiqaruvchi, metallning mexanik xususiyatlarini 20° S harorat ostida torayishga nisbatan (agar sinovlar silindrik namunalarda o‘tkazilgan bo‘lsa) shartli cho‘zilish darajasi shakli o‘zgarishining qoldig‘i 0,2 yoki 1% bo‘lganda yoki fizik oqish chegarasining nisbatan uzayishi va vaqtinchalik qarshilik hamda oqishning shartli chegarasini aniqlagan holda sinash yo‘li bilan nazorat qilishi zarur. Nisbatan torayish o‘lchamlari ma’lumot uchun ko‘rsatilishi mumkin. Nisbatan torayish o‘lchamlari me’yorlar sifatida qo‘llanilgan hollarda nisbatan uzayishini nazorat qilish shart emas.
81. Yarimfabrikatlar mustahkamligi va zichligi 5-ilovaning 1 — 6 jadvallarida ko‘rsatilgan talablarga asosan sinalishi mumkin. Bunda list qalinligi, yoppasiga quyish qalinligi va quvur devori yoki siyrak quyma qalinligi 12 mm va undan yuqori yoki diametri 16 mm va undan yuqori bo‘lishi zarur.
Konstruktorlik tashkilotlarning talablariga asosan devorining qalinligi 6 — 1 mm bo‘lgan quvurlar, listlar va quymalar mustahkamlikka sinalishi zarur. Ushbu talablar me’yoriy hujjatlarda yoki konstruktorlik hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
82. Harorat 0° Sdan past bo‘lganda ochiq havoda, yerda, kanallarda yoki metall harorati 0° S dan past bo‘lishi mumkin bo‘lgan isitilmaydigan xonalarda quvurlarning ulanish qismidagi metall flanetslari, shuningdek boshqa detallarning metall qismlari konstruktorlik tashkilotining talabiga asosan mustahkamlikka sinalishi zarur bo‘lib, ushbu haqida me’yoriy hujjatlar yoki konstruktorlik hujjatlarda ko‘rsatilishi zarur.
83. Mustahkamlikka sinash U (KCU) turdagi konsentratorli namunalarda 20° S haroratda, shuningdek 83-bandda ko‘zda tutilgan holatlarda 6-ilova jadvalida ko‘rsatilgan haroratlardan birida amalga oshirilishi kerak.
V (KCV) turdagi konsentratli namunalarda mustahkamlikka sinash, me’yoriy hujjatlarga muvofiq 20° S hamda minus 20° S haroratlarda amalga oshiriladi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari sinov haroratlarida quyidagicha bo‘lishi zarur: KCU>30J/sm2 (3,0 kgf/cm2); KSV>25 J/cm2 (2,5 kgf/cm2).
Mustahkamligini baholashda sinovlarning uchta natijasidan o‘rtacha arifmetik kattalik belgilanadi. Bunda minimal ko‘rsatkichning xatosi alohida namunadan me’yorga nisbatan 10 J/cm2 (1,0kgf/cm2)dan oshmasligi, biroq yuqorida ko‘rsatilgan kattaliklardan katta bo‘lmasligi zarur. Mustahkamlikning KCU yoki KCV ko‘rsatkichlari konstruktorlik tashkiloti tomonidan tanlanadi va konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatilishi zarur.
84. Mexanik eskirishidan keyin mustahkamlikka sinovlar, detallarni tayyorlash jarayonida shaklini sovuq holda o‘zgaradigan hamda 200 — 350° S da ishlashga mo‘ljallangan uglerodli, pastlegirovka qilingan, marganetsli va kremniy marganetsli po‘lat mustaqkamlovchilar uchun foydalaniladigan listlar va prokatlarda o‘tkazilishi zarur.
Mexanik eskirishdan keyin mustahkamlikning me’yorlar bo‘yicha ko‘rsatkichi 84 band talablariga javob berishi shart.
85. Katta haroratlarda oquvchanlikning me’yoriy ko‘rsatkichlari hisob-kitoblarga ko‘ra 150° S dan yuqori haroratda ishlaydigan detallar yarimfabrikatlarining me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Bunda uglerodli, pastlegirovka qilingan, marganetsli va kremniy marganetsli po‘latlar 400° S gacha, xrommolibden va xrommolibdenvanadiyli po‘latlar uchun 450° S, yuqorixromli va austenitli po‘latlar uchun 525° S gacha harorat bo‘lishi mumkin.
86. Oquvchanlik chegaralari ko‘rsatkichlarining me’yoriy hujjatlar darajasida saqlab turilishi ishlab chiqarish texnologiyasi hamda mahsulot sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish orqali ta’minlanishi zarur. Yuqori haroratlarda, me’yoriy hujjatlarda mahsulot uchun, shuningdek yangi materiallarni o‘zlashtirishda ko‘zda tutilgan cho‘ziluvchanlikning nazorat sinovlarini haroratning 6-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan diapazonlarining birida, ya’ni 10° S yoki 25° S ga nisbatan barobarlarda amalga oshirilishi zarur. Bunda deformatsiya 0,2 yoki 1% bo‘lganda oquvchanlikning shartli chegarasi topshirish tavsifnomasi sifatida me’yorlanishi, vaqtinchalik qarshilik, nisbatan torayish yoki cho‘zilish esa ma’lumot sifatida belgilanishi kerak.
87. Yarimfabrikatlarning 87-bandda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan yuqori haroratlarda ishlash uchun mo‘ljallangan materiallar uzoq vaqt davomida mustahkam bo‘lishi va me’yoriy hujjatlarda belgilangandan kam bo‘lmasligi zarur..
Uzoq muddatli mustahkamlikning chegara ko‘rsatkichlari statistik ishlov berilgan holda shu sinov natijalari bo‘yicha, 104, 105 va 2x105 ch bo‘lishi va bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
88. Mexanik tavsiflarni nazorat qilish ro‘yxatini 5-ilovaning 1 — 6 jadvallariga nisbatan qisqartirilishi, yarimfabrikatni ishlab chiqargan korxonaning tavsifiga asosan me’yoriy ko‘rsatkichlarning kafolatlanganligi hollarida yo‘l qo‘yiladi.
Kafolatlar ishlab chiqaruvchining sertifikatlaridagi ma’lumotlarni, jumladan sinov natijalarini, shu jumladan cho‘ziluvchanlikka sinovlarni statistik usulidan foydalangan holda qayta ishlab chiqish hamda mahsulotni davriy ravishda nazorat qilish orqali ta’minlanib, ushbu ishlar me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topishi zarur. Kafolatning ta’minlanishi bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Sinovlar hajmlarini qisqartirish tartibi 73 bandda ko‘rsatilgan.
3-§. Po‘lat listlar
89. Turli markadagi po‘lat listlarni qo‘llash chegaralari, listga nisbatan me’yoriy hujjatlar, majburiy sinov va nazoratning turlari 5-ilovaning 1 jadvalida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
90. Shu kabi markadagi po‘lat polosalarni, ularga nisbatan talablar po‘lat listlar uchun me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablardan kam bo‘lmagan hollarda (5-ilova, 1 jadvalga qaralsin) qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
4-§. Po‘lat quvurlar
91. Turli markadagi po‘lat quvurlarni qo‘llash chegaralari, quvurlarga nisbatan me’yoriy hujjatlar, majburiy sinash va nazoratning turlari 5-ilovaning 2 va 3 jadvallarida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
92. Choksiz quvurlar dumalatib, quyma yoki aniq markazli quyma yarimfabrikatdan quyilgan holda tayyorlanishi shart.
93. To‘g‘ri yoki spiral chokli elektr payvand quvurlarini, ularning butun uzunligi bo‘yicha choklarini radiografiya yoki ultratovushli nazoratini amalga oshirilgan holda qo‘llash mumkin.
94. Har bir choksiz yoki elektrpayvand quvurlari quvurlarning me’yoriy hujjatlariga muvofiq, sinov bosimi bilan gidravlik sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Choksiz quvurlarni quyidagi hollarda sinovdan o‘tkazmaslikka ruxsat beriladi:
a) agar quvur butun yuzasi bo‘ylab jismoniy usulda (radiografiya, ultratovushli yoki ularga tenglashtirilgan) nazorat qilingan bo‘lsa;
b) ish bosimi 5 MRa (50kgf/cm2) va undan kam bo‘lgan hollarda, ishlab chiqargan korxona gidravlik sinov natijalari ijobiyligining kafolatini bergan bo‘lsa.
95. Mexanik eskirishdan keyin mustahkamligi nazorat qilinmagan 150° S dan yuqori haroratda termik qayta ishlov berilmagan ekspandirlangan quvurlarni faqat to‘g‘ri uchastkalarda, ekspandirlanishi natijasida plastik deformatsiya darajasi 3% dan oshmasligi sharti bilan qo‘llanishi mumkin.
5-§. Po‘lat pokovkalar, shtampovkalar, sortlangan va fasonlangan prokat
96. Turli markadagi po‘latdan tayyorlangan pokovkalar (prokat)larni qo‘llash chegaralari, me’yoriy hujjatlar, majburiy sinash va nazoratning turlari 5-ilovaning 4 jadvalida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
97. Tashqi diametri 800 mm bo‘lgan aylana prokatni, sovuq mexanik qayta ishlov berish usulida detallarni tayyorlashda qo‘llash mumkin. Devorining qalinligi 400 mm dan oshmagan va uzunligi 200 mm gacha bo‘lgan, ichi bo‘sh aylana detallar uchun tashqi diametri 160 mm dan oshmagan aylana prokatdan foydalanish mumkin. Prokatning barcha hajmi uni ishlab chiqargan korxona (yoki quvur va uning detallarini ishlab chiqargan korxonada)da radiografik yoki ultratovushli nazoratdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Radiografiya yoki ultratovushli nazoratni tayyor detallarda yoki ularni birlamchi mexanik ishlov berishdan keyin amalga oshirish mumkin.
98. Po‘latdan tayyorlangan shtampovkalarni qo‘llash chegaralari, majburiy sinash va nazoratning turlari listlarga nisbatan belgilangan talablarga (5-ilovaning 1 jadvali), prokatdan tayyorlangan shtampovkalar uchun esa qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi zarur.
6- §. Po‘lat quymalar
99. Turli markadagi po‘latdan tayyorlangan quymalarni qo‘llash chegaralari, quymalarga nisbatan me’yoriy hujjatlar, majburiy sinash va nazoratning turlari 5-ilovaning 5 jadvalida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
100. Quymalar devorining mexanik ishlov berilishidan keyin minimal qalinligi hisob-kitob qilingandan, biroq 6 mm dan kam bo‘lmasligi zarur.
101. Har bir ichi bo‘sh quyma GOST-356-80 bo‘yicha sinov bosimi bilan gidravlik usulda sinalishi zarur.
Ishlab chiqaruvchi korxonada yoppasiga radiografik yoki ultratovushli nazoratdan o‘tkazilgan quymalarning gidravlik usuldagi sinovlarini bir uzel yoki obyekt uchun ko‘zda tutilgan texnik shartlar bilan belgilangan sinovlar bilan birga qo‘shib amalga oshirish mumkin.
7-§. Mustahkamlovchi
102. Mustahkamlovchi uchun turli markadagi po‘latni qo‘llash chegaralari, mustahkamlovchiga nisbatan me’yoriy hujjatlar, majburiy sinash va nazoratning turlari 5-ilovaning 5-jadvalida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
103. Mustahkamlovchi detallar uchun materiallar, unga flanetslar materiallari koeffitsiyenti qiymatiga yaqin bo‘lgan, chiziqli kengayish koeffitsiyenti bilan birga tanlanishi zarur. Bunda, ushbu koeffitsiyentlar orasidagi farq 10% dan oshmasligi zarur. Chiziqli kengayish koeffitsiyenti turli bo‘lgan (10% dan ortiq) po‘latlarni, mustahkamligi hisob-kitob qilingan yoki eksperimental tarzda sinalgan, shuningdek mustahkamlovchining hisoblangan harorati 50° S dan oshmagan hollarda qo‘llash mumkin.
104. Sovuq deformatsiyalash orqali tayyorlangan mustahkamlovchi detallarga (200° S gacha haroratda ishlaydigan uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallardan tashqari) termik ishlov berilishi, ya’ni cho‘ziltirilishi zarur. Rezba ochilgan hollarda termik ishlov berish talab etilmaydi.
8-§. Cho‘yan quymalar
105. Turli markadagi cho‘yan quymalarni qo‘llash chegaralari, cho‘yan quymalarga nisbatan me’yoriy hujjatlar, majburiy sinash va nazoratning turlari 5-ilovaning 7-jadvalida ko‘rsatilgan me’yorlarga javob berishi shart.
106. Cho‘yan quymalar devorining qalinligi, mexanik ishlov berilishidan keyin kamida 4 mm va 50 mm dan oshmasligi zarur.
107. Qizdirilgan va mustahkamligi yuqori bo‘lgan cho‘yandan tayyorlangan quymalar faqat termik ishlov berilgan holatda qo‘llanilishi mumkin.
108. Har bir ichi bo‘sh quyma GOST 356-80 bo‘yicha, biroq 0,3 MRa (3kgf/cm2) dam kam bo‘lmagan holda sinov bosimi bilan gidravlik sinalishi zarur.
109. Dinamik ravishda kuchlanish va termik zarb tushadigan armatura detallari uchun cho‘yan quymalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
110. Shamollatuvchi, chiqaruvchi va drenaj liniyalaridagi o‘chirish armaturalarini tayyorlashda faqat qizdirilgan yoki mustahkamligi yuqori bo‘lgan cho‘yan (GOST 1215-79 va GOST 7293-85) dan foydalanish mumkin.
9-§. Rangli metallar va eritmalar
111. 250° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda armaturaning tashqi detallari, nazorat-o‘lchov asboblarining qopqoqlari va detallarini tayyorlashda bronza va latundan foydalanish mumkin.
112. Armatura korpusini gidravlik usulda sinashni GOST 356-80 ga muvofiq amalga oshirish zarur.
10-§. Yangi markadagi po‘latlarga nisbatan talablar
113. 5-son ilovaning 1 — 7 jadvallarida ko‘rsatilmagan yangi markadagi po‘latdan tayyorlangan material va yarimfabrikatlarni qo‘llashga “Sanoatkontexnazorat” DI bilan kelishilgandan, bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi o‘rnatilgan tartibda olingandan keyin qo‘llash kerak. Ijobiy xulosa olish uchun materiallarning asosiy va qo‘shimcha termik ishlov berilgandan keyingi holati to‘g‘risidagi mexanik, jismoniy va texnologik ma’lumotlar taqdim etilishi zarur.
114. Mexanik xususiyatlar (vaqtinchalik qarshilik, deformatsiya qoldigidagi oquvchanlikning shartli chegarasi: austenitli xromnikelli po‘latlar uchun 1%; po‘latning boshqa markalari uchun 0,2%) harorat intervali 20° S dan 50° S dan kam bo‘lmagan darajagacha, bunda tavsiya etilgan maksimal haroratgacha oshirib borilishi zarur.
Sinov harorati, po‘lat mustahkamligining xususiyatlari harorat bog‘liqligining aniq o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi zarur. Harorat intervallari 50° S dan yuqori bo‘lmasligi zarur.
Listlar va quvurlar uchun oquvchanlik chegarasining me’yoriy o‘lchamlari 20° S haroratda vaqtinchalik qarshilikka nisbatan: uglerodli po‘lat uchun 0,6 dan; legirlangan po‘lat uchun esa 0,7 dan oshmasligi zarur. Mustahkamlovchi uchun esa ko‘rsatilgan nisbat 0,8 dan oshmasligi zarur.
115. Cho‘zilish keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yuqori haroratlarda ishlashga mo‘ljallangan, materiallar uchun 104, 105 va 2x105 ch resurslari bo‘yicha uzoq vaqtga mo‘ljallangan mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichlarini hamda po‘latni qo‘llash tavsiya etiladigan haroratda cho‘zilishning shartli chegaralarini belgilash uchun tajriba natijalari zarur bo‘ladi.
Qisqa muddatlarda va uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan sinovlarning soni hamda ularning o‘tkazilgan davomiyligi po‘latning mustahkamligi hisoblangan tavsif bo‘yicha tegishli o‘lchamini aniqlash, shuningdek ushbu tavsiflarning aniqlik chegaralarini, yarimfabrikatning o‘lchami (devor qalinligi)ni hamda mexanik xususiyatlar (minimal va maksimal ko‘rsatkichlar bo‘yicha), kimyoviy tarkibi (quymalarning metalli issiqqa chidamlilikka nisbatan tarkibidagi legirovka elementlarining miqdori eng kam bo‘lgan hollarda o‘rganib chiqilgan bo‘lishi shart) bo‘yicha texnik shartlarda ko‘zda tutilgan chetga chiqishlar aniqlanishini baholash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
116. Po‘latning foydalanish jarayonida tarkibiy o‘zgaruvchanlikka moyilligi bo‘lgan holatlarda, ushbu o‘zgarishlar hamda ularni po‘latdan foydalanishda ta’sirini tavsiflovchi ma’lumotlar taqdim etilishi zarur.
117. Po‘latning yopishqoqlikka sezgirligi (masalan, sovuq holda bukilganda) uning uzoq muddatdagi mustahkamligi va uzoq muddatdagi egiluvchanligiga qarab yopishgan va yopishmagan materiallarni sinash yo‘li orqali baholanishi zarur.
Yarimfabrikatlarning, ularga ishlov berishda sovuq deformatsiyalangan materiallari mexanik eskiruvchan emasligi tekshirilishi zarur.
118. Po‘latni qo‘llash mumkinligi, uning zarbga mustahkamligi yoki materialning mahsulot sifatidagi ish sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanadigan boshqa usul yordamida tekshiriladigan mo‘rtlikka qarshiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi zarur.
119. Po‘latning mavjud payvandlash turlari bilan payvandlanish darajasi, tegishli materiallardan foydalangan holda tavsiya etilgan texnologiyalar bo‘yicha payvandlash birikmalarini bajarish yo‘li bilan sinash orqali tasdiqlanishi zarur. Payvandlash birikmalarining natijalari ularning ish qobiliyatini tasdiqlashi, ulardan foydalanish xususiyatlariga payvand texnologiyasining ta’siri hamda ularga termik ishlov berish rejimi darajasini aniqlashi zarur.
Issiqqa chidamli materiallar uchun uzoq vaqt davomida ishlashida, chok atrofida payvand birikmalari mustahkamligining muddati va ularning lokal emirilishlarga qarshiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishi zarur.
120. Yangi materiallarni yaratishda, alohida hollarda po‘latning hamda uning payvand birikmalarining tegishli xususiyatlariga nisbatan kengaygan talablar baholanishini keltirib chiqaradigan quyidagi o‘ziga xos ish sharoitlarini hisobga olish zarur:
a) salbiy haroratlarda — sovuqqa chidamlilikni baholash;
b) davriy kuchlanishlarda — davriy mustahkamligini baholash;
v) muhitning faol ta’siri ostida — zanglashga qarshi mexanik mustahkamlikni baholash va hokazo.
121. Yangi markali po‘lat uchun uning jismoniy xususiyatlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi zarur:
a) turli haroratlarda egiluvchanlik moduli o‘lchami;
b) tegishli harorat intervalida chiziqli kengayishning o‘rtacha termik koeffitsiyenti o‘lchami;
v) tegishli haroratlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti o‘lchami.
122. Yarimfabrikatlarni ishlab chiqaruvchi korxona yoki tegishli ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan yarimfabrikat va po‘latning tavsiya etilgan markasi, zarur assortimenti, po‘lat xususiyatlarining o‘rnatilgan darajasiga rioya etgan holda tayyorlash imkoni mavjudligi tasdiqlanishi zarur.
IV BOB. TAYYoRLASh, MONTAJ QILISh VA TA’MIRLASh
1-§. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
123. Quvurlar hamda uning detallari ushbu Qoidalar va belgilangan tartibda ishlab chiqilgan texnik shartlar talablariga to‘liq javob beradigan, sifatni ta’minlaydigan, texnik vositalari mavjud bo‘lgan korxonalarda tayyorlanishi zarur.
(123-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2011-yil 1-dekabr, 270-sonli “Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalariga o‘zgartish kiritish haqida”gi buyrug‘i (texnik hujjat 6-24/13-13134/6-son, 23.12.2011-y.) tahririda)
Tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash ishlariga nisbatan ushbu qoidalar va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydigan sifat nazorati (kirish, operatsiya va qabul qilish nazorati) qo‘llanishi zarur.
124. Quvurlar hamda uning detallarini tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash, ishlab chiqaruvchi korxona yoki ixtisoslashgan montaj qiluvchi yoki ta’mirlovchi tashkilot tomonidan tegishli ishlar boshlanishiga qadar ishlab chiqilgan texnologiyalarga asosan amalga oshirilishi lozim. Bunda, ishlab chiqilgan texnologiyalarga asosan bajarilgan ishlar quvurlarning yuqori ekspluatatsiya ishonchliligini ta’minlashi zarur.
125. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash bo‘yicha qabul qilingan texnologiyalar, barcha texnologik va nazorat operatsiyalarini bajarishning mazmunini va tartibini tartibga soladigan me’yoriy- hujjatlar (MH)da aks ettirilishi zarur.
MH mazkur Qoidalar hamda quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan, amaldagi texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, nazorat qoidalari va hokazo) asosida tayyorlanishi shart.
Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlashda standartlar, texnik shartlar, nazorat qoidalari va boshqa hujjatlar texnologik va nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha barcha zarur ko‘rsatmalarni qamrab olgan hollarda MHni tayyorlash shart emas.
126. Bosim ostida ishlaydigan detallarni tayyorlashga mo‘ljallangan listlar, prokat va quymalarda, shuningdek diametri 76 mm dan katta bo‘lgan quvurlarda ishlab chiqargan korxona tamg‘asini saqlab qolish lozim.
Ko‘rsatib o‘tilgan yarimfabrikatlar qismlarga kesilgan hollarda tamg‘a har bir bo‘lagida saqlanib qolinishi zarur.
127. Quvurlarning ko‘ndalang biriktiriladigan nuqtalarining to‘g‘ri ulanishini ta’minlash uchun quvur uchlarini charxlash, kengaytirish yoki siqish mumkin. Charxlash darajasi, kengayish deformatsiyasi va siqish miqdorlari standartlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan belgilanadi.
128. Detallarning ichki tomoni va quvurlarning detallarini montaj qilish joyiga jo‘natishdan oldin atmosfera ta’siri ostida zanglanishidan himoya qilish maqsadida ichki qismlari tozalanishi, teshiklari qopqoqlar, chexollar yoki boshqa shu kabi himoya moslamalari bilan berkitilishi zarur.
129. Quvurlarning sovuq holda tortilishi (agar bunday holatlar loyihada ko‘zda tutilgan bo‘lsa) uchastka oxiridagi harakatsiz ustunlarni mustahkamlash ishlaridan tashqari, barcha payvand ishlari tugatilgandan, shuningdek termik ishlov berilgandan (ushbu ishlarni bajarish lozim bo‘lsa) keyin va uchastkaning barcha bo‘laklarida payvand ishlari sifati nazoratdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshirilishi lozim.
130. Bloklarga yig‘ish yoki ishlab chiqargan korxona hududidan legirovka qilingan po‘latdan tayyorlangan quvurni montaj qilish yoki ta’mirlash joyiga jo‘natishdan oldin uni spektral tahlilini amalga oshirish lozim.
131. Montaj qiluvchi yoki ta’mirlovchi korxona quvurning montaj maydonchasiga kelib tushayotgan barcha detallarining sertifikati, guvohnomasi yoki pasporti, shuningdek tamg‘asi va zavod markirovkasi mavjudligini tekshirishi shart.
132. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlashdan oldin asosiy va payvand materiallar hamda yarimfabrikatlarning GOST 24297-87 ga muvofiq kiruvchi nazorati o‘tkazilishi shart.
2-§. Payvandlash
133. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlashda ushbu qoidalar talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilgan payvandlash texnologiyasi qo‘llanilishi zarur.
134. Payvandlashni amalga oshirishda tayyorlash texnologiyasi va me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlovchi soz holdagi payvand jihozlari, apparatlari va moslamalaridan foydalanish zarur.
135. Bosim ostida ishlaydigan quvurlar detallarini payvandlash ishlarini birinchi marta bajarayotgan payvandchi, guvohnomasi borligidan qat’i nazar, ishga yo‘l qo‘yilishidan oldin sinov payvand birikmalarini payvandlagan holda tekshirilishi zarur. Sinov payvand birikmasining konstruksiyasi payvandchi guvohnomasida ko‘rsatilgan ishlarga mos kelishi shart.
136. Quvurlarni yig‘ish, payvandlash va payvand ulanishlarining sifatini nazorat qilish ishlariga rahbarlik qilish amaldagi me’yoriy hujjatlar hajmlaridagi bilimlari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan va tekshirilgan mutaxassis zimmasiga yuklanadi.
137. Bosim ostida ishlaydigan quvurlar devorining qalinligi 6 mm va undan yuqori bo‘lgan detallarning payvand ulanishlari “Sanoatkontexnazorat” DI inspektori ishtirokida, payvand ishlarini bajargan payvandchi familiyasini aniqlash imkonini beradigan markirovka (tamg‘alash) qilinishi zarur. Markirovka qilish tizimi me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatiladi. Devorining qalinligi 6 mm dan kam bo‘lgan detallarining payvand ulanishlarini markirovka qilish zarurati MH talablarida ko‘rsatiladi. Markirovka usuli yopishtirish (naklep), qizdirish hamda metallning yupqa bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim bo‘lib, markirovkani mahsulotdan foydalanish davrining oxirigacha saqlanib qolishini ta’minlashi zarur.
Agar ushbu mahsulot ulanishlarini bitta payvandchi payvandlagan bo‘lsa, har bir ulanishlarga markirovka qo‘yish shart emas. Bunday hollarda payvandchi tamg‘asi maxsus tablichka oldiga yoki detalning boshqa ochiq uchastkasiga qo‘yiladi va tamg‘a o‘chmaydigan bo‘yoq bilan chizilgan ramka ichiga olinadi. Tamg‘a qo‘yilgan joy detal pasportida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Payvand ulanishlari bir nechta payvandchilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, detalga ishlarni bajargan barcha payvandchilarning tamg‘alari qo‘yiladi.
138. Quvurlarni payvandlashda foydalaniladigan materiallar standartlar va texnik shartlar talablariga javob berishi shart bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi zavodning sertifikatiga muvofiq tasdiqlanishi zarur.
139. Payvandlash materiallarining markasi, saqlash shartlari va foydalanishga tayyorlash me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi shart.
140. Ushbu Qoidalarning 134, 211-bandlari “v” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan tekshiruvlardan tashqari quyidagi payvand materiallarini nazorat qilish zarur:
a) elektrodlarning har bir partiyasi quyidagilarga mos kelishi:
payvandning texnologik xususiyatlari GOST 9466-75 ga;
marka bo‘yicha tarkibida legirlangan elementlarining mavjudligini legirovkali E-09X1M, E-09X1MF, austenit va hokazo tipdagi elektrodlar bilan eritilgan metallni spektral tahlil qilish orqali aniqlash;
b) kukunli simning har bir partiyasi — payvandning texnologik xususiyatlari GOST 26271-84 ga;
v) legirovka qilingan simning har bir buxtasi (o‘rami, g‘altagi) — GOST 2246-70 bilan o‘rnatilgan asosiy legirovka elementlarining mavjudligini spektral tahlil qilish orqali;
g) avtomatik tarzda flyuslar bo‘yicha payvandlashda birgalikda foydalaniladigan simning har bir partiyasi, flyus partiyasi bilan — metall chokining mexanik xususiyatlariga.
141. Chetlari va unga yaqin joylarni payvandlashga tayyorlash ishlari (rezets, freza, abraziv asbob yordamida) mexanik ishlov berish, termik kesish yoki charxlash (kislorod, havo-yoysimon, alangali-yoysimon) orqali amalga oshiriladi. Termik kesish (charxlash)dan keyin mexanik ishlov berilishining chuqurligi ushbu po‘lat markasining termik kesish (charxlash) sikliga ta’sirchanligidan bog‘liq holda me’yoriy hujjatlar (MH)da ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
142. Chetlariga bir tomonlama ishlov berish va tagidan qo‘yiladigan prokladka halqalarini qo‘ymasdan hamda choklarini payvandlagan holda quvurlarning biriktiruvchi ulanishlarini yig‘ishda ichki chekkalarining surilishi (bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi) me’yoriy hujjatlar (MH)da ko‘rsatilgan o‘lchamlardan oshmasligi zarur.
143. Payvandlanishi lozim bo‘lgan detallarning chetlari va unga yaqin joylari me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shlaklar, bo‘yoqlar, yog‘lar va boshqalardan tozalanishi shart.
144. Payvandlash va yordamchi detallarni (yig‘uvchi qurilmalar, vaqtinchalik mustahkamlovchilar va hokazo) bartaraf etish, chizmalar va me’yoriy hujjatlardagi ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur. Ushbu detallarni payvandlash mazkur mahsulotni payvandlashga yo‘l qo‘yilgan payvandchi tomonidan bajarilishi lozim.
145. Payvandlash uchun yig‘ilgan detallarni yopishtirib turish ushbu detalni payvandlashda foydalanilgan payvand materiallari yordamida bajarilishi lozim.
146. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlashda payvandlash texnologiyasi aniq mahsulotlarda uning texnologiyaga mos kelishi, barcha zarur payvand ulanishlar majmuasi tekshirilgandan keyin hamda ularning sifatini nazorat qilishning samarali usuli o‘zlashtirilgandan keyin qo‘llanilishi mumkin. Payvandlashning qo‘llanilayotgan texnologiyasi ushbu qoidalar talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilishi shart.
147. Payvandlash texnologiyasining izlanish attestatsiyasi loyihalash va texnologik tavsiyalarni (texnologiyalarni qo‘llash sohasi, payvand materiallari, qizdirish, payvandlash va termik ishlov berish rejimlari, payvand ulanishlarini qabul qilish-topshirish xususiyatlarining kafolatlangan ko‘rsatkichlari) berishda zarur bo‘lgan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun payvand ulanishlarning xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
148. Bosim ostida ishlaydigan detallarni payvandlash ishlarini havo harorati plyus darajada bo‘lgan holatlarda amalga oshirish mumkin. Montaj yoki ta’mirlash ishlarini bajarishda 0° S dan past haroratlarda ham quvurlarni payvand qilish mumkin, biroq bunday hollarda me’yoriy talablarga rioya qilinishi va payvandchiga tegishli sharoit (shamol, yomg‘ir va qordan himoya vositalari) yaratilgan bo‘lishi shart.
Havo harorati minus darajada bo‘lgan hollarda payvand ishlaridan oldin metallning payvand ulanish joyi quritilishi va plyus darajagacha qizdirilishi lozim.
149. Payvanddan oldin hamda payvand davomida payvandlanayotgan detallarni qizdirish darajasi payvandlash texnologiyasida belgilangan hamda me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Havo haroratining minus darajasida metallni qizdirish xuddi plyus darajadagi sharoitlardagi kabi amalga oshiriladi, faqat bunda qizdirish harorati 50° S dan yuqori bo‘lishi zarur.
150. Payvandlash ishlari tugallangandan keyin choklar va yaqin atrofi shlaklar, sachragan metall parchalari va boshqalardan tozalanishi zarur.
Quvurlarning kontakt payvandlash orqali biriktirilgan joylaridagi qotib qolgan shlaklar, quvurning tegishli o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta’minlash maqsadida, bartaraf etilishi zarur.
3-§. Termik ishlov berish
151. Quvurlar detaliga termik ishlov berish metall va payvandlanayotgan detallarning xususiyatlarini me’yoriy hujjatlarda metall va payvandga nisbatan qabul qilingan ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlash, shuningdek texnologik operatsiyalarni (payvandlash, bukish, shtampovka qilish va hokazo) bajarishda qoldiq kuchlanishni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
Yarimfabrikatlar, yig‘iladigan detal birliklari hamda to‘liq hajmda mahsulotlarga, agar uni amalga oshirish mazkur Qoidalarda va me’yoriy hujjatlarda, ko‘zda tutilgan bo‘lsa, termik ishlov beriladi.
152. Termik ishlov berish ikki turda bo‘lishi mumkin:
a) normallashtirish, cho‘zgan holda normallashtirish, qizdirib chiniqtirish, cho‘zgan holda qizdirib chiniqtirish, austenizatsiyalash yoki chiniqtirish yoki austenizatsiya holatiga kelguncha qizdirgan holda ko‘p bosqichlik termik ishlov berishdan iborat — asosiy;
b) cho‘zish ko‘rinishidagi — qo‘shimcha.
Asosiy va qo‘shimcha termik ishlov berish hamda uning rejimlari (qizdirish tezligi, harorat va issiqlikda saqlab turish muddati, sovutish tezligi, sovutish muhitining turi va boshqalar) mazkur Qoidalarda ko‘rsatib o‘tilgan talablarga rioya qilgan holda tayyorlash va payvandlashga nisbatan me’yoriy hujjatlarga asosan qabul qilinadi.
Termik ishlarni bajarish maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, tegishli sinovlardan o‘tgan hamda muvofiq ishlarni bajarish uchun guvohnomasi bo‘lgan termik-operatorlarga ruxsat beriladi.
153. Mahsulotlarga quyidagi hollarda asosiy termik ishlov beriladi:
a) agar yarimfabrikatlarga (listlar, quvurlar, quymalar va boshqalar) metallning me’yoriy hujjatlarda qabul qilingan xususiyatlarini ta’minlovchi rejimlarda termik ishlov berilmagan bo‘lsa;
b) shaklni o‘zgartirish maqsadida bajarilgan operatsiyalar (bukish, pachoqlash, shtampovka qilish va hokazo) cho‘zish haroratidan yuqori haroratgacha qizdirilib amalga oshirilgan hollarda;
v) elektrshlak payvandlashdan keyin;
g) austenit klassidagi po‘latdan tayyorlangan quvur bukilgandan keyin (quvurning tashqi diametri va bukish radiusidan qat’iy nazar);
d) tayyorlash va payvandlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda asosiy termik ishlov berish ko‘zda tutilgan barcha hollarda, shuningdek konstruktorlik hujjatlar talablariga asosan.
154. Agar shaklini o‘zgartirish operatsiyalari (bukish, pachoqlash, shtampovka qilish va hokazo) bajarilgan bo‘lsa, quyidagi hollarda asosiy termik ishlov berish shart emas:
a) uglerodli, marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latdan tayyorlangan detal va yarimfabrikatlar uchun, bunda metall oxirgi harorati 700° S dan past bo‘lmagan normallashtirish haroratigacha qizdiriladi;
b) austenit klassidagi po‘latdan tayyorlangan quvurlarni yuqori chastotali tok bilan spreyer sovutish usulini qo‘llagan holda austenizatsiya haroratigacha qizdirgan holda bukish.
155. Detalga qo‘shimcha termik ishlov berish (cho‘zish) quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) uglerodli, marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latdan tayyorlangan detallarni, bukish radiusidan qat’iy nazar, devor qalinligi 36 mm dan katta bo‘lgan hollarda, qizdirmasdan yoki 700° S dan past haroratda qizdirgan holda pachoqlash va shtampovka qilishdan keyin, shuningdek devor qalinligi ichki diametrining 5% dan ko‘pini tashkil qilgan hollarda; qiyshayishning eng kichik ichki radiusidan tag qismi uchun; patrubka (shoxlanish) ning ichki radiusidan shtamplangan uchliklar uchun; qiyshayishning o‘rta radiusidan otvodlar uchun;
b) quvurlar qizdirilmasdan, bukilgandan keyin:
uglerodli, marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latdan tayyorlangan detallarni, bukish radiusidan qat’i nazar, devor qalinligi 36 mm dan katta bo‘lgan hollarda yoki devor qalinligi 10 — 36 mm bo‘lganda bukishning o‘rtacha radiusi quvur tashqi diametridan uch barobardan kam bo‘lganda, bunda bukishning ko‘ndalang kesimi 5% dan ortiq;
12X1MF va 15X1M1F markali po‘latdan tayyorlangan hollarda, bunda tashqi nominal diametri 108 mm dan yuqori bo‘lgan, devorining qalinligidan qat’iy nazar, diametri 108 mm va devorining qalinligi 12 mm va undan katta bo‘lgan, shuningdek ko‘ndalang kesimi 5% dan yuqori bo‘lgan ovalli bukishda;
me’yoriy hujjatlardagi ko‘rsatmalarga muvofiq legirovka qilingan po‘latdan tayyorlanganda;
v) quvurlarning detallari hamda yig‘iladigan qismlari payvandlangandan keyin:
uglerodli, marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latdan tayyorlangan detallarni, bukish radiusidan qat’iy nazar, devor qalinligi 36 mm dan katta bo‘lgan hollarda, 100° S dan kam bo‘lmagan haroratgacha qizdirish hollarida — devor qalinligi 40 mm dan yuqori hollarda;
me’yoriy hujjatlardagi ko‘rsatmalarga muvofiq boshqa markali legirovka qilingan po‘latdan tayyorlanganda;
g) shtutserlar, shuningdek bosim ostida ishlamaydigan detallarni quvurlarga payvandlashda, asosiy detal devori qalinligi “v” kichik bandida ko‘rsatilgandan katta bo‘lgan hollarda. Termik ishlov bermasdan payvandlash bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishgan holda, maxsus texnologiyalarga asosan amalga oshirilishi mumkin;
d) konstruktorlik hujjatlari, detalga nisbatan texnik shartlar yoki payvandlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda qo‘shimcha termik ishlov berish yoki asosiy termik ishlov berishni qo‘shimchasiga almashtirish ko‘zda tutilgan boshqa barcha hollarda.
156. Mahsulotni payvandlash tugaganidan keyin cho‘zish (ushlab turish muddati, sovutishning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan harorati va hokazo) boshlanishiga qadar bo‘lgan oraliq vaqt intervalida saqlash shartlari payvandlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. Payvandlangan mahsulotni cho‘zish harorati yarimfabrikatni cho‘zish haroratidan oshmasligi zarur.
157. Tayyorlangan detal mexanik xususiyatlarining belgilangan darajasi, quvurni bukishdan tashqari sinovlar orqali tasdiqlansa, ushbu Qoidalarning 160-bandida ko‘zda tutilgan qo‘shimcha termik ishlov berish zarurligi masalasi bosh ixtisoslashgan tashkilot tomonidan hal etiladi.
158. Turli markadagi po‘latlardan payvandlanadigan detallarga termik ishlov berish zarurati va uning rejimi me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
159. Barcha tipdagi detallarga asosiy termik ishlov berish, shuningdek to‘g‘ri va ko‘ndalang payvand choklariga qo‘shimcha termik ishlov berishda detalni butunlay qizdirish lozim. Detalni qismlarga bo‘lgan holda cho‘zishga, uning tuzilmasi va mexanik xususiyatlari, barcha uzunligi bo‘yicha zarur parametrlarda saqlanib qolishi, shuningdek deformatsiya bo‘lmasligi ta’minlangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
160. Austenit po‘latdan tayyorlangan bukish joylarini austenizatsiya qilish hamda uglerodli, marganetsli va kremniy-marganetsli po‘latdan tayyorlangan detallarni cho‘zishda mahalliy termik ishlov berishga ruxsat beriladi. Mahalliy termik ishlov berishda bukishning barcha uchastkasi va quvur devori qalinligidan kamida uch barobar katta bo‘lgan, biroq bukishning har tomonidan kamida 100 mm bo‘lgan to‘g‘ri uchastkasini bir vaqtda qizdirish zarur.
161. Quvurlarning ko‘ndalang payvand choklarini, shuningdek quvurga ulangan detallarning payvand choklarini ko‘tarib yuriladigan qizdirish qurilmalari bilan mahalliy qizdirish orqali cho‘zishga ruxsat beriladi. Ko‘ndalang (halqa bo‘ylab) choklarga termik ishlov berishda halqaning barcha perimetri bir maromda qizdirilishi zarur. Qizdirish zonasining kengligi me’yoriy hujjatlarda belgilangan bo‘lib, payvandlash choki qizdirilayotgan uchastkaning o‘rtasida joylashgan bo‘lishi zarur.
Termik ishlov berish jarayonida quvurning termik ishlov berilayotgan halqa yonida joylashgan uchastkasi, butun uzunlik bo‘yicha haroratning bir maromda o‘zgarishi maqsadida izolyatsiya bilan qoplanishi zarur.
162. Termik ishlov berish shunday amalga oshirilishi lozimki, metall detallarining bir maromda qizdirilishi, ularning issiqlikdan erkin kengayishi va plastik deformatsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi zarur. Devorining qalinligi 200 mm va undan yuqori bo‘lgan detallarga 300° S dan yuqori haroratda termik ishlov berishda ularni qizdirish, ushlab turish va sovutish rejimlarini o‘zi yozadigan asboblar yordamida qayd qilib borish zarur.
4-§. Nazorat. Umumiy qoidalar
163. Ishlab chiqargan, montaj qiluvchi yoki ta’mirlovchi korxona o‘z mahsulotlarini nazorat qilishning shunday turlari va hajmlarini qo‘llashi lozimki, bunda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlarning aniqlanishi, mahsulotning yuqori sifati hamda undan foydalanishda ishonchlilik kafolatlangan bo‘lishi shart. Bunda nazorat hajmlari ushbu Qoidalar talablariga javob berishi kerak.
Sifatini nazorat qilish tizimi o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritishi zarur:
a) xodimlar malakasi darajasini tekshirish;
b) yig‘ish-payvandlash, termik va nazorat uskunalari, jihozlari, asbob-uskunalarni tekshirish;
v) asosiy materiallar sifatini nazorat qilish;
g) payvand materiallari va nuqsonini aniqlash materiallari sifatini tekshirish;
d) payvand texnologiyasining operatsiyaviy nazoratini amalga oshirish;
e) payvand ulanishlarini, sifatini buzmagan holda nazorat qilish;
z) nuqsonlarni tuzatish nazorati.
164. Materiallar va payvand ulanishlarini, putur yetkazmaydigan nazorat qilishning asosiy usullari: vizual va vizual-optik; radiografik; ultratovushli; radioskopik; kapillyar; magnitkukunli, vixretokli; spektral tahlil; qattiqligini o‘lchash; gidravlik usulda sinash (8-ilova).
Bundan tashqari, boshqa usullar (akustik emissiya va boshqalar) ham qo‘llanilishi mumkin.
165. Putur yetkazmaydigan nazoratda mexanik xususiyatlarining sinovi, metallografik izlanishlar hamda krisstalitlararo zanglashga qarshi chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Nazorat usuli, tartibi va hajmi mahsulotning me’yoriy hujjatlarida belgilanadi.
166. Mahsulot va yig‘ma ulanishlarni qabul qilish nazorati mahsulotni 450° S da qizitib, termik ishlov berish, deformatsiya qilish va metallni yopishtirish bilan bog‘lik barcha texnologik operatsiyalardan keyin amalga oshiriladi.
Turli usullarda nazorat qilishning ketma-ketligi me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi shart. Vizual va vizual-optik nazorat, shuningdek spektral tahlil boshqa usuldagi nazoratdan oldin bajarilishi zarur.
167. Ishlab chiqaruvchi korxona (zavod, montaj qiluvchi yoki ta’mirlovchi tashkilot) xodimlari tomonidan ishlarni amalga oshirish jarayonida detallarni payvandlashga va yig‘ishga tayyorlash, payvand ulanish joylarini payvandlash va termik ishlov berish, payvand ulanish joylaridagi nuqsonlarni to‘g‘rilash bo‘yicha texnologik jarayonlarni operatsiyaviy nazorat qilish zarur.
Operatsiyaviy nazoratni amalga oshirishda ijrochilar tomonidan ushbu Qoidalar, me’yoriy hujjatlar va chizmalar talablariga rioya etilishi tekshiriladi. Payvandlashga tayyorlash va yig‘ish, termik ishlov berish, nuqsonlarni to‘g‘rilashda operatsiyaviy nazorat hajmlari me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
168. Nazoratning har bir turi (shu jumladan opersiyaviy nazorat) va joyi bo‘yicha natijalar hisobot hujjatlarida (jurnallarda, formulyarlar, bayonnomalar, marshrut pasportlari va hokazo) aks ettirilishi zarur.
169. Defektoskopiya (penetrant, kukunlar, suspenziyalar, radiografik plyonkalar, kimyoviy reaktivlar va hokazolar) uchun zarur bo‘lgan materiallarning har bir partiyasi, ulardan foydalanishdan oldin kirish nazoratidan o‘tkazilishi zarur.
170. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan putur yetkazadigan va yetkazmaydigan nazorat hajmlari quvurlar va uning detallarini katta hajmlarda tayyorlanishi, shu jumladan bir tipdagi payvand ulanishlari bilan detallarni montaj qilish va ta’mirlashda, payvandchilarning alohida turlar bo‘yicha ixtisosligi va 6 oydan kam bo‘lmagan davr uchun nazorat natijalari bilan tasdiqlangan ishlar sifatining yuqoriligi hollarida “Sanoatkontexnazorat” DI bilan kelishgan holda qisqartirilishi mumkin.
171. Ichki bosim ostida ishlamaydigan yopishtiriladigan detallarning ulanish joylarini nazorat qilish usullari va hajmlari mahsulotga hamda payvandlashga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
172. Mahsulot barcha turdagi nazorat orqali mazkur Qoidalar (8-ilova) va mahsulotga hamda payvandlashga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan me’yorlardan chetga chiqmagan ichki va tashqi nuqsonlari bo‘lmagan hollarda yaroqli deb hisoblanadi.
5-§. Vizual va vizual-optik nazorat, ruxsatnoma (dopusk)lar
173. Har bir mahsulot va uning payvand ulanish joyi mazkur Qoidalar va mahsulotga hamda payvandlashga tegishli me’yoriy hujjatlar, shuningdek konstruktorlik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga asosan tashqi nuqsonlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan vizual va vizual-optik nazoratdan o‘tkazilishi shart. Shu jumladan:
a) geometrik o‘lchamlari va detallarining o‘zaro bir-biriga nisbatan joylashishida chetga chiqishlarning mavjudligi;
b) barcha turdagi va yo‘nalishdagi ustki darz ketishlar;
v) asosiy metall va payvand ulanish joylaridagi nuqsonlar (pachoqlanish, qatlamlarga ajralish, teshiklar, oqib ketishi, kesiklar, kuygan joylar, shlaklar, payvandlanmasdan qolgan kraterlar, bo‘shliqlar, ulanishlar va hokazo).
174. Vizual nazoratdan oldin mahsulot yuzasi va payvand ulanish joylari ifloslanish va shlaklardan tozalanishi shart. Payvand ulanish joylarini nazorat qilishda asosiy metallning chok yuzasi va unga yaqin bo‘lgan har ikki tomonga kamida 20 mm kenglikdagi joyi, elektr shlakli payvandlashda kamida 100 mm tozalanishi shart.
175. Payvand ulanish joylarining vizual va vizual — optik nazorati me’yoriy hujjatlarga muvofiq, barcha uzunligi bo‘yicha ham ichki tomoni, ham tashqarisidan amalga oshirilishi zarur.
Payvand ulanishning ichki tomonini vizual va vizual — optik nazoratini amalga oshirish imkoni yo‘q hollarda, nazorat faqat tashqi tomondan amalga oshiriladi.
176. Vizual va vizual — optik nazorat jarayonida aniqlangan tashqi nuqsonlar nazoratning boshqa buzmaydigan usullarini amalga oshirilishiga qadar bartaraf etilishi zarur.
177. Tayyor mahsulotlarning geometrik o‘lchamlar bo‘yicha ruxsatnomalari me’yoriy hujjatlar va chizmalarda ko‘rsatilgan hamda mazkur Qoidalarda belgilangan o‘lchamlardan katta bo‘lmasligi zarur.
Nazorat o‘lchashlarning usullari va soni, shuningdek tekshirilayotgan uchastkalarning joylashishi me’yoriy hujjatlarda belgilanishi lozim.
178. Payvandlash orqali list yoki quyma (shtampovka)lardan tayyorlangan silindrli va konus shakldagi detallarda quyidagi chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yiladi:
a) diametri bo‘yicha — tashqi va ichki nominal diametridan ± 1% dan oshmasligi;
b) ko‘ndalang kesimining ovalligi bo‘yicha — mazkur Qoidalarning 24 bandida ko‘rsatilgan (1) formula bo‘yicha hisoblanganda 1% dan oshmasligi;
v) to‘g‘ri chiziqli tashkil etuvchi detalning silindr shaklidagi butun uzunligi bo‘yicha, shuningdek uzunligi 5 m bo‘lgan barcha uchastkalarda — 0,3% dan oshmasligi zarur;
g) mahalliy yupqalashuvlar detal devori qalinligini belgilangan o‘lchamdan kamayib ketishga yo‘l qo‘ymasligi zarur;
d) pachoqlanish chuqurligi hamda boshqa mahalliy chetga chiqishlar mahsulotga nisbatan me’yoriy hujjatlarda belgilangan o‘lchamlardan oshib ketmasligi, me’yoriy hujjatlar yo‘qligi hollarida mustahkamlikka o‘lchash bilan asoslanishi zarur.
179. Quvurlar detallarining diametri va ovalligining ko‘ndalang kesimlari mahsulotga nisbatan me’yoriy hujjatlarda belgilangandan chetga chiqmasligi zarur.
180. Quvurlarning bukilgan uchastkalarida devor qalinligi ultratovushli qalinlik o‘lchagich yordamida yoki bir xil o‘lchamdagi bukilgan uchastkalar orasidan tanlab olingan bir bo‘lakni kesib o‘lchash orqali amalga oshirilishi lozim. Quvurlarning bukilgan uchastkalari devor qalinligini nazorat qilish usuli, tartibi va hajmlari me’yoriy hujjatlar bo‘yicha belgilanadi.
181. Devorining nominal qalinligi bir xil bo‘lgan biriktirma payvand ulanishlarda payvandlanayotgan detallar chetlarining surilish (bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi)ning maksimal yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegarasi chokning tashqi tomonidan 9-ilovaning jadvalida keltirilgan o‘lchamlardan oshmasligi zarur.
182. Chetlari bir tomonlama ishlov berilayotgan payvand ulanishlarda payvandlanayotgan detallar chokining ichki tomonidan (chok ildizi tomonidan) chetlarining surilishi (bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi)ning maksimal yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegarasi tegishli texnik shartlar va me’yoriy hujjatlarda belgilangan me’yorlardan oshmasligi zarur.
183. Ikki tomondan elektryoysimon payvandlash, shuningdek elektr shlak payvandlash orqali amalga oshirilayotgan biriktirma payvand ulanishlarda yuqorida ko‘rsatilgan chetlarining surilishi ichki tomonidan ham, tashqari tomonidan ham oshib ketmasligi zarur.
184. 182, 183-bandlarida ko‘rsatilgan talablar, devorining qalinligi turli bo‘lgan detallarni payvand ulanishlarda, 76-bandda ko‘rsatilgani kabi, bir kesimdan ikkinchi kesimga bir maromda o‘tishi ta’minlanishi sharti bilan, majburiy emasdir.
Payvandlanayotgan detallarning chetlari 182 va 183-bandlarda ko‘rsatilgan me’yorlar doirasidan chetga chiqishida chok yuzasi bir chekkadan ikkinchisiga bir maromda o‘tishini ta’minlashi zarur.
6-§. Radiografik va ultratovushli nazorat
185. Radiografik va ultratovushli nazorat payvand ulanishlarning ichki nuqsonlarini (qalinlik, payvandlanmay qolgan joylari, bo‘shliqlar, shlaklar va hokazolar) aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Nazoratning u yoki bu turi yoki ularning birgalikda qo‘llanishi ushbu qoidalarning 166-bandi hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
186. Payvand ulanishlar sifatining radiografik nazorati GOST 7512-82 va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Payvand ulanishlar sifatining ultratovush nazorati GOST 14782-86 va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
187. Perlit va martensit-ferrit klassli po‘latdan tayyorlangan quvur va detallarining majburiy ultratovushli nazorati quyidagilarda amalga oshirilishi zarur:
a) devor qalinligi 15 mm yoki undan katta bo‘lgan I va II toifali quvurlarning biriktiruvchi payvand ulanishlari — quyma detallarning payvand ulanish joylaridan tashqari, ulanishning butun uzunligi bo‘yicha;
b) me’yoriy hujjatlarda ultratovushli nazoratni amalga oshirish ko‘zda tutilgan payvand ulanishlar.
Quvurlarning barcha payvand ulanishlari chok o‘qining har ikki tomonidan ultrotovushli defektoskopiya orqali nazorat qilinadi, quvurlarning quyma yoki boshqa fason detallarining payvand ulanishlari esa — bir tomondan (quvur tomonidan) nazorat qilinadi.
Ultratovushli nazorat faqat to‘liq eritilgan (konstruktiv payvandlanmagan) ulanishlarda qo‘llanilishi zarur.
188. Perlit va martensit-ferrit klassli po‘latdan tayyorlangan quvurlarning majburiy ultratovushli nazorati yoki radiografiyasi quyidagilarda amalga oshirilishi zarur:
a) barcha toifali quvurlar va detallarining to‘g‘ri payvand ulanishlari — ulanishning butun uzunligi bo‘yicha;
b) tashqi diametri 200 mm va undan katta, devorining qalinligi 15 mm dan kichik bo‘lgan I toifali quvurlarning barcha ko‘ndalang payvand ulanishlari;
v) tashqi diametri 200 mm dan kichik, devorining qalinligi 15 mm dan kichik bo‘lgan I toifali quvurlarning barcha ko‘ndalang payvand ulanishlari, shuningdek tashqi diametri 200 mm va undan katta, devorining qalinligi 15 mm dan kichik bo‘lgan II toifali quvurlar — har bir payvandchi tomonidan bajarilgan (ulanishning butun uzunligi bo‘yicha) bir tipdagi biriktirma quvurlarning 20% dan kam bo‘lmagan hajmda (lekin beshta biriktirmadan kam bo‘lmagan holda);
g) tashqi diametri 200 mm dan kichik, devorining qalinligi 15 mm dan kichik bo‘lgan II toifali quvurlarning barcha to‘g‘ri payvand ulanishlari har bir payvandchi tomonidan bajarilgan (ulanishning butun uzunligi bo‘yicha) bir tipdagi biriktirma quvurlarining 10% dan kam bo‘lmagan hajmda (lekin to‘rtta biriktirmadan kam bo‘lmagan holda);
d) III toifali quvurlarning barcha to‘g‘ri payvand ulanishlari har bir payvandchi tomonidan bajarilgan (ulanishning butun uzunligi bo‘yicha) bir tipdagi biriktirma quvurlarining 5% dan kam bo‘lmagan hajmda (lekin uchta biriktirmadan kam bo‘lmagan holda);
e) IV toifali quvurlarning barcha to‘g‘ri payvand ulanishlari har bir payvandchi tomonidan bajarilgan (ulanishning butun uzunligi bo‘yicha) bir tipdagi biriktirma quvurlarining 3% dan kam bo‘lmagan hajmda (lekin ikkita biriktirmadan kam bo‘lmagan holda);
j) quvurlar detallarining payvandlanayotgan ichki diametri 100 mm va undan katta shtutserlar (quvurlar, patrubkalar)ning, devor qalinligidan qat’iy nazar, barcha burchak payvand ulanishlari-tekshirilayotgan ulanishlarning butun uzunligi bo‘yicha;
z) quvurlar detallarining burchak payvand ulanishlari payvandlanayotgan ichki diametri 100 mm dan kichik shtutserlar (quvurlar, patrubkalar), quvurlar quyma detallarining ko‘ndalang biriktirma ulanishlari, shuningdek ushbu bandda ko‘rsatilgan boshqa payvand ulanishlari — me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hajmlarda.
Nazorat hajmlari bo‘yicha 191-bandda belgilangan talablar tashqi diametri 465 mm dan katta bo‘lmagan III va IV toifali quvurlarning payvand ulanishlariga tegishlidir. Katta diametrli quvurlar payvand ulanishlari uchun nazorat hajmlari texnik shartlar, me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Quvurning to‘g‘ri o‘qiga nisbatan 60° dan kam burchakda joylashgan quvur detallari payvand ulanishlarining nazoratiga bo‘lgan talablar to‘g‘ri ulanishlarga bo‘lgan talablarga mos kelishi shart. Burchakning boshqa o‘lchamlari uchun payvand ulanishlari ko‘ndalang hisoblanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan payvand ulanishlar uchun nazorat usuli (defektoskopiya ultratovushli yoki radiografik)ni tanlash aniq bir mahsulotlarda ushbu turdagi payvand ulanishlar uchun nazorat usulini inobatga olgan holda metallning jismoniy xususiyatlari, shuningdek nazorat usulining o‘zlashtirilishi darajasi va murakkabligi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlarni to‘liqroq aniqlashni ta’minlash imkonidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
189. 187-bandga muvofiq ultratovushli nazoratdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan quvurning to‘g‘ri va ko‘ndalang payvand ulanishlari kesishgan barcha joylari majburiy radiografik nazoratdan o‘tkazilishi zarur.
190. III va IV toifali quvurlar sektor otvodlarining ko‘ndalang biriktirma payvand ulanishlari 188-bandning “d” va “e” kichik bandlarida belgilangan me’yorlarga nisbatan, nazorat qilinadigan biriktirmalar minimal sonining ikki barobari hajmlarda ultratovushli yoki radiografik nazorati amalga oshirilishi zarur.
191. Austenit klassidagi po‘latdan tayyorlangan mahsulotlarda, shuningdek austenit klassdagi po‘latdan tayyorlangan detallarning perlit va martensit-ferrit klassidagi po‘latdan tayyorlangan detallarning to‘qnashish joylarida majburiy radiografik nazorat quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) quvurlar va detallarining, kontakt payvandlash usulida amalga oshirilganlaridan tashqari barcha payvand ulanish joylari — ulanishning butun uzunligi bo‘yicha;
b) quyma detallarning, shuningdek quyma detallari bor bo‘lgan barcha quvurlarning biriktirma payvand ulanishlari — butun uzunligi bo‘yicha;
v) quvurlarning ichki diametri 100 mm va undan katta ulanayotgan shtutserlar (quvurlar, patrubkalar) detallarining barcha burchak ulanishlari, devor qalinligidan qat’i nazar, butun uzunligi bo‘yicha;
g) ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa payvand ulanishlari (shu jumladan burchak ulanishlari) — me’yoriy hujjatlar talablari bilan belgilangan hajmlarda.
192. Bitta korxonada yoki obyektda bir vaqtning o‘zida bir nechta 100% dan kam hajmlarda nazorat qilinadigan bitta tipdagi payvand ulanishlari mavjud bo‘lgan quvurlar (yoki turli quvurlar uchun detallar)ning tayyorlanishi yoki montaj qilinishi hollarida nazorat hajmlarini faqat bitta quvur emas, balki quvurning barcha partiyasi (seriyasi, guruhi)dan kelib chiqib belgilashga ruxsat beriladi.
Bunda bitta partiyaga, payvand ulanish sifati termik ishlov berish va nazorat qilish, yig‘ish-payvandlash ishlaridan iborat tayyorlash sikli uch oydan oshmagan quvurlar partiyasini birlashtirish mumkin.
Quvurlarni montaj qilishda obyektdagi tegishli bir tipdagi payvand ulanish ishlari bitta tashkilot tomonidan amalga oshirilgan hollarda ushbu ruxsatnomadan foydalanish mumkin.
193. Payvand zonasida oldindan va bir vaqtning o‘zida qizdirilmasdan turib, 0° S haroratdan past darajada perlit klassidagi legirovka qilingan issiqlikka chidamli po‘latdan tayyorlangan detallarning payvand ulanishlarida butun uzunligi bo‘yicha radiografiya yoki ultrotovushli nazoratni amalga oshirish zarur.
194. Ta’mirlash jarayonida takroran payvandlangan biriktirma ulanishlar, payvand ulanishning butun uzunligi bo‘yicha radiografiya yoki ultratovush yordamida tekshirilishi zarur. Tanlangan metallning ta’mir payvandlari radiografiya yoki ultratovush yordamida payvandning barcha uchastkasi, shu jumladan asosiy metalldagi termik ta’sir zonasi ham tekshirilishi zarur.
Bundan tashqari, uchastka yuzasi, shu jumladan payvandning termik ta’sir zonasi magnitkukunli yoki kapillyar defektoskopiya yordamida tekshirilishi zarur. Butun devor qalinligi bo‘yicha payvandlashda, nazorat qilish imkoni bo‘lmagan ichki tomondan tashqari, har ikki tomondan nazorat amalga oshirilishi zarur.
195. Alohida payvand ulanish joylarining noqulay joylashishi yoki nazoratning ushbu usuli samarasizligi (masalan, ichki diametri 100 mm dan kichik bo‘lgan shtutserlar va quvurlarni payvandlaganda) sababli ultratovushli defektoskopiya yoki radiografiya nazoratini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan hollarda payvand ulanish sifatining nazorati qonunchiliqda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi zarur.
196. O‘tkazish quvvati 250 mm yoki undan kichik bo‘lgan quvurlar yoki shtutserlarning ko‘ndalang va burchak biriktirma ulanishlarining tanlangan nazorati hajmlari har bir ulanishga emas, balki har bir payvandchi tomonidan quvurlarda bajarilgan bir tipdagi ulanishlarning umumiy uzunligiga tegishli bo‘ladi. Bunday hollarda nazorat qilinayotgan har bir ulanish butun uzunlik bo‘yicha tekshiriladi, ulanishlarning eng kam soni esa beshtadan kam bo‘lmasligi zarur.
Tanlash asosidagi nazoratda nazorat qilinadigan payvand ulanishlar yoki uchastkalar korxonaning texnik nazorat bo‘limi tomonidan, vizual va o‘lchash nazorati natijalariga ko‘ra, eng bajarish qiyin yoki shubha tug‘diradigan payvand ulanishlar orasidan tanlab olinishi lozim.
197. Payvandchi tomonidan bajarilgan payvand ulanishlarni tanlash asosida nazorat qilish natijasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlar aniqlansa, quvurning butun uzunligi bo‘yicha avvalgi nazoratdan keyin shu kabi usulda detallarni ushbu payvandchi tomonidan bajarilgan bir tipdagi payvand ulanishlar nazoratdan o‘tkazilishi shart.
198. Nazoratning radiografiya va ultratovushli usulini nazoratning boshqa usuliga almashtirish faqatgina qo‘llanishi ko‘zda tutilayotgan nazorat usulining bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan hollarda ruxsat beriladi.
7-§. Kapillyar va magnitkukunli nazorat
199. Chizmalar, me’yoriy hujjatlar bilan yuzaki yoki yuza tagidagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida belgilangan nazoratning qo‘shimcha turlari payvand ulanishlari va mahsulotlarni kapillyar va magnitkukunli usulda nazorat qilishdan iborat.
200. Kapillyar nazorat GOST 18442-80, magnitkukunli nazorat GOST 2105-75 bo‘yicha nazorat usullarida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi zarur.
201. Kapillyar va magnitkukunli usulda nazorat sezgirligining klassi va darajasi, chizmalar va me’yoriy hujjatlar bilan belgilanishi lozim.
8-§. Spektral tahlil
202. Spektral tahlil detallar va payvand choklari metall legirovkasining chizmalar va me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida amalga oshirilishi lozim.
203. Quyidagilar spektral tahlildan o‘tkazilishi zarur:
a) chizma bo‘yicha legirovkalangan po‘latdan tayyorlanishi lozim bo‘lgan barcha payvandlanayotgan detallar (konstruksiya qismlari);
b) me’yoriy hujjatlarga muvofiq legirovka qilingan cho‘kma materiallardan bajarilishi lozim bo‘lgan quvurlarning barcha payvand ulanishlardagi chok metalli;
v) 142-bandga muvofiq payvandlanuvchi materiallar.
204. Spektral tahlil “Sanoatkontexnazorat” DI bilan kelishilgan uslubiy ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
9-§. Qattiqligini o‘lchash
205. Payvand ulanish metallining qattiqligini o‘lchash, payvand ulanishlarning termik ishlov berish sifatini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
206. Perlit va martensit ferrit klassli issiqqa chidamli legirovka qilingan po‘latdan tayyorlangan payvand ulanishlar choklarining me’yoriy hujjatlarda belgilangan usul va hajmlarda qattiqligi o‘lchanadi.
10-§. Kristallararo korroziyaga chidamliligini mexanik sinovlari, metallografik izlanishlari va sinovlari
207. Mexanik sinovlar payvand ulanishlar mexanik xususiyatlari va sifatini ushbu qoidalar va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Metallografik izlanishlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ichki nuqsonlar (darz ketish, payvandlanmasdan qolgan joylari, bo‘shliqlar, shlaklar, nometall chiqindilar va hokazo), shuningdek payvand ulanish va mahsulot xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi metall tuzilmalari uchastkalarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Gaz payvand yordamida payvand ulanishlarning nazorati va payvand texnologiyasini attestatsiyadan o‘tkazish, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda, mikrotuzilmasini o‘rganish majburiydir.
Kristallararo korroziyaga chidamliligining mexanik sinovlari, konstruktorlik hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollarda, austenit po‘latdan tayyorlangan detallarning payvand ulanishlarining korroziyaga chidamliligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Mexanik sinovlar GOST 6996-66 ga muvofiq bajariladi, kristallararo korroziyaga chidamliligi GOST 6032-2003 ga, metallografik izlanishlar me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
208. Mexanik sinovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) payvand texnologiyasini attestatsiyadan o‘tkazishda;
b) gaz va kontakt payvand usullarida amalga oshirilgan ishlab chiqarish payvand biriktirma ulanishlarning nazoratini amalga oshirganda;
v) flyus ostida va elektrshlak payvandlashda (142 band “g” kichik bandi) foydalaniladigan payvandlash materiallarining kirish nazoratini amalga oshirishda.
209. Metallografik izlanishlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) payvand texnologiyasini attestatsiyadan o‘tkazishda;
b) gaz va kontakt payvand usullarida amalga oshirilgan ishlab chiqarish payvand biriktirma ulanishlarni, shuningdek turli klass tuzilmalardan tayyorlangan po‘lat detallar nazoratini amalga oshirganda;
v) ishlab chiqarishda burchak va tavrli ulanishlar, shu jumladan quvurlar (shtutserlar)ni quvurlarga ulash, shuningdek uch tomonlama ulanishlarning nazoratini amalga oshirishda.
210. Mexanik va texnologik sinovlarning asosiy turlari, bu statik cho‘zilish, statik bukilish yoki pachoqlanish hamda zarbga chidamlilikka sinashdan iborat.
Statik cho‘zilishga sinovlar ishlab chiqarish ko‘ndalang payvand ulanishlarda, ushbu ulanishlar 100% hajmlarda radiografik yoki ultratovush nazoratdan o‘tganligi hollarida majburiy emasdir.
Zarbga chidamlilikka sinovlar II, III va IV toifali quvurlar va ularning detallari, shuningdek devor qalinligi 12 mm dan kam bo‘lgan barcha ishlab chiqarish payvand ulanishlari uchun majburiy emasdir.
Texnologik sinovlar 6-ilovada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
211. Metallografik sinovlar quyidagi hollarda majburiy emasdir:
a) perlit klassidagi po‘latdan tayyorlangan payvand ulanishlari, ushbu ulanishlar 100% hajmlarda radiografik yoki ultratovush nazoratdan o‘tgan hollarida;
b) quvurlarning payvand ulanishlari ish sikli avtomatlashtirilgan kontakt biriktirma payvandlashning maxsus mashinalari yordamida kontakt payvandlash amalga oshirilganda, nazorat namunalarini sinash yo‘li orqali mashinani sozlash sifati har oyda tekshirilishi sharti bilan.
212. Mexanik xususiyatlarini tekshirish, kristallararo korroziyaga chidamliligini metallografik izlanishlar va sinovlari mahsulotdan kesib olinadigan nazorat namunalarida yoki ishlab chiqarish payvand ulanishlarida amalga oshirilishi zarur.
Nazorat payvand ulanishlari faqat qo‘llanma bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
213. Nazorat payvand ulanishlari nazorat qilinadigan ishlab chiqarish ulanishlari bilan bir xil bo‘lishi shart. Nazorat ulanishlari ishlab chiqarish ulanishlari yoki texnologiyalarni ishlab chiqarish attestatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan payvandlash texnologik jarayoniga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilishi zarur. Nazorat ulanishlarini termik ishlov berish mahsulot bilan birgalikda (o‘txonada umumiy termik ishlov berish hollarida) amalga oshirilishi lozim, bunday imkoniyat bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarish ulanishlari uchun belgilangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq qizdirish va sovutish hamda harorat rejimlarini qo‘llagan holda, alohida amalga oshirilishi zarur. Nazorat qilinayotgan payvand ulanishlari ko‘p marta termik ishlov berilayotgan bo‘lsa, nazorat ulanishlariga ham xuddi shuncha marta, shu kabi rejimlarda termik ishlov berilishi zarur.
Ishlab chiqarish ulanishlarining ko‘p marta yuqori cho‘zilish hollarida, nazorat ulanishlari ishlab chiqarish ulanishlari cho‘zilgan umumiy vaqtining 80% davomida saqlab turgan holda, bir marta cho‘zilishi mumkin.
214. Nazorat payvand ulanishlari quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
a) ikkita quvur bo‘lagini biriktirma ulash — quvur choklarini nazorat qilish uchun;
b) asosiy quvurga shtutser (quvur bo‘lagi)ni burchak yoki tavr ulanishi — shtutserlarni quvurlarga yoki kollektorga ulanishini, shuningdek uch tomonlama ulanishlar nazoratini amalga oshirish uchun.
215. Nazorat payvand ulanishlari nazoratning ishlab chiqarish payvand ulanishlari uchun ko‘zda tutilgan, buzmaydigan usullari bilan, 100% hajmlarda amalga oshirilishi zarur. Nazorat natijalari qoniqarsiz hollarda nazorat payvand ulanishlari, yangidan, ikki marta ko‘l miqdorlarda tayyorlanishi shart. Takroriy buzmaydigan nazoratdan keyin qoniqarsiz natijalar olinsa, umumiy natija ham qoniqarsiz hisoblanadi. Bunday hollarda materiallar va jihozlarning sifati hamda payvandchi malakasi qo‘shimcha ravishda tekshirilishi zarur.
216. Nazorat ulanishlarining soni, ushbu qoidalarning 208-band “b” kichik bandi, 209-band “b” kichik bandiga muvofiq har bir payvandchi tomonidan 6 oy davomida bajarilgan (shu jumladan turli buyurtmalar bo‘yicha) barcha bir tipdagi ishlab chiqarish ulanishlarga, me’yoriy hujjatlarda bundan ortiq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kamida bitta bo‘lishi zarur. Payvandchi 3 oydan ortiq ishlamagan bo‘lsa, yangi nazorat payvand ulanishlarini amalga oshirish lozim.
Kontakt payvand yordamida bajarilgan quvurlarning ko‘ndalang ulanishini nazorat qilishda smena davomida ish sikli avtomatlashtirilgan har bir payvand mashinasida payvandlangan shu kabi nazorat ishlab chiqarish ulanishlarining kamida ikkitasi, smena davomida mashinalarni qayta sozlashda esa — har bir ish siklida kamida ikki marta sinovdan o‘tkazilishi zarur.
Ish sikli avtomatlashtirilgan kontakt payvand uchun maxsus mashinada nazorat namunalarining ekspress sinovini o‘tkazish yo‘li orqali har oyda mashina sozligi sifatini tekshirgan holda bajarilgan, devor qalinligi 12 mm dan kichik, shartli o‘tuvi 100 mm dan kam bo‘lgan quvurlarning ko‘ndalang ulanishlari nazorati, muntazam rejimlarda, chetlarini tayyorlagan holda, bir xil o‘lcham va po‘latning bir xil markasidan tayyorlangan quvurlarni payvandlanishi sharti bilan, uch sutkadan ortiq muddatda tayyorlangan mahsulot uchun payvand ulanishlarning kamida ikkitasini sinashga yo‘l qo‘yiladi.
217. Nazorat ulanishlarining o‘lchami va soni sinalayotgan namunalar komplektini tayyorlash uchun yetarli bo‘lishi shart. Bunda sinashning har bir turi uchun namunalarning minimal soni quyidagicha bo‘lishi zarur:
a) ikkita namuna — statik cho‘zilishga sinovlar uchun;
b) ikkita namuna — statik bukilishga sinovlar uchun;
v) uchta namuna — zarbga chidamliligiga sinovlar uchun;
g) bitta namuna (shlif) — uglerodli va kam nigelirovka qilingan po‘latdan tayyorlangan payvand ulanishlarning nazoratida metallografik izlanishlar uchun hamda kamida ikkitasi — yuqori legirovka qilingan po‘latdan tayyorlangan payvand ulanishlari nazoratida, agar bu me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
d) ikkita namuna — kristallit korroziyaga chidamliligiga sinovlar uchun.
Tashqi diametri 108 mm dan oshmagan quvurlarning nazorat ulanishlarini statik bukilishga sinovlarni pachoqlashga sinovlar bilan almashtirish mumkin.
Pachoqlashga sinovlar me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollarda o‘tkaziladi.
218. Qaysi bir mexanik sinovlar bo‘yicha qoniqarsiz natijalar olingan bo‘lsa, qoniqarsiz natijalar olingan o‘sha sinovlar vaqtida xuddi o‘sha nazorat ulanishlaridan olingan ikki barobar ko‘p namunalarda takroran sinovlarni o‘tkazish mumkin.
Agar takroriy sinovlar natijalariga ko‘ra namunalarning bittasida xususiyatlarining ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlarga muvofiq kelmasa, ushbu sinov turiga beriladigan umumiy baho qoniqarsiz bo‘ladi.
Dastlabki nazorat ulanishidan (komplektidan) namunalarni kesib olish imkoni bo‘lmagan hollarda yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya etgan holda, ikkinchi nazorat ulanish (komplekti)ni payvandlashga ruxsat beriladi.
11-§. Sifatini baholash me’yorlari
219. Ishlab chiqaruvchi korxona tayyorlash jarayonida sifat nazorati tizimining mahsulot ishonchliligini kamaytiradigan nuqsonlar bilan tayyorlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan, foydalanishda xavfsizlikni ta’minlaydigan tizimini qo‘llashi zarur.
220. Tayyor mahsulotlarning geometrik o‘lchamlariga asosan muvofiqligi mazkur Qoidalar va me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi shart.
221. Payvand ulanishlarning sifati 8-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan payvand ulanishlar sifatini baholash me’yorlariga mos kelishi zarur.
12-§. Gidravlik usulda sinash
222. Barcha quvurlar va ularning detallari, shuningdek payvand va boshqa ulanishlarning zichligi hamda mustahkamligini tekshirish maqsadida quyidagilarni gidravlik usulda sinash zarur:
a) barcha quvurlarning detallari (radiografik, ultratovush yoki defektoskopiyaning shunga tenglashtirilgan boshqa buzmaydigan usulida 100% nazoratdan o‘tkazilganligi hollarida ularni gidravlik usulda sinash majburiy emasdir);
b) quvurlarning bloklari (ularning barcha asosiy qismlari ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq nazoratdan o‘tkazilganligi, ushbu yig‘ma elementlarni tayyorlashda bajariladigan payvand ulanishlari butun uzunligi bo‘yicha ultratovush yoki radiografik nazorat buzmaydigan nazorat usulida tekshirilgan hollarda ularni gidravlik usulda sinash majburiy emasdir);
v) barcha toifa quvurlar, montaj qilish yakunlangandan keyin.
223. Tayyorlash yoki montaj qilishda quvurning alohida va yig‘ma detallarini quvurdan alohida sinash imkoni bo‘lmasa, ularni quvur bilan birgalikda gidravlik usulda sinashga ruxsat beriladi.
224. Quvurlar, ularning bloklari va alohida detallarini gidravlik usulda sinashda sinov bosimining minimal o‘lchami ish bosimining 1,25 ga teng, biroq 0,2 MRa (2 kfg/cm2)dan kichik bo‘lmasligi zarur.
Quvurlarning armaturasi va fason detallari GOST 356-80 ga muvofiq sinov bosimi bilan gidravlik usulda sinalishi zarur.
225. Sinov bosimining maksimal o‘lchovi mustahkamlikning hisob-kitoblari bilan belgilanadi.
Sinov bosimining o‘lchamini ishlab chiqargan korxona (loyiha tashkiloti) tanlaydi.
226. Gidravlik usulda sinash uchun harorati 5° S dan past va 40° S dan yuqori bo‘lmagan suvdan foydalanish zarur.
Quvurlarni gidravlik usulda sinash havo harorati plyus bo‘lgan hollarda o‘tkazilishi zarur. 10 MRa (100kgf/cm2) va undan yuqori bosimlarda ishlaydigan bug‘ quvurlarining gidravlik usuldagi sinovlarini o‘tkazishda quvur devorining harorati + 10° S dan kam bo‘lmasligi zarur.
227. Quvurdagi bosimni bir maromda, asta-sekin ko‘tarib borish zarur. Bosimni ko‘tarish tezligi quvurni tayyorlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Bosimni ko‘tarish uchun qisilgan havodan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
228. Sinov jarayonida bosimni ikkita manometrlar yordamida nazorat qilib turish zarur. Bunda aniqlik klassi, tipi, o‘lchash chegarasi va bo‘linish baholari bir xil bo‘lgan manometrlar tanlanishi zarur.
Gidravlik usulda sinovlar jarayonida sinov bosimining belgilangan o‘lchamdan oshib ketishining oldini olish maqsadida gidravlik sinov o‘tkazish uchun mo‘ljallangan nasosdagi himoya klapani sinov bosimiga 5% qo‘shilgan o‘lchamga to‘g‘rilab qo‘yilishi zarur.
Himoya klapanining o‘tkazish quvvati nasos ishlab chiqarish quvvatining maksimal o‘lchamiga teng bo‘lishi zarur.
Quvurlar va ularning elementini sinov bosimi ostida ushlab turish vaqti kamida 10 daqiqa(minut)ni tashkil etishi zarur.
Sinov bosimida ushlab turilgandan keyin, bosimni ish bosimigacha tushirgan holda quvurlar butun uzunligi bo‘yicha sinchkovlik bilan tekshirib chiqiladi.
Metall va atrofdagi muhit harorati o‘rtasidagi farq sinov obyekti yuzasiga nam tegishini keltirib chiqarmasligi zarur. Gidravlik usulda sinash uchun foydalanilayotgan suv obyektni ifloslantirmasligi hamda tez zanglashni keltirib chiqarmasligi lozim.
229. Suv sizib chiqish, payvand ulanishlari va asosiy metallda terlash, ko‘rinib turgan qoldiq nuqsonlar, darz ketishlar hamda yorilish belgilari aniqlanmagan hollarda quvurlar va ularning detallari sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
13-§. Payvand ulanishlardagi nuqsonlarni to‘g‘rilash
230. Tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash, sinash va foydalanish jarayonida aniqlangan nuqsonlar to‘g‘rilangan uchastkalarini nazorat qilgan holda bartaraf etilishi zarur.
231. Nuqsonlarni to‘g‘rilash texnologiyasi va nazorat qilish tartibi ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
Nuqsonlarni to‘g‘rilash bo‘yicha belgilangan texnologiyalardan chetga chiqish hollari uni ishlab chiquvchilari bilan kelishilishi zarur.
232. Nuqsonlarni to‘g‘rilash mexanik usulda, notekis joylarini bir maromda, asta-sekinlik bilan tekislagan holda amalga oshirish zarur. Payvandlash zarur bo‘lgan notekis joylarining maksimal o‘lchamlari va shakllari me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Ichki nuqsonlarni bartaraf etishda, keyin notekis joylar yuzasini mexanik usulda ishlov bergan holda termik kesish (charxlash) usulini qo‘llashga ruxsat beriladi.
Nuqsonlar to‘liq bartaraf etilganligini, me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ko‘zdan kechirish yoki buzmaydigan nazorat (kapilyar yoki magnitkukunli defektoskopiya yoki travleniye qilish) orqali tekshirish zarur.
233. Notekisliklar mavjud joylarni payvandlamagan holda nuqsonlarni bartaraf etishga, notekislik maksimal bo‘lgan joyda detal devori qalinligi yo‘l qo‘yilganga nisbatan minimal darajasi saqlangan holda ruxsat beriladi.
234. To‘g‘rilangan joyning nazoratini o‘tkazishda yana nuqsonlar aniqlansa, birinchi marta qilingan tartibda nuqsonlarni takroriy bartaraf etilishi amalga oshiriladi.
Payvand ulanishning bitta joyidagi mavjud nuqsonlarni uch martadan ortiq to‘g‘rilashga ruxsat berilmaydi.
Payvand choklarini, payvandlash materiallarini hamda termik ta’sir zonasini bartaraf etgan holda kesib, boshqatdan ulash takroriy deb hisoblanmaydi.
Quvurlardagi nuqsonlari mavjud bo‘lgan payvand ulanishlarini kesib tashlab, o‘rniga quvur bo‘lagini yangidan payvandlash amalga oshirilgan holda bajarilgan yangi ikkita payvand ulanishlari to‘g‘rilangan hisoblanmaydi.
V BOB. QAYD ETISh VA TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISh
1-§. Qayd etish
235. Mazkur Qoidalar talablari tegishli bo‘lgan barcha quvurlarga, egalik qiluvchi korxona, ishlab chiqaruvchi zavod va montaj qiluvchi tashkilot tomonidan, taqdim etiladigan hujjatlar asosida belgilangan shakldagi pasportlar (2-ilova) tuzilishi zarur.
Reduksion-sovutish qurilmalari (RQ, RSQ, YuRSQ) yuqori bosim tomonidan bug‘ quvurlari bilan birgalikda qayd etilishi zarur, bunda barcha detallarga, shu jumladan RSQ markali kirish va chiqish zulfinlari uchun past bosim tomonidan o‘rnatiladigan himoya qurilmalari tavsifnomalarini ko‘rsatgan holda texnik hujjatlar ko‘rsatilishi shart.
236. Issiqlik elektr stansiyalari va qozonxonalari binosi hududida joylashgan, shartli o‘tkazish quvvati 70 mm dan yuqori bo‘lgan I toifali quvurlar, shartli o‘tkazish quvvati 100 mm dan yuqori bo‘lgan II va III toifali quvurlar, shuningdek shartli o‘tkazish quvvati 100 mm dan yuqori bo‘lgan IV toifali quvurlar ishga tushirilishidan oldin “Sanoatkontexnazorat” DIda qayddan o‘tishlari zarur. Mazkur Qoidalar talablari tegishli bo‘lgan boshqa quvurlar, ularning egalari bo‘lgan korxona (tashkilot)larda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
237. Quvurlarni “Sanoatkontexnazorat” DIda ro‘yxatga olish, quvur egasi bo‘lgan korxona ma’muriyatining yozma arizasi asosida, texnik guvohnoma olingandan keyin amalga oshiriladi.
238. Quvurlarni “Sanoatkontexnazorat” DIda ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
a) quvur pasporti;
b) quvurning ijro chizmasi, bunda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: po‘lat markasi, quvurning diametri, devor qalinligi, uzunligi, ustunlar, kompensatorlar, osma moslamalar, armaturalar, havo o‘tkazgichlar, drenaj qurilmalari, payvand ulanishlari, ular orasidagi hamda ulardan quduqlargacha va abonentlarning kirish qismigacha bo‘lgan masofa, issiqlik harakatlarini nazorat qilish hamda harakatlarning loyiha bo‘yicha o‘lchamlari uchun ko‘rsatkichlarning joylashishi, cho‘ziluvchanlikni o‘lchash asboblari (metall cho‘zilishini keltirib chiqaradigan haroratlarda ishlaydigan quvurlar uchun, 296-band);
v) quvur detallarini tayyorlash guvohnomasi (3-ilova);
g) quvurni montaj qilish to‘g‘risidagi guvohnoma (10-ilova);
d) montaj tashkilotidan quvurni qabul qilib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma;
e) quvurning ajralmas qismi bo‘lgan sig‘imlarning pasporti va boshqa hujjatlari (ro‘yxatga olishda taqdim etilishi zarur bo‘lgan pasport shakli va boshqa hujjatlar 2-ilovada ko‘rsatilgan).
239. “Sanoatkontexnazorat” DI besh kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishi shart. Hujjatlarning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi hollarida “Sanoatkontexnazorat” DI quvurni ro‘yxatga oladi, pasportga muhr bosadi. Mazkur Qoidalarning 238-bandida ko‘rsatib o‘tilgan pasport hamda boshqa hujjatlarni quvur egasiga qaytaradi. Ro‘yxatga olishdan bosh tortish hollarida quvur egasiga yozma ravishda bosh tortish sabablari mazkur Qoidalarning tegishli bandlarini asos qilib ko‘rsatgan holda xabar beriladi.
240. Har bir quvurga, “Sanoatkontexnazorat” DI yoki korxonada ro‘yxatga olingandan keyin, 400 x 300 tshdan kichik bo‘lmagan hajmlarda maxsus tablichkalarga quyidagi yozuvlar qayd etilishi zarur:
ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqam;
ruxsat berilgan bosim;
quvurlar uchun muhit harorati;
navbatdagi tashqi ko‘zdan kechirish sanasi (oy va yil), gidrosinovning navbatdagi muddati.
Har bir quvurda kamida uchta tablichka, quvurning chekkalarida va o‘rtasida, bo‘lishi shart. Agar bitta quvurning o‘zi bir nechta xonadan o‘tgan bo‘lsa, unda har bir xonada tablichka bo‘lishi shart.
241. Quvurning boshqa egasiga berilishi yoki uni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish hollarida, uni ishga tushirishdan oldin qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.
2-§. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish
242. Mazkur Qoidalar talablari tegishli bo‘lgan bug‘ va issiq suv quvurini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun quyidagilar zarur:
a) quvurning loyihaga hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tashqi ko‘zdan kechirish;
b) gidravlik usulda sinov.
243. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) “Sanoatkontexnazorat” DI inspektori tomonidan;
b) korxonaning quvurlar soz holatdaligi hamda undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan xodimi tomonidan.
244. “Sanoatkontexnazorat” DI ro‘yxatga olingan quvurni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uning inspektori tomonidan o‘tkazilib, tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) tashqi ko‘zdan kechirish va gidravlik usulda sinash — yangi montaj qilingan quvurni ishga tushirishdan oldin;
b) tashqi ko‘zdan kechirish — har 3 yilda bir marta;
v) gidrosinovlar har 8 yilda bir marta;
g) tashqi ko‘zdan kechirish va gidravlik usulda sinash — payvand yordamida ta’mirlashdan keyin;
d) tashqi ko‘zdan kechirish va gidravlik usulda sinash — quvurning 12 oydan ortiq vaqt davomida konservatsiyada bo‘lgan hollarda;
e) “Sanoatkontexnazorat” DI inspektori talabiga asosan;
j) quvur o‘zining normativ xizmat muddatini o‘tagan hollarda, maxsus tashkilot xulosasi talab qilinadi.
245. Korxonaning quvur soz holatiga va undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxsi quvurni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni quyidagi muddatlarda amalga oshirishi zarur:
a) mazkur Qoidalar talablari tegishli bo‘lgan barcha quvurlarni tashqi ko‘zdan kechirish (ish jarayonida) — kamida bir yilda bir marta;
b) “Sanoatkontexnazorat” DI ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lmagan quvurlarni ko‘zdan kechirish va gidravlik usulda sinovdan o‘tkazish — payvand yordamida montaj qilingandan, ta’mirlangandan keyin foydalanishga topshirishdan oldin, shuningdek quvurni 2 yildan ortiq konservatsiya holatida bo‘lganidan keyin, ishga tushirishdan oldin.
246. Quvur egasi bo‘lgan korxona quvurni texnik ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash uchun javobgardir.
247. Ochiq yoki yarim ochiq kanallarda o‘tkazilgan quvurlarni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, izolyatsiyasini echmasdan turib amalga oshirilishi mumkin. O‘tib bo‘lmaydigan kanallarda yoki kanalsiz yetkazilgan quvurlarning tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, alohida uchastkalarida, quvur uzunligining kamida har ikki kilometrida tuproqni ochish va izolyatsiyasini echish orqali amalga oshiriladi.
248. Texnik ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirayotgan shaxs, quvur devorining qalinligi yoki payvand choklarining sifati bo‘yicha shubha tug‘ilsa, izolyatsiyani qisman yoki butunlay ochilishini talab qilish huquqiga ega.
249. Yangi yotqizilgan quvurlar tashqi ko‘zdan kechiriladi va izolyatsiya qilinishiga qadar gidravlik usulda sinovdan o‘tkaziladi.
250. Quvurlarning gidravlik usuldagi sinovlari barcha payvand ishlari, termik ishlov berish yakunlangandan keyin, qoniqarli natijalar olingan hollarda, shuningdek ustunlar va osma moslamalar o‘rnatilishi va mustahkamlanishidan keyin hamda barcha oqimlarda qopqoqlar qo‘yilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Qopqoq qalinligi hisob-kitoblar asosida olinadi yoki quvur devori qalinligidan kam bo‘lmasligi zarur; qopqoqda dumcha bo‘lishi zarur. Shu bilan birga bajarilgan ishlarning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim.
251. Quvurlarning gidravlik usuldagi sinovlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
Quvurlarning ajralmas qismi bo‘lgan sig‘imlar quvurlar sinalgan bosimlar ostida sinaladi.
252. 3 m dan yuqorida joylashgan quvurlarni gidravlik usulda sinash uchun quvurni ko‘zdan kechirishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘prikchalar yoki boshqa moslamalar o‘rnatilishi zarur.
253. Quvurning foydalanilayotgan magistral bilan ulangan biriktirma payvand ulanishi sifatini nazorat qilishda (agar ularning orasida faqat bitta o‘chirish zulfini turgan bo‘lsa), shuningdek ta’mirlashda bajarilgan ikkitadan ortiq ulanishlarni nazorat qilishda gidravlik usulda sinovlar payvand ulanishlarining radiografik yoki ultratovush nazorat turlari bilan almashtirilishi mumkin.
254. Quvurni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda quvurning soz holati va undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxsning ishtirok etishi shartdir.
255. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari va quvurdan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosa, ruxsat etilgan bosim hamda navbatdagi ko‘rik muddatlarini ko‘rsatgan holda quvur pasportiga, ko‘rikni o‘tkazgan shaxs tomonidan yozib qo‘yilishi zarur.
Quvurni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida uning mustahkamligiga shubha uyg‘otadigan avariya holatidaligi yoki jiddiy nuqsonlari mavjudligi aniqlansa, undan foydalanish man etiladi hamda pasportida bu haqida asoslangan tegishli yozuv qayd etiladi.
256. Loyiha, tayyorlovchi, me’yoriy hujjatlar tomonidan belgilangan me’yoriy hisob-kitob qilingan muddatni o‘tab bo‘lgan hamda texnik xulosaga asosan xizmat muddati uzaytirib bo‘lingan quvurlar uchun texnik ko‘rikdan o‘tkazish hajmlari, usullari va davriyligi texnik diagnostika natijalariga ko‘ra belgilanishi zarur.
VI BOB. TA’MIRLASh IShLARINI BAJARIShDA XAVFSIZLIK TALABLARI
1-§. Xavfsiz foydalanishni tashkil etish
257. Quvurlarni tegishli darajada foydalanilishini tashkil etish, ularni soz holda saqlab turish va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qoniqarli darajada xizmat ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
258. Ma’muriyat tegishli xizmatlarning kuchlari bilan quvurlarni davriy ravishda, yiliga kamida bir marta tekshirib chiqishi hamda natijalari, shuningdek mazkur Qoidalar buzilganligi aniqlangan hollarda, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida “Sanoatkontexnazorat” DI inspektoriga xabar berishi shart.
259. Quvurlarning texnik holati va undan foydalanishni nazorat qilib turuvchi muhandis-texnik xodim (guruh) o‘z ishini korxona bosh muhandisi tasdiqlagan rejaga asosan amalga oshirishi zarur. Bunda uning quyidagi majburiyatlari bor:
a) quvurlarni ish holatida ko‘zdan kechirib turish va uning belgilangan foydalanish rejimlariga rioya etilishini tekshirib turishi zarur;
b) quvurlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ishtirok etish;
v) quvurlarni tayyorlashda texnik nazoratni amalga oshirish va o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish uchun “Sanoatkontexnazorat” DI inspektoriga talabnoma berishi;
g) “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan berilgan takdimnomalarning bajarilishini nazorat qilish.
d) quvurlar me’yoriy hisob-kitob qilingan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan (yoki 200 000 soatdan ortiq ishlagan) hollarda, bundan keyin foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun, ixtisoslashgan tashkilotni jalb etish;
e) xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ishlash uchun faqat tegishli malaka talablariga javob beradigan hamda ushbu ishlarga tibbiyot tomonidan qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmagan shaxslarning qo‘yilishi.
260. Quvurlardan foydalanishda nosozliklar, hamda mazkur Qoidalar va yo‘riqnomalar buzilishi holatlari aniqlansa, nazorat uchun mas’ul shaxs ushbu nosozliklar yoki qoidabuzish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa quvurlar ishini to‘xtatishni talab etishi zarur.
261. Quvurlarning soz holda saqlanishi hamda undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) quvurlarni soz holda saqlab turish;
b) quvurlarning metall va payvand ulanish detallari holatini, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq nazorat qilishni amalga oshirish;
v) quvurlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida tayyorlash;
g) aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
d) quvurlardagi harorat harakatlari va qoldiq deformatsiya o‘lchamlarini, yo‘riqnoma talablariga muvofiq o‘z vaqtida o‘lchab turish.
262. Quvurlarning soz holda saqlanishi hamda undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxsning quyidagi majburiyatlari bor:
a) quvurlarning ish holatida korxona bosh muhandisi belgilagan muddatlarda ko‘zdan kechirib turishi;
b) har kuni (ish kunlarida) smena jurnalidagi qaydnomalarni tekshirib turish va uni imzolash;
v) quvurlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish;
g) quvurlarning pasportlari va yo‘riqnomalarini saqlash;
d) “Sanoatkontexnazorat” DI inspektori tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar va texnik ko‘riklarda ishtirok etish;
e) xodimlar bilan avariya holatlariga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazib turish;
j) mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bilimlarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibida ishtirok etish;
z) “Sanoatkontexnazorat” DI inspektorlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarish;
i) avariya hollari yoki insonlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar aniqlangan hollarda quvurdan foydalanishni to‘xtatish;
k) belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish jarayoni hamda uni nazorat qilish tizimi uchun zarur uskunalarning mavjudligi va ularning ishlashini ta’minlash;
l) quvurlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun jihozlarni butlashni hisobga olgan holda qozonlarni montaj qilish va undan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasi asosida ishlab chiqarish yo‘riqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Yo‘riqnomalar ish joylarida saqlanishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga, imzosini olgan holda berish zarur;
m) shunday tartib o‘rnatish zarurki, bunda quvurlarga xizmat ko‘rsatish vazifasi yuklangan xodimda unga topshirilgan jihozlarni, uni ko‘zdan kechirish, armaturalar, nazorat-o‘lchash asboblari (NO‘A-KIP), himoya klapanlari, signalizatsiya va himoya vositalari, ta’minlovchi nasoslarning sozligini nazorat qilish orqali sinchkovlik bilan kuzatib borish imkoni bo‘lsin. Ko‘rik va tekshiruv natijalarini qayd etib borish uchun smena jurnali yuritilishi zarur.
2-§. Xizmat ko‘rsatish
263. Metall cho‘zilishini keltirib chiqaradigan haroratlarda bug‘ quvurlarida avariya holatlarining oldini olish maqsadida, quvur egasi muntazam ravishda deformatsiya qoldig‘i ortishini kuzatib turishi zarur. Ushbu talab uglerod va molibden po‘latdan tayyorlangan va bug‘ harorati 450° S va undan yuqori darajada ishlaydigan, xromomolibden va xromomolibdenvanadiy po‘latdan tayyorlangan va bug‘ harorati 500° S va undan yuqori darajada ishlaydigan, shuningdek yuqori legirovka qilingan issiqlikka chidamli po‘latdan tayyorlangan va bug‘ harorati 550° S va undan yuqori darajada ishlaydigan bug‘ quvurlari uchun tegishlidir.
Kuzatuvlar, nazorat o‘lchovlari va kesmalar “Sanoatkontexnazorat” DI bilan kelishilgan yo‘riqnomalar asosida amalga oshirilishi zarur.
264. Manometr va himoya klapanlarining soz holda ishlashini tekshirish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi zarur:
a) ish bosimi 1,4 MRa (14 kgf/cm2) gacha bo‘lgan quvurlar uchun har smenada kamida bir marta;
b) ish bosimi 1,4 MRa (14 kgf/cm2) dan yuqori va 4,0 MRa (40 kgf/cm2) gacha bo‘lgan quvurlar uchun sutkasiga kamida bir marta;
v) ish bosimi 4,0 MRa (40 kgf/cm2) dan yuqori bo‘lgan quvurlar uchun yo‘riqnomada ko‘rsatilgan muddatlarda.
Tekshirish natijalari smena jurnalida qayd etiladi.
265. Quvurdan foydalanish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan manometr sozligini tekshirish uch tomonlama kran yoki uning o‘rnini bosuvchi o‘chirish ventillari yordamida, manometr stryelkasini nol ko‘rsatkichga o‘rnatilishi orqali amalga oshiriladi.
266. Himoya klapanlari sozligini tekshirish, ularni qisqa muddatga ochish orqali amalga oshiriladi.
3-§. Ta’mirlashni tashkil etish
267. Quvurlar egasi quvurlarni tasdiqlangan rejali-oldini oluvchi ta’mirlash jadvaliga muvofiq, o‘z vaqtida ta’mirlanishini ta’minlashi zarur. Ta’mirlash ishlari, ishlarning boshlanishidan oldin ishlab chiqilgan texnik shartlar (texnologiyalar) bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
268. Quvurlarni ta’mirlash ishlari faqat quvur egalari tomonidan ruxsatnoma-naryadlar asosida amalga oshirilishi zarur.
269. Korxonada quvurlarning soz holati va undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolangan holda navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish zaruratini keltirib chiqarmaydigan darajada bajarilgan ta’mir ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladigan ta’mirlash jurnali yuritilishi zarur.
270. Navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish zaruratini keltirib chiqaradigan ta’mirlash ishlari, ta’mirlashda foydalanilgan materiallar, shuningdek payvandlash sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar quvur pasportiga yozilishi zarur.
271. Quvurda ta’mirlash ishlari boshlanishiga qadar, u boshqa quvurlardan tiqinlar bilan ajratilishi yoki uzib qo‘yilishi shart.
272. Bug‘ va issiq suv quvurlarining armaturasi flanetssiz hollarida quvurlarning o‘chirilishi ikkita o‘chiruvchi armaturalar yordamida, ularning oralig‘ida shartli o‘tuvi 32 mm dan kichik bo‘lmagan va bevosita havoga chiqadigan drenaj qurilmasi borligi sharti bilan amalga oshirilishi lozim. Ochiq drenajlarning zulfinlari va ventillarini boshqarish uskunasi shunday qulflanishi lozimki, yopiqlik holatida ularning zichligi bo‘shab ketmasligi zarur. Qulflarning kaliti quvurlarning soz holati va undan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxsda saqlanishi zarur.
Quvurlarni o‘chirishda qo‘llaniladigan qopqoqlar va flanetslarning qalinligi mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblarga mos bo‘lishi shart.
Tiqinni, mavjudligini ko‘rsatib turadigan uchi (dumi) bo‘lishi shart.
Flanetslar va tiqinlar orasidagi prokladkalar dumsiz bo‘lishi lozim.
4-§. Nazorat va xizmat ko‘rsatish
273. Quvur egasi bo‘lgan korxonaning ma’muriyati xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va nazorat qilishni tashkil etish orqali quvurlarning soz holati va undan xavfsiz foydalanilishini ta’minlashi shart.
VII BOB. OLDINDAN IZOLYATSIYA QILINGAN QUVURLARGA NISBATAN TALABLAR
1-§. Umumiy qoidalar
274. Mazkur bob talablari muntazam ravishda 140° S (quvurlarning bir yilda kamida 126 kun ishlagan hollarda 150° S)gacha harorat ta’sirida ishlaydigan issiqlik tarmoqlarini yotqizilishida oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarga tegishlidir.
2-§. Loyihalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
275. Quvurlar va ularning elementlari, shuningdek ularni montaj va rekonstruksiya qilish loyihalarini ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari amalga oshiradi.
(275-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2011-yil 1-dekabrdagi 270-sonli buyrug‘i (texnik hujjat 6-24/13-13134/6-son, 23.12.2011-y.) tahririda)
276. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarni yotqizishning loyihasini, mazkur Qoidalar hamda QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” va QMQ 3.05.03-00 “Issiqlik tarmoqlari” talablarini inobatga olgan holda, loyiha tashkiloti ishlab chiqadi.
277. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlar yer ustida yoki yer ostida (kanalsiz yoki kanallarda yotqizish usullari bilan) yotqizilishi mumkin.
278. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlar uchun elektrkimyo himoya tadbirlari shart emas.
279. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarni, ularning diametridan qat’i nazar, yer ostidan yotqizishda izolyatsiya holatini tezkorlik bilan, masofadan turib nazorat qilish tizimi ta’minlanishi shart.
280. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlar orasidagi masofa 150 mm dan kam, shartli diametri 200 mm dan yuqori bo‘lgan quvurlar uchun esa 200 mm dan kam bo‘lmasligi zarur.
281. Quvurlarni yotqizish burchagining darajasi 0,002 dan kam bo‘lmasligi, alohida asoslangan hollarda esa 0,001 dan kam bo‘lmasligi zarur.
3-§. Konstruksiya
282. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlar po‘lat quvur, poliuretan issiqlik izolyatsiyasi va tashqi qobiq quvuridan iborat mexanik konstruksiya bo‘lib, bir-biri bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi zarur.
283. Po‘lat quvurlar mazkur Qoidalar, oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarni ishlab chiqargan korxonaning texnik shartlari tomonidan belgilangan talablarga javob berishi hamda ishlab chiqargan korxona tomonidan berilgan sifat sertifikati bo‘lishi zarur.
284. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarning yo‘nalishini o‘zgartirish oldindan izolyatsiyalangan otvodlar va uchliklar yordamida amalga oshiriladi.
285. Uchirish armaturasi yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi, oldindan izolyatsiyalanganligi hamda issiqlik tashuvchining sizib chiqishi yoki bug‘lanishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart.
286. Quvurlar cho‘zilishining kompensatsiyasi oldindan izolyatsiyalangan otvodlar yoki oldindan izolyatsiyalangan kompensatorlar yordamida amalga oshirilishi zarur.
4-§. Yasash
287. Po‘lat quvurda ko‘ndalang payvand ulanishlari bo‘lmasligi shart.
288. Issiqlik izolyatsiyasini qoplashdan oldin quvur yuzasi II darajagacha korroziya va kuyindilar, yog‘, moy, namlik va boshqa ifloslantiruvchi jismlardan tozalanishi zarur.
289. Tashqi quvur (oldindan izolyatsiyalangan quvur qobig‘i) sifatida quyidagilar qo‘llanishi zarur:
a) yer ostidan yotqizishda — ekstruditsiya qilingan polietilen quvurlar;
b) yer ustidan yotqizishda — ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik shartlari talablariga muvofiq otsinkovkali po‘latdan tayyorlangan spiral-navivkali quvurlar.
290. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlardagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlashi uchun oson joylashgan detallari yuzasining harorati 45° S dan oshmasligi zarur.
291. Qobiq quvurning ichki va tashqi yuzalari tozalangan bo‘lishi va ularning funksional sifatiga ta’sir etuvchi notekisliklar va nuqsonlardan holi bo‘lishi shart. Quvur uchlari to‘g‘ri kesilgan hamda o‘qiga nisbatan perpendikulyar joylashgan (yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegara –5°) bo‘lishi shart.
292. Oldindan izolyatsiya qilinadigan quvurlarning har ikkala uchlarining kamida 150 mm va ko‘pi bilan 250 mm joylari izolyatsiyadan tozalangan bo‘lishi zarur.
Quvurning izolyatsiyalanmagan uchlarining korroziyaga qarshi qoplamasi bo‘lishi shart.
293. Ekstrudirovka qilingan polietilen quvurni ishlab chiqargan korxona quvurda quyidagilarni ko‘rsatgan bo‘lishi shart:
a) polietilen xomashyo markasi;
b) eritishda oquvchanlik indeksi;
v) asosiy hamda tashqi qobiq quvur devorining nominal qalinligi va nominal diametri;
g) ishlab chiqarilgan sanasi;
d) poliuretan ko‘pik bilan to‘ldirish sanasi;
e) ishlab chiqargan korxona nomi;
j) asosiy quvur tayyorlangan po‘lat markasi;
z) oldindan izolyatsiyalangan quvurni tayyorlashda qo‘llanilgan texnik shartlar raqami.
294. Oldindan izolyatsiyalangan quvurlarning har bir partiyasi qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tkazilishi shart. Buning uchun GOST 18321-73 ga muvofiq mahsulotning beshta birligi tanlab olinadi va quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
a) chiziqli o‘lchamlarning to‘g‘riligi;
b) tashqi ko‘rinishi;
v) konstruksiyalardagi poliuretan ko‘piklarning zichligi;
g) siqilganda poliuretan ko‘piklarning zichligi;
d) poliuretan ko‘piklarning suv shimib olish darajasi.
295. Bitta ko‘rsatkich bo‘yicha qoniqarsiz natijalar olingan hollarda (tashqi ko‘rinish va chiziqli o‘lchamlardan tashqari) xuddi shu partiyadan olgan holda sinaladigan quvurlarning sonini ikki barobar ko‘paytirgan holda, takroriy sinovlar o‘tkazilishi shart. Takroriy sinovlar natijalari hal qiluvchi hisoblanadi.
296. Bitta mahsulotning tashqi ko‘rinishi yoki chiziqli o‘lchamiga muvofiq bo‘lmagan hollarda butun partiyani braklarga ajratish zarur.
5-§. Montaj qilish va ta’mirlash
297. Quvurlar va ularning elementlarini yasash tayyorlash (yasash ishlarini oxiriga yetkazish), montaj qilish va ta’mirlash ixtisoslashgan tashkilotlar yoki ishlarni sifatli bajarish imkonini beradigan texnik vositalari va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi zarur.
Korxona va tashkilotlar montaj qilish va ta’mirlash ishlarini bajarishlari uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma olishlari zarur.
298. Oldindan izolyatsiyalangan quvurlarni payvandlash ishlari “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan belgilangan tartibda o‘qitilgan va o‘quv kombinatida attestatsiyadan o‘tkazilgan payvandchi tomonidan, bevosita transheya ichida (loyiha-texnik hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollarda quvurni payvandlash transheya ustida amalga oshirishga ruxsat beriladi) amalga oshirilishi zarur.
299. Quvurlarni payvandlash ishlarini mazkur Qoidalarning IV bob “Tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash”, 2-§. Payvandlash bo‘limi talablariga muvofiq amalga oshirish zarur.
300. Ulanishlarni izolyatsiyalash va zichlash ishlarini 15° S dan past bo‘lmagan haroratda amalga oshirish zarur.
301. Oldindan izolyatsiyalangan quvurlar va ularning detallarini yotqizishdan oldin quvur uchlariga nasadkalarni o‘rnatish lozim.
302. Ulanish joylaridagi bo‘laklar o‘qlarining bir-biriga mos kelish darajasi 3o dan oshmasligi zarur.
303. Po‘lat quvurlar va ularning detallarini ulash bo‘yicha barcha ishlarni elektr payvandlash yordamida amalga oshirish zarur. Shartli diametri 50 mmgacha bo‘lgan quvurlarni ulashda gaz payvandlashga ruxsat beriladi.
304. Gaz payvandlashda issiqlik himoya izolyatsiyasi hamda quvur qobig‘ini payvand alangasidan to‘sish shart.
305. Payvandlashni boshlashdan oldin quvur uchlari faol yog‘sizlantiruvchilar (rastvoritelsiz) yordamida korroziyaga qarshi qoplamalardan, shuningdek penopoliuretandan yaxshilab tozalanishi shart.
306. Payvand ulanishlari sifati va nuqsonlarni tuzatilishining nazorati, shuningdek payvand ulanishlarini sinash usullari mazkur Qoidalarning IV bobida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq holda amalga oshirilishi zarur.
307. Poliuretan ko‘pik va tashqi qobiq quvurning texnik xususiyatlarini tasdiqlash maqsadida sinash usullari ishlab chiqaruvchi korxona texnik shartlariga muvofiq bo‘lishi zarur.
308. Oldindan izolyatsiyalangan quvurlardan iborat issiqlik tarmog‘i mustahkamlik va zichlikka, odatda mazkur Qoidalarning IV bobi 12-§ ko‘rsatilgan talablarga muvofiq holda gidravlik usulda birlamchi va yakuniy sinovdan o‘tkazilishi zarur.
VIII BOB. QUVURLARNING BO‘YaLADIGAN RANGI VA UNDAGI YoZUVLARGA NISBATAN TALABLAR
309. Quvurlarning qo‘llanilishi va muhit parametrlaridan kelib chiqqan holda quvur yuzasi muvofiq rangga bo‘yalgan bo‘lishi va markirovka yozuvlari bo‘lishi shart.
Rang, shartli belgilar, harflarning o‘lchami va yozuvlarning joylashishi GOST 14202-69 ga muvofiq bo‘lishi zarur.
310. Quvurlarga quyidagi mazmundagi yozuvlar bitilishi lozim:
a) magistral liniyalarda — magistral raqami (rim raqamlarida) va ish muhiti harakatlanadigan yo‘nalishni ko‘rsatuvchi stryelka. Normal rejimlarda uning ikkala tomonga harakatlanishi mumkin bo‘lgan hollarda ikkala tomonga ko‘rsatuvchi ikkita stryelka chiziladi;
b) magistral yaqinidagi shoxlanishlarda — magistral raqami (rim raqamlarida), agregat raqamlari (arab raqamlarida) va ish muhiti harakatlanadigan yo‘nalishni ko‘rsatuvchi stryelka;
v) agregatlar yaqinidagi magistraldan shoxlanish joylarida — magistral raqami (rim raqamlarida) va ish muhiti harakatlanadigan yo‘nalishni ko‘rsatuvchi stryelka.
311. Bitta quvurdagi yozuvlar soni me’yorlanmaydi. Yozuvlar ventillar, zulfinlar va hokazolar boshqarib turiladigan joylardan yaxshi ko‘rinib turishi shart. Quvurlarning boshqa xonaga kirish va chiqish joylarida yozuvlarning bo‘lishi shart.
312. Quvurlar izolyatsiyasi ustidan metall qoplama (alyuminiy, ruhlangan tunuka va boshqa korroziyaga chidamli metallardan tayyorlangan) qoplanishi hollarida qoplama butun uzunlik bo‘yicha bo‘yalmasligi mumkin. Bunday hollarda quvur orqali o‘tkazilayotgan muhitdan kelib chiqqan holda, tegishli shartli belgilar qo‘yiladi.
313. Ventillar, zulfinlar hamda ularni boshqaruvchi moslamalarga quyidagi mazmundagi yozuvlar bitiladi:
a) o‘chirish yoki boshqarish moslamalarining foydalanish va yo‘riqnomalarga muvofiq raqami yoki shartli belgisi;
b) aylantirish ko‘rsatkichining o‘chirish tomonga yo‘nalishi (O‘) va ochish tomonga yo‘nalishi (O);
314. 320 bandda sanab o‘tilgan armatura va boshqarish uskunalariga yozuvlar, ularning quyidagi joylariga bitiladi:
a) shturvalning ventil (zulfin) korpusi yaqinida joylashish holatida — ventil (zulfin)ning korpusi yoki izolyatsiyasi yoki mahkamlangan tablichkaga;
b) shturval yordamida masofadan turib boshqarish hollarida — shturvalning kolonkasi yoki kronshteynida;
v) zanjir yordamida masofadan boshqarish hollarida — zanjir g‘ildiragi kronshteyn bilan mustahkam ulangan va boshqarish maydonchasidan eng yaxshi ko‘rishni ta’minlaydigan holatda mahkamlangan tablichkaga;
g) xizmat ko‘rsatish maydonchasi tagida joylashgan ventil yoki zulfinni echiladigan shturval yordamida (val uchi tagida va qopqoq bilan yopilgan) masofadan turib boshqarish hollarida — qopqoqning ham osti, ham ustiga;
d) elektr boshqaruvchi yordamida masofadan turib boshqarish hollarida — yoqish moslamasi oldida;
e) masofadan turib boshqarish hollarida ushbu bandning “b”, “v”, “g”, “d” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan yozuvlardan tashqari, boshqariladigan armatura maxovigiga ham yozuvlar bitilishi shart.
IX BOB. SIGNAL RANGLARI VA XAVFSIZLIK BELGILARI
315. Ishlayotganlarning e’tiborini bevosita xavfga, mumkin bo‘lgan xavf haqida ogohlantirishga jalb qilish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida alohida ko‘rsatma va ruxsatnomalar berish, shuningdek tegishli ma’lumotlarni olish uchun signal ranglari va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. Signal belgilaridan yuqori xavf manbasi bo‘lgan ishlab chiqarish jihozlarining alohida elementlari va qismlari uchun qo‘llaniladi. Quyidagi to‘rtta signal rang belgilari mavjud:
qizil — “To‘xta, man etiladi, ochiq xavf”;
sariq — “Diqqat, mumkin bo‘lgan xavf haqida ogohlantirish”;
yashil — “Xavfsiz, ruxsat, yo‘l ochiq”;
ko‘k — “Ma’lumot”.
316. Xavfsizlik belgilari inson uchun xavf mavjud bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarish jihozlari o‘rnatilgan joylarda ko‘zda tutiladi. Belgilarni hamda ularni tushuntirish joylarini korxona (tashkilot) rahbari, davlat nazorati va kasaba uyushmasining mehnat texnik nazorati organlari bilan kelishgan holda belgilaydi. Standartlarda belgilarning to‘rtta guruhi o‘rnatilgan:
taqiqlovchi;
ogohlantiruvchi;
ko‘rsatma beruvchi;
ko‘rsatuvchi.
317. Taqiqlovchi belgilar ko‘rsatilgan joylarda qandaydir harakatlar (chekish, ochiq olovdan foydalanish, transportning kirishi)ni bajarishga ruxsat bermaydi. Ushbu guruh belgilari qizil rangli aylana ichiga oq maydoncha va belgi aylanasi cheti oq rangli hoshiya, shuningdek oq ichki maydoncha ichida shartli qora rangga bo‘yalgan, qizil rangli egri chiziq (chapda tepadan, o‘ng pastga) bilan bo‘lingan (45° S burchak ostida) ko‘rinishda bo‘ladi.
318. Ogohlantiruvchi belgilar odamlarni mumkin bo‘lgan xavf — portlash xavfi, tez alangalanuvchi, zaharli va bo‘g‘uvchi moddalar, elektr toki kuchlanishi, nurlanish, tepadan jismlarning tushishi haqida ogohlantiradi. Belgilar to‘g‘ri tomonli sariq rangli, burchaklari aylanali, burchagi tepaga qaratilgan, chetida qora rangli hoshiyasi bor va qora rangli shartli rasmi bor bo‘lgan uchburchak shaklida bo‘ladi.
319. Ko‘rsatma beruvchi belgilar, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda (quyidagi himoya vositalaridan majburiy holda foydalangan holda: kaskalar, maxsus kiyim-bosh, maxsus oyoq kiyim, dielektrik qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, himoya belbog‘lari) ma’lum ishlarni bajarishga ruxsat beradi. Bundan tashqari ushbu guruh belgilari evakuatsiya, yong‘inga qarshi texnika joylashgan joylar yoki zaxira chiqish joylari, shuningdek mehnat xavfsizligi ta’minlangan ish joylariga yo‘l ko‘rsatadi. Ular ko‘k rangli aylana, chetida oq hoshiyasi bor, ichida shartli oq rasmi chizilgan bo‘ladi. Yong‘inga qarshi belgilar qizil rangda bo‘ladi.
320. Ko‘rsatuvchi belgilar obyekt va qurilmalar, tibbiy yordam va ovqatlanish, telefon, ichimlik suvi, yong‘inga qarshi suv manbasi, yong‘inga qarshi kranlar, gidrantlar, yong‘inni o‘chirish vositalari, chekish joylarini ko‘rsatib turish uchun mo‘ljallangan. Ushbu belgilar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, chetida oq hoshiyali, oq to‘rtburchak maydonchada qora rangli (yong‘inga qarshi belgi qizil rangda bo‘ladi) belgi yoki yozuv bitilgan bo‘ladi. Belgilarda, uning pastki qismida (oq to‘rtburchak tagida) oq rang bilan ko‘rsatib turuvchi stryelka va obyektgacha bo‘lgan masofani ko‘rsatuvchi stryelka rasmini chizishga ruxsat beriladi.
321. Tungi vaqtlarda yoki ko‘rish yomonlashgan vaqtlarda xavfsizlik belgilarini uning rangi o‘zgarmaydigan, shuningdek kunning yorug‘ vaqtida ham ko‘rish qiyinlashmaydigan holda joylashtirish zarur.
Yong‘in xavfsizligi va evakuatsiya yoki qo‘shimcha chiqish joylarini ko‘rsatuvchi belgilar ularning yoritilib turishi uchun alohida elektr quvvati manbasi bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
322. Ishlab chiqarishning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda sohaga tegishli belgi va yozuvlari bitilgan belgilarni ishlab chiqishga ruxsat beriladi. Biroq, belgilarning o‘lchami, shakli va rangini o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
X BOB. AVARIYA VA BAXTSIZ HODISALARNI TEKShIRISh
323. Bug‘ va issiq suv quvurlaridan foydalanishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq tekshiriladi.
324. Mazkur Qoidalar talablari qo‘llaniladigan har qanday avariya, insident yoki quvurlar ishidagi boshqa nosozliklar to‘g‘risida, egalik qiluvchi korxona ma’muriyati yuqori xo‘jalik yurituvchi idoraga hamda “Sanoatkontexnazorat” DIga xabar berishi zarur.
325. “Sanoatkontexnazorat” DI inspektorining avariya yoki boshqa insident omillari va sabablarini tekshirish uchun korxonaga kelishiga qadar korxona ma’muriyati, agar inson hayotiga xavf bo‘lmasa yoki avariyani yanada kattalashishiga olib kelmasa, avariya sodir bo‘lgan vaziyatni o‘zgarmagan holda saqlanishini ta’minlashi shart.
XI BOB. MAZKUR QOIDALAR TALABLARIGA RIOYa ETILIShI USTIDAN NAZORAT
326. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan, quvurlardan foydalanuvchi korxonalar, shuningdek ishlab chiqaruvchi zavodlar, montaj qiluvchi va ta’mirlovchi tashkilotlarni davriy ravishda tekshirib turish, shuningdek uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va “Sanoatkontexnazorat” DI boshqa me’yoriy hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
327. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi talablarida belgilangan, ishlab chiqarish nazoratini tashkil etishi va amalga oshirishi shart.
Sanoat xavfsizligi talablarida belgilangan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish bo‘yicha ma’lumotnoma maxsus vakolatli davlat organi yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlari bo‘lgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi.
328. Ishlab chiqaruvchi zavodlar, montaj qiluvchi va ta’mirlovchi tashkilotlarni tekshirish jarayonida quvurlar va detallarini tayyorlash, montaj qilish yoki ta’mirlashda mazkur Qoidalar talablari buzilishi hollari aniqlansa, “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan belgilangan tartibda qoida buzilishi xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni bartaraf etish muddatlari belgilanadi yoki ularni bundan keyin tayyorlash, montaj qilish yoki ta’mirlash qonunchilikda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha to‘xtatib qo‘yiladi.
329. Foydalanishda bo‘lgan quvurlarni tekshirish jarayonida nuqsonlar yoki ulardan bundan keyin foydalanish xavfli bo‘lgan mazkur Qoidalar talablari buzilishi hollari aniqlansa, shuningdek navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazish muddati tugaganligi yoki quvurlarni soz holda saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul shaxs yo‘q bo‘lsa, quvurdan foydalanish man etiladi. Bunda, quvur pasportiga mazkur Qoidalarning tegishli bandlari ko‘rsatilgan holda man etish sabablari yozib qo‘yiladi.
330. Mazkur Qoidalar buzilishida aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga
1-ilova
1-jadval
Quvurlar toifalari va guruhlari

Quvur
toifalari

Guruhlar

Muhitning ish parametrlari

Harorat, °S

Bosim, MRa (kgf/cm2)

I

1

560 dan yuqori

Chegaralanmagan

2

520 dan yuqori, 560 gacha

Chegaralanmagan

3

450 dan yuqori, 520 gacha

Chegaralanmagan

4

450 gacha

8,0 (80) dan yuqori

II

1

350 dan yuqori, 450 gacha

8,0 (80) gacha

2

350 gacha

4,0 (40) dan yuqori 8,0 (80) gacha

III

1

250 dan yuqori, 350 gacha

4,0 (40) gacha

2

250 gacha

1,6 (16) dan yuqori 4,0 (40) gacha

IV



115 dan yuqori, 250 gacha

0,07 (0,7) dan yuqori 1,6 (16) gacha

Izoh: Parametrlar o‘lchami turli toifalarda bo‘lsa, quvur muhit parametrining maksimal o‘lchamiga teng bo‘lgan (chizmaga qaralsin) toifaga kiradi.

Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga
2-ilova
(majburiy)


Download 475,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish