Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obru- e’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «o`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi2.
Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan
2 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. Toshkent, 1997, 152-bet.
butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat to`yg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. Xalqimizda ―O`zga yurtning bag`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yontog`icha ko`rinmas»_ deb bejiz aytilmagan.3 Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va
3 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. Toshkent, 1997, 154-bet
mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir4.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar5.
Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o`zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo`li bilan yo`q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifiga ko`ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadr- qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
4 Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg`usi. T., O`zbekiston, 1997, 156-bet.
5 Yuqoridagi manba. 157-bet.
Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O`zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan.
Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir. Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi.
Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu tuyg`u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo`lib shakllanishida turli hayot to`fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg`usidir.
Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |