17-MAVZU Obod yurt doimo farovon Milliy anana va qadriyatkar millat kozgusi
Reja
Obod yurt tushunchasi.
Obodlik ko’nggildan boshlanadi.
Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g’oya xalqimizni o’z mustaqilligidan judo bo’lgan davrlarda ham tark etmads. Bugungi kunda O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi asosiy maqsadi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo’lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzuumidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’nomazmunini ifodalaydi. Moddiy olamda inson muayyan makonda tugiladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg’usi shakllanmagan, kindik qoni to’kilgan zaminga mehr tuyg’usi jo’sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo’lmaydi. Shu bilan birga, inson baxtsaodat uchun tug’iladi. U ana shu baxtsaodatga o’zi tug’ilibo’sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o’z baxtsaodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg’un ko’rishni anglatadi.
«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.
Ozod Vatan o’z taqdirini o’zi mustaqil hal etiSh huquqini to’la ro’yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo’lib, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga, nufuziga va mavqyeiga ega bo’lgan mamlakatdir.
Obod Vatan — fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilyag faoliyati bilan band bo’lgan, to’la ijtimoiysiyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir
Erkin va farovon x&yot — odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o’zlarining bor qobshshyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.
Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy gurur va iftixor hamda vatanparvarlik tuygularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Shuningdek mustaqilligimizning o’ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g’oyasi ming Yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to’plagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. Shu boisdan ushbu g’oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to’xtalib o’tish joiz.
«Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz, — deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, — milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy roya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdaga o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligani kuchaytirishdir.
Lekin turli qarash va fikrga ega bo’lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o’ziga xos maqsadlarini uygunlashtiruvchi g’oya — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati barchamiz uchun birdek muqaddas bo’lishi shart.
Tom ma’noda mana shunday olijanob tuyg’ular milliy g’oya va milliy mafkuramizning ma’nomazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor» '. Yurtimizda yashab ijod qilgan islom falsafasi namoyandalari — imom Buxoriy, imom AtTermiziy, Ahmad Yassaviy, Abulqosim Zamaxshariy, Abduxoliq Yeijduvoniy, buyuk qomusiy olimlar — Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek Mutafakkir shoirlar — Yusuf Xos Hojib, Alisher Navo ulug’ sarkardalar va davlat arboblari Amir Temur,
, Abdullaxon ijodida va amaliy faoliyatlarida erkin, farovon jamiyat royalari aks etganligi bejiz emas. Shu bilan birga, Sharq mutafakkirlari insonparvar jamiyat qurish toyasini odil shohga bog’laydilar (Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Bahoviddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Yeazzoliy, Bedil va b.). Bu kabi mutafakkirlar hokim va xalq, shoh va saltanat munosabatlarida adolatli ish tutish, davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq tomonidan qo’llanishi kabi ijtimoiy muammolarni ko’taradilar2. Bu ozod Vatan, xalqparvar tuzum ydeallarini asoslash edi.
Tasavvufning ko’pgina namoyandalari ham o’z ilmiy va amaliy faoliyatlarida erkin jamiyat g’oyasini ilgari surganlar. Xasan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo’ja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam Kosoniy adolat, haqiqat kuychilari bo’ldilar.
Darhaqiqat, barcha davrlar va xalqlar mutafakkirlari baxtsaodat keltiradigan tuzum haqida orzu qilib kelganlar. Bu haqda ko’plab mutafakkirlarimiz qarashlari to’grisida ko’p va xo’p gapirish mumkin. Lekin birgina Forobiy qarashlari misolida baxtsaodatga, farovonlikka jamiyat ahli qanday erishadi, degan yuyaning milliy g’oyamizda aks etgan jihatlariga to’xtalib o’tish joiz.
Forobiy fikriga ko’ra, har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shu ma’noda, Forobiy fikriga ko’ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kipshlarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.
Abu Nasr Forobiy o’zining «Talxisu Navolisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») asarida fozil jamiyat konsepsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Buyuk mutafakkirning fikriga ko’ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgana farovonlikning o’zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdaga jasorat emas, balki odamlarning o’z illatlari ustidan rolib kelib, tinchlikni ta’minlashlaridir1. Demak insonlarning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.
Forobiyning qarashlariga ko’ra, «eng mushkul ish — qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.» Bugungi huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida bu kabi o’gitlarning o’ziga xos o’rni bor. Ayniqsa, uning qonunga hurmat bilan qarashning ahamiyati haqidagi fikrlari e’tiborga molik. Buyuk alloma shunday deb yozadi: «Qonunning o’zi o’z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo’lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) haqda nimaiki gapirilsa ham mo’tabar hisoblanishi lozim... Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o’rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o’ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi»2.
Do'stlaringiz bilan baham: |