Taqdimotchi: Husniddinova Madina
2020-2021 o'quv yili
Samarqand Davlat Chet tillari Instituti
_____________________fakultei
104 - guruh
Inson xarakteri va shaxs kamoloti
Reja:
I. Хаrakter haqida tushuncha. Xarakterning nerf-fiziologik asoslari.
a) xarakter va insonning tashqi ko‘rinishi haqida qisqacha
b) xarakter va holat
II. Shaxs kamoloti...
a) shaxs kamoloti haqidagi nazariyalar
b) pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqotlar nuqtai nazaridan inson kamolotining yo'nalishlari
IV.
Xarakter...
Inson hayoti davomida o‘zgarib boruvchi alohida xususiyatlardan biri xarakterdir. Xarakter hamisha ko‘p tomonlama bo‘lib, faoliyat davomida namoyon bo‘lib boradi. Xarakter-shaxsning faoliyatida, insonlar bilan o‘zaro muloqot va muomala jarayonida tarkib topadigan, namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlar bo‘lib, alohida xulq-atvor sifatlarini yuzaga keltiradi. Xarakter so‘zi (yunoncha, xarakter) belgi, nishon degan ma’noni bildiradi. Xarakter ijtimoiy muhit ta’siri ostida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig‘indisidir. Xarakterning o‘ziga xos xislatlari ikki turga ajratiladi. Xarakter tug‘ma, o‘zgarmaydigan xususiyat emas. U inson hayoti davomida tarkib topib, o‘zgarib, tarbiyalanib boradi. Psixologiya fani 1000 dan ortiq xarakter xislatlari mavjudligi haqida ta’kidlab, ularni o‘ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlarga ajratadi. Har bir yakka shaxs o‘z-o‘ziga baho berishdan oldin, o‘zidagi salbiy va ijobiy xususiyatlami o‘rganishi lozim. Shu orqali shaxs o‘ziga yuqori, past va o‘rtacha (adekvat) baho beradi. Insonning xarakter xususiyatlarini nemis olimi K.Leongardom xarakter tipologiyasini o‘rganib, ulami bir nechta turlarga ajratgan. U inson xarakter xususiyatlari tasnifini atrofdagi odamlar bilan muomalasi, usuli negizida va alohida quyidagi xarakter turlari bo‘yicha ta’rif beradi. Emoiiv turi -bu toifadagilar tor doiradagi saralangan odamlar bilan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashadilar, xafaliklarini ichlarida saqlaydilar.
Yaxshi xislatlari samimiylik, rahm-shafqatli, o‘zgalarning yutug‘idan quvonadigan, ijrochi. Salbiy tomonlari: yig‘loqi, o‘z hissiyotlariga beriluvchan, izzattalab. Namoyishkorona - bu toifa insonlar tez muloqotga kirishuvchan, yetakchilikka intiluvchan, hokimiyatni egallash hissi ustuvor va maqtovni yoqtiradi. Ular boshqalarga tez ko‘nikadi. Bunday insonlar o ‘zlarining o‘ziga ishonchliligi yuqori, o‘ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, mojarolami o‘zlari keltirib chiqaradilar va faol tarzda o‘zlarini himoya qiladilar. Ijobiy tomonlari: qanoatli, artistlik qila oladigan, boshqalarni o‘ziga qarata oladigan. Salbiy tomoni: xudbin, shaxsiyatparast, maqtanchoq. Ekzotik - bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol, bunday odamlar tez-tez bahslashadilar, lekin ish vaqtida mojarolarga yetib bormaydi. Mojaroli holatlarda ular bir paytning o‘zida ham faol, ham sustkash. Shu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan tarzda faoliyat olib boradi. Ijobiy tomoni o‘ziga yaqin odamlarga g‘amxo‘r va e’tiborli, salbiy tomoni boshqalarga e’tiborsiz. Ekstrovert- ular o‘ta kirishimli.Bunday odamlarning do‘stlari va tanishlari juda ko‘p. Har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada ko‘pincha yetakchilikni, bo‘ysundirishni afzal ko‘radi. Ijobiy xislatlari o‘zgalami diqqat bilan eshitishga tayyorligi, so‘ralgan talabni tezda bajarishi. Salbiy tomonlari:ta’sirga beriluvchan, yengil tabiat, ko‘ngilxushlikni yoqtiradi. Introvert -bu toifadagilarning boshqalardan farqli tomoni shundaki, ular o‘ta ishonuvchan, o‘z tuyg‘ularini oshkor etishni qo‘llamaslik, qat’iylikdan yiroqlashish, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar yolg‘izlikni yoqtiradilar. Ularning shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga borishadi. Ijobiy tomoni kelishmovchilikni sodir etmasligi, uyatchanlik, qat’iylik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda, qaysarlik, fikrlashning tormozlanishi kabi salbiy xususiyatlarga ega.
I.P.Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki aksincha, halaqit berishi mumkin. Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bogiiq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi va xudbinligi ma’lum bolsa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min bo‘lsa, albatta, uning ko‘ngilchan ekanligini sezamiz. Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga xarakter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xususiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan. Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyatlarga duch kelsa-da, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu bois inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi. Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
I
Do'stlaringiz bilan baham: |