Xarakter va tashqi ko'rinish
Psixologiya tarixida xarakterni inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddiqomatiga (tana tuzilishiga va boshqalarga) bog‘liq qilib qo‘yadigan va shu yo‘l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish yo‘lini aniqlash, ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab inson xarakterini ochish nazariyalari ko‘p bo‘lgan. Masalan, tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil, deb qarash kerak, degan fikrlar ilgari surilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |