Cho`l zonasi-
Cho`l-(yoki sahro ham deyiladi) deb juda oz miqdorda yogʻin sodir boʻladigan mintaqaga aytiladi. Aksariyat choʻllarda yogʻin yiliga 400 mm dan kam boʻladi. Yiliga 250 mm dan kam yogʻinli choʻllar haqiqiy, 250—400 mm orasida yogʻin oladigan choʻllar esa yarimchoʻl yoki dasht, deyiladi. Choʻllar shuningdek „issiq“ va „sovuq“ tiplarga ajratiladi. Issiq choʻllar qum-tuproq bilan qoplangan boʻlsa (masalan, Qoraqum), sovuq choʻllar qor va muz bilan qoplangan boʻladi (masalan, Antarktida). Cho`l Yer kurrasining doimiy yoki mavsumiy issiq va qurg`oq qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |