Chirindi qatlam-
Chirindi-(lotincha humus — tuproq, gumus deb ham ataladi) tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui. Nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining chirishi natijasida hosil boʻladi. Chirindi tarkibiga organik (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar) va boshqa qoldiq moddalar bo`ladi. Gumus tuproq unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Unda oʻsimlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va boshqalar) bor. Oʻsimlik qoldiqlarining chirishidan oddiy birikmalar vujudga keladi. Gumusning toʻplanishi har yili tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar (ildiz)ning miqdori, ularning chirishiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |