Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi



Download 436,66 Kb.
bet62/472
Sana31.12.2021
Hajmi436,66 Kb.
#217103
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   472
Bog'liq
alifbo tartibida

Chimqo`rg`on suv ombori- Qashqadaryoning oʻrta oqimida qurilgan gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyati hududida, Qarshi shahridan 60 km sharqda barpo etilgan. Chimqoʻrgʻon suv ombori qurilishi 1958-yilda boshlangan. 1960-yildan doimiy foydalanishga topshirildi. Uzunligi 17,5 km, maksimal chuqurligi 30 m, oʻrtacha chuqurligi esa 17,2 m. Qashqadaryo oqimini mavsumiy tartibga solish uchun moʻljallangan. Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va Koson tumanlaridagi 188 ming gektar yerni sugʻoradi. Chimqoʻrgʻon suv ombori tarkibiga tuproqli toʻgʻon, minorali suv chiqargich, quyi byefda joylashgan chap sohil va oʻng sohil bosh taqsimlagichlari kiradi. Toʻgʻon balandligi 33 m. Minorali suv chiqargich sugʻorish uchun suv berish va ayni vaqtda ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan.

Chinni-(chin soʻzidan olingan) — suv, gaz va elektr oʻtkazmaydigan, oʻtga chidamli, jarangdor, asosan, oq rangli mahsulot. Chinnidan roʻzgʻor buyumlari (choynak, piyola, kosa, likopchalar, laganlar), bezak buyumlari (guldon, haykalcha va boshqalar), meʼmorlik detallari, sanitariyagigiyena buyumlari ishlanadi. Sifati jihatdan nafis chinni, dagʻal chinni, texnik, xo`jalik, sirlangan va sirlanmagan chinnlar farqlanadi. Nafis chinnining suvni singdirishi 0,5% gacha. Dagʻal chinni nafis chinniga nisbatan sergʻovakligi, suvni koʻproq singdirishi (9—12% gacha) bilan farq qiladi, shuning uchun ham u sirlanadi. Nafis chinni ham, dagʻal chinni ham bir xil xom ashyolardan tayyorlanadi, faqat tayyorlash texnologiyasi har xil boʻladi. Chinnining qattiq va yumshoq turlari ham bor. Idishlar yasashda, texnika va sanoatda qattiq chinni ishlatiladi, badiiy va bezak chinni mahsulotlari yumshoq chinnidan tayyorlanadi. Qattiq chinni yumshoq chinniga nisbatan chidamliroq, xom ashyosi tarkibida tuproq koʻproq boʻladi, shuning uchun ham yumshogʻiga nisbatan yuqori haroratda pishiriladi. Chinni mahsulotlari sirlanib, boʻyalib, gullar solinib yoki gul bosilib ishlab chiqariladi.

Chinnigul- juda chiroyli gullagani uchun gulchilikda keng qo`llaniladigan o`simlikdir. Ko`p gullaydigan va gullari qatma-qat bo`ladigan Xitoy chinniguli ko`p yilli, Turkiya chinniguli va Gollandiya chinniguli ikki yillik o`simlik sifatida o`stiriladi. Ko`p yillik bo`lgan patli chinnigul qimmatli hisoblanadi, chunki uning gullari unchalik yirik bo`lmasa ham juda xushbo`y bo`ladi.

Chinor- shox-shabbalari qayrilibroq o`sadi, bo`yi 30 – 40 m bo`ladigan yirik daraxt. Chinor Hisor tog` tizmalarida ko`proq uchraydi. Daryo vodiylarining ayrim joylarida katta chinorlar bor. Chinor manzarali daraxt sifatida alohida ahamiyatga ega. Uni urug`idan ko`paytirish ancha qiyin, shuning uchun ham qalamchalaridan ko`paytiriladi. Chinor namli tuproqda yaxshi o`sadi. Chinorning yog`ochi qattiq, chiroyli chiziqli bo`lib, mebel va turli buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Chipor ilon- suv ilonlar oilasiga mansub ilon. Chipor ilonning uzunligi 2,4 m gacha bo`ladi. Gavdasining orka qismi sidirgʻa rangli, baʼzan qora yoʻl-yoʻl dogʻlari boʻladi. Qorin tomoni oqish. 30 ga yaqin turi Janubiy Yevropa, Osiyoning moʻtadil va tropik mintaqalari, Shimoliy va Sharqiy Afrika hamda Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Chipor ilonlarning 6 turi uchraydi. Ayniqsa, turli rangli Chipor ilonlar va guldor Chipor ilonlar keng tarqalgan. Choʻl mintaqalarda koʻndalang yoʻlli Chipor ilonlar, xoldor Chipor ilonlar koʻp uchraydi. Chipor ilonlar mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, qushlarning bolalari va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Juda harakatchan. Oʻljasini boʻgʻib yoki yerga bosib oʻldiradi. Urgʻochisi 3 tadan 40 tagacha tuxum qoʻyadi. Chaqadi, lekin zaharsiz boʻlganidan xavfli emas. Ayrim turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.


Download 436,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   472




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish