Vulqon (lava)-
Vulqon- Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻtariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzoq Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, oʻchgan vulqon Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan.
Xalq- bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Masalan, biz Oʻzbekiston aholisi va oʻzbek xalqi deymiz. Xalq muayyan mamlakatning barcha aholisidi.
Xalq maqoli-xalq og`zaki ijodi janri; qisqa va lo`nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, do`stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan.
Xamir- un, suv, sut, yogʻ, tuz qoʻshib tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulot. Turli taomlar, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Moʻljallangan mahsulotga qarab turli xamirlar tayyorlanadi. Oddiy oshxamir— togʻorachaga elangan un solinib, oldindan tayyorlangan namakobdan oz-ozdan qoʻshib xamir qoriladi, yaxshilab pishitib iylanadi. Tayyor xamirni tindirish uchun zuvala qilib, 10—15 minut oʻrab qoʻyiladi, somsa, chuchvara, ugra, norin, lagʻmon va boshqa taomlar tayyorlash uchun yupqa qilib yoyiladi. Bunday xamirni tayyorlash uchun 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz solinadi. Oshirma yoki xamirturushli non xamir togʻorachadagi suvga tuz va xamirturush solib eritilgach, moʻljaldagi un solinadi va oz-ozdan suv qoʻshib xamir qoriladi. Tayyor xamir usti qalinroq narsa bilan yopilib, oshirish uchun bir soatga issiqroq joyga qoʻyiladi. Xamirning oshganligi koʻpchishi va orasida mayda gʻovakchalar paydo boʻlganligidan bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |