To`palang daryo-Surxondaryo viloyatidagi daryo. Bu daryo Hisor tizmasining janubiy yon bag`ridan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv o`ng irmog`i hisoblanadi. Uzunligi 117 km. To`palang daryoning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan — Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km), o`ngdan — Shatrut (25 km), Chosh (37 km), Balandsoy (18 km). To`palang daryo asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan to`yinadi. Havzasida umumiy maydoni 22,5 km² ga yaqin muzlik va qorliklar mavjud. Daryo vodiysida yong`oqzor, archazor, yaylovlar bor. To`palang daryodan chiqarilgan Hazorbog` kanali Denov, Sho`rchi, Qumqo`rg`on tumanlarini suv bilan taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |