Texnika vositalari-
Tikan-
Til-
Tillarang sug`uro`t- O`zbekistonda soni kamayib borayotgan kamyob o`simlik., ko`p yillik o`t. Ildizining yo`g`onlashgan yuqori qismidan 10-20 ta poay `osib chiqadi. Barglari patsimon bo`lib, uzunligi 10-30 sm ga yetadi. Poyalarining uchida yirik, diametric 4-5 sm keladigan tillarang gullari bo`ladi. Mevasi tuxumsimon. Iyun-iyul oylarida gullab, avgustda mevasi yetiladi. Tillarang sug`uro`t O`zbekiston hududida Oloy tizmasining Shohimardon daryosi havzasida va Sinszyan (G`arbiy Xitoy), Tibet, Himolay tog`larida o`sadi. Urug`idan ko`payadi. Bu o`simlik urug`idan juda kam ko`karishi va ungandan keyin 6-7 yil o`tgach gullashi sababli soni kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Tinch okeani- Amerika va Osiyo qit`alari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qo`ygan. Tinch okeani sathi 179.7 million kv.km dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana chuquri bo`lib, u 11034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida birinchi o`rinda. Tinch okeani g`arbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari o`rtasidagi yo`lak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Tinch okeani orollarining ko`pligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni bo`yicha okeanlar o`rtasida birinchi o`rinda.
Tipratikan-(Erinaceidae) hasharotxo`r sut emizuvchilar oilasiga kiruvchi hayvon. Oyoqlari ko`pchiligida 5 barmokli bo`ladi. Tipratikanning teri osti muskullari yaxshi rivojlangan, ular qisqarishi tufayli tipratikan gavdasi sharsimon shaklga kiradi. Tipratikanning 12—15 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. O`zbekistonda 2 turi: quloqdor tipratikan, qora ignali tipratikan uchraydi. Qulokdor tipratikan (tanasi 15—19 sm, qulog`i uzun, qorni mayin oq jun bilan qoplangan) O`zbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali tipratikan (tanasi 22—27 sm, dumi 23–37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) O`zbekiston janubida — Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdan-kam o`simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi. Qishloq xo`jaligi zararkunandalari—hasharotlarni yeb foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |