Rasadxona- osmon jismlarini kuzatishva ularni o`rganish uchun mo`ljallangan joy. Sharqda rasadxona(arabcha “rasad”- kuzatmoq), G`arbda observatoriya (lotincha – kuzataman) deyishadi. Osmon jismlarini kuzatuvchi kishi esa astronom (munajjim) deyiladi.
Rayhon-(Ocinum basilicum) labguldoshlar oilasiga kiruvchi, bo`yi 40-60 sm ga yetadigan bir yillik o`simlik. Bargi tuxumsimon, yashil, binafsha rangli bo`ladi. Rayhon iyul-sentabr oylarda oq yoki pushti bo`lib gullaydi. Urug`I sentabr-oktabr oylarida yetiladi.urug`I mayda, qo`ng`ir rangda. Rayhon xushbo`y hid taratuvchi gul sifatida xonadonlarda ekiladi. Undan xalq tabobatida turli kasalliklarni (yurak, asab, ishtaha ochish kabi) davolashda ishlatiladi. Rayhon oshko`k uchun ekiladi. Bir yillik o`simlik. Rayhonning 200 ga yaqin turi bor.
Registon- Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.
Rezina-(lotincha resina — qatron (smola) degan ma`noni bildiradi) elastik mahsulot. Rezina quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:umumiy maqsadlarda ishlatiladigan rezina. Bunday rezina (shina, oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va h.k.) —50 dan +150 gacha trada ishlatishga moʻljallangan; 150° dan yuqori trada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga moʻljallangan) issiqqa chidamli rezina; — 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa chidamli rezina, benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga moʻljallangan (shlang , zichlagich, turli idishlar va h.k.) moybenzinga chidamli rezina; turli yemiruvchi muhitlar taʼsiriga chidamli rezina. Bunday rezinadan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va h.k. uchun moʻljallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |