Ro`vak-
Romitan shahri- Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1981-yildan), tumanning maʼmuriy markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi—Kogon (30 km). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 km. Aholisi 15 ming kishidan ortiq, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va boshqa ham yashaydi. Romitan Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga koʻra, "Romitan" — "Tan oromi" dan deyiladi. "Romitan" atamasi turkiy mitan urugʻi nomidan kelib chiqqan degan taxminlar ham mavjud. Narshaxiy yozishicha, Romitan katta bir koʻhandizga ega va mustahkam bir qishloq boʻlib, Buxorodan qadimiyroqdir. Baʼzi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Romitan Toshkent—Samarqand—Urganch, Toshkent—Nukus avtomagistral yoʻli yoqasida joylashgan. Aholisi va xoʻjaliklari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladi. Shaharda gʻisht va paxta tozalash zavodlari, toʻquvchilik fabrikasi, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, mehmonxona, aloqa boʻlimi, bank, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi, kutubxona, stadion, "Xotira va Qadrlash" madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona va dorixonalar mavjud. "Motamsaro ona" yodgorligi qurilgan.
Rovoch-(Rheum maximowiczii) torondoshlar oilasiga mansub, bo`yi 2 m ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari 40 sm kattalikda, yo`g`on bandli. Rovoch tog`larda yovvoyi holda o`sadi, poyasi sersuv, nordon, yeyishli bo`ladi. U mart oyida ko`karadi, may-iyun oyida gullaydi. Rovochning 22 turi uchraydi. Rovochning ayrim turlari qadimdan sabzavot va dorivor o`simlik sifati ekiladi. Sabzavot rovochi seret, sershira, yoqimli, nordon ta`mli bo`ladi. Uning poyasidan murabbo, sharbat, turli xil shirinliklar tayyorlashda ishlatildi. U ildizpoyasidan va urug`idan ko`paytiriladi. Rovoch poyalari ikkinchi yildan boshlab olib ishlatiladi. Dori o`simligi sifatida esa panjasimon rovoch ekiladi.
Ruda- tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy minerallardir. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi. Ruda konlari qora, rangli, yengil, noyob, asl, radioaktiv, tarqoq va nodir metallar konlariga ajratiladi. Bir nechta ruda konlari katta masofaga choʻzilib joylashganda rudali mintaqa deb nomlanadi. Masalan, Amerikaning Buyuk kumushli mintaqasi Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli mintaqasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 km masofaga choʻzilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan. Janubiy Amerikaning misli mintaqasi 4 ming km ga choʻzilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili mamlakatlarida joylashgan ruda konlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |