Qurilish toshi-
Qurt- toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (kapalaklar, qoʻngʻizlar, ikki qanotlilar, pardaqanotlilar va boshqalar)ning tuxumdan chiqqan lichinkasi. Qurt tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, choʻziq, chuvalchangsimon (nomi shundan). Qurtning tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotlardan keskin farq qiladi. Qurt 4—5 marta tullash orqali oʻsadi. Oxirgi tullashdan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davrida qurtning organlari yemirilib, voyaga yetgan hasharotlar uchun xos organlar hosil boʻladi. Bir qancha hasharotlarning qurtlar qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |