Sanoat-
Sariq ilon-(Ophisaurus apodus) — urchuqsimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uzunligi 1,2 m (oilada eng yirik tur) gacha. Tangachalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Sariq ilon Janubiy Yevropa va Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Rangi qoʻngʻir, sargʻish yoki qizgʻish, yaltiroq bo`ladi. Asosan, quruq joylar, koʻpincha jarliklar, oʻrmonlar va bogʻlarda yashaydi. U suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mollyuskalar), baʼzan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Iyun — iyul oylarida 8—10 ta tuxum qoʻyadi va tuxumlarini qoʻriqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |