Samolyot-
Sangzor daryosi- Jizzax viloyatidagi daryo. Turkiston tog` tizmasidagi Guralash dovoni yaqinida 3400 m ga yaqin balandlikdagi buloklardan boshlanadi va Jizzax shahridan 70 km shimoli-g`arbda, Qizilqum cho`lining janubi-sharqiy chekkasidagi Tuzkon ko`liga quyiladi. Daryoning uzunligi 198 km, havzasining maydoni 3220 kv.km (tog`liq qismi). Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlog`i yonida Jontekasoy qo`shilgandan so`ng u Sangzor nomini oladi. Jizzax shahridan quyida esa Sangzor Qili nomi bilan ma`lum. Yorg`oq qishlog`iga qadar Sangzor Turkiston tog` tizmasi bilan uning tarmog`i hisoblangan Molguzar tog`lari oralig`ida keng vodiy bo`ylab toshloq, serostona o`zanda shimoli-g`arbga oqadi. Sangzor - kamsuv daryo. Daryoni qor va yomg`ir suvlari to`ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |