Kallakchali to`ng`izbosh-
Kalsiy-(lotincha Calx, Calcis — ohak soʻzidan olingan, Calcium)-Mendeleyev davriy sistemasiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallariga kiradi. Yer poʻstida tarqalganligi jihatidan beshinchi oʻrinda turadi. Tabiatda faqat minerallar (400 ga yaqin) holida uchraydi. Kalsiy birikmalari tabiatdagi togʻ jinslari, suvlar va tuproq, tarkibida ham bor. Kalsiy biogen elementyaardan biri boʻlib, oʻsimlik, odam va hayvonlar suyagining asosini tashkil etadi. Kalsiy- mollyuskalar, shilliqqurtlar va tuxum poʻstlogʻi tarkibida koʻp miqdorda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |