Kalamush-(Rattus) kemiruvchilar turkumining bir urug`I bo`lib, sichqonsimonlar oilasiga mansub. Tanasi cho`ziq, dumi uzun va tangachalar bilan qoplangan. Kalta oyog`ida siyrak jun bor. Qulog`i katta, juni siyrak (ayrim turlariniki junsiz). Kalamushning 60 turi maʼlum. Yer yuzida keng tarqalgan. O`zbekistonda ombor, yaʼni kulrang kalamush va turkiston kalamushi, Turkmanistonda qora kalamush tarqalgan. Ombor kalamushining bo`yi 25 sm cha, dumi nisbatan kaltaroq, kam jun, ko`pincha tangachalar bilan qoplangan, malla yoki jigarrang aralash ko`ng`ir tusli, qorni xira oq tusda. Ombor kalamushi yer yuzida keng tarqalgan. Vatani - Sharqiy Xitoy. Ombor kalamushi juda serpusht. Urg`ochisi yilda 3 marta, qar gal 1-15 tadan bolalaydi. Bolasi 3-4 oyda voyaga yetadi. Kalamush hayvonlar murdasi, o`simliklar va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Oziq-ovqat, donlarga, baʼzan mo`yna, gazmollarga zarar yetkazadi. Turkiston kalamushining bo`yi 12-23 sm, dumi bo`yiga teng . Rangi ombor kalamushiga o`xshaydi, ammo qorni ancha oq. Shimoliy Hindiston va O`rta Osiyo tog`larida yashab, ko`pincha yong`oqzorlarda daraxt ildizlari ostida va turli kovaklarda uya yasaydi. Juda serpusht. Bir yilda 4-5 marta 2-13 tadan bolalaydi. Har xil o`simlik va mayda jonivorlar bilan oziqlanadi. Tog`da mevalarga zarar yetkazadi. Kalamush o`lat kabi yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Qora kalamush gavdasining uzunligi 13-19 sm, dumi 13,5-23 sm, vatani - Hindiston. Bu yerdan hamma qitʼalarga o`tgan. O`rta Osiyoda faqat Turkmanistonda uchraydi. Yilda 3-5 martadan 4-13 tagacha bolalaydi.
Kaliy tuzi- suvda oson eriydigan kaliyli, kaliy-natriyli va kaliy-magniyli minerallardan hosil boʻlgan choʻkindi jinslar. Tabiatda osh tuzi bilan birga qalinligi bir necha sm dan oʻnlab m gacha qatlam yoki linza koʻrinishida uchraydi. Oʻzbekistonda Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Qaqalpogʻistonda (Tubegatan koni) kaliy tuzi konlari topilgan. Kaliy tuzining katta uyumlari koʻl atroflarida (Eritreya) va Oʻlik dengiz namakoblarida mavjud. Dunyodagi yirik havzalari: Stassfurt (Germaniya), Elzas (Fransiya), Yuqori Kama (RF), Qozogʻiston gʻarbida, Karpat oldi (Ukraina), Pripyat (Belorussiya), Delaver (AQSH), Saskachevan (Kanada) va b. Kaliy tuzi kimyo sanoatida kaliyli oʻgʻitlar olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Shuningdek, elektrometallurgiya, tibbiyot, pirotexnikada, oyna-shisha, boʻyoq kabilar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Kaliy-( lotincha Kalium) — Mendeleyev davriy sistemasiga mansub kimyoviy element. Ingliz fizigi va kimyogari Kaliy Devi 1807 yilda Kaliy gidroksid (KON)ni elektroliz qilib, Kaliy metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809-yildan u "kaliy" deb atala boshladi. Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar tarkibida uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. Kaliy tabiatda keng tapqalgan. Kaliyni presslash, pichoq bilan kesish mumkin. Havoda tez yonadi. Shuning uchun Kaliy kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi. Kaliy birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va boshqa narsalar ishlab chiqarishda, oʻgʻit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |