Guliston shahri- Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni","Ulug`obod qo`rg`oni"(1985-yilda qoʻshilgan). Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi. Hozirda shaharda 55 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va boshqalar bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |