Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi


Giyoh- Giyohvand modda-



Download 436,66 Kb.
bet113/472
Sana31.12.2021
Hajmi436,66 Kb.
#217103
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   472
Bog'liq
alifbo tartibida

Giyoh-

Giyohvand modda-giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi sintetik vositalar, o`simliklar. Giyohvand moddalar sirasiga marixuana, nasha, kannabis smolasi, qoradori, nasha moyi, morfin, geroin, kokain va boshqalar kiradi. Giyohvand moddalar inson salomatligi uchun juda zararli. Giyohvand moddalarni tayyorlash, sotish, giyohvand o`simliklarni o`stirish taqiqlangan.

Globus-(lotincha globus — shar, kurra degan ma`noni bildiradi) — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. Globusda Yerning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan holda butun yer yuzasidagi geografik obʼyektlar (quruqlik va suv havzalari, tog , tekislik va boshqa) qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Globusda geografik xaritalarda yoʻl qoʻyiladigan yoʻnalish, maydon va shakl xatoliklari boʻlmaydi. Globuslar foydalanish maqsadlariga koʻra bir-biridan farq qiladi: oʻquv globuslari, ilmiy ishlarga moʻljallangan globuslar, transport qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan globuslar. Masshtabi maqsadga koʻra tanlanadi. Oʻquv globuslari, odatda, 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda tayyorlanadi. Shu bilan birga ulkan globuslar ham yasalgan. Hozirgi vaqtda Sankt-Peterburg shahrida saqlanadigan globus masshtabi 1:4 000 000, Toshkentda OʻzMU geografiya fakultetidagi globus masshtabi 1:7 000 000. Globus yasash tarixi uzoq oʻtmishdan boshlangan. Qadimda sanoqligina olimlarning olam haqidagi ilmiy to`gʻri tasavvurlari dastlabki globuslarda o`z aksini topgan. Dastlabki ibtidoiy globusni miloddan avvalgi 2-asrda yunonistonlik Krates yasagan va u Oʻrta asr globuslaridan ancha farq qilgan. Sharqda dastlabki ilmiy globusni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda yasagan, u faqat Shimoliy yarim shardan iborat eng birinchi boʻrtma (relyefli) globus boʻlib, aholi yashaydigan joylar aniq ko`rsatilgan. Globusning diametri qariyb 5 m boʻlganligi maʼlum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy oʻzi yasagan globus haqida "Geodeziya" asarida yozib qoldirgan. 13-asrda Misrda ham globus ishlangan. 1492-yil Nyurnbergda nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym (1459—1507) diametri 0,54 m li globus ("Yer olmasi")ni yasagan. Toshkentdagi katta globus Toshkent universiteti buyurtmasi bilan 1979—1984 yillarda Perm davlat universiteti laboratoriyasida yasalgan (diametri 196 sm, ogʻirligi 490 kg , yuzasi 13 kv.m ga yaqin, oʻquv maqsadlarida foydalaniladi). 15-asrda Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonada ham kattagina globus boʻlgan. Unda iqlimlarning chegaralari, togʻlar, choʻllar, dengizlar va daryolar koʻrsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi globusni Samarkand astronomlari yasashgan. Ulugʻbekning oʻlimidan keyin u mutaassiblar tomonidan yoʻqotilgan. Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyida katta noyob bir globus saqlanadi. Mukammal ishlangan bu globusni 1895 y. xoʻjandlik maʼrifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz oʻgʻli musavvir va olimlar bilan hamjihatlikda yasagan. G.ning balandligi uni koʻtarib turgan tagligi bilan birga 117 sm, shar aylanasi 160 sm, masshtabi 1:2 500 000. Globus gradus toʻrlariga boʻlingan. Meridian va parallellar kora rang , tropik chiziqlari va qutb doiralari kizil rang bilan chizilgan. Nolinchi meridian Grinvichdan emas, Afrikaning gʻarbidagi Yashil burun o.laridan oʻtkazilgan. Bu Abu Rayhon Beruniy globussidagi boshlangʻich meridianga toʻgʻri keladi. G.ga qariyb mingta nom yozilgan.

Go`sht- qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Go`sht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Go`shtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki Go`shti sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. Go`shtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi.


Download 436,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   472




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish