Yovvoyi jiyda-
Yovvoyi o`rdak-qizil buyin o`rdak (Anas platyrhynchos) — o`rdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kg gacha yetadi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada yashaydi. Yovvoyi o`rdak O`zbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida ko`payadi. Uchib o`tuvchi qush, lekin ko`pchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq bo`lmagan har xil joylarga in quradi. Apreldan boshlab 6 tadan 16 tagacha tuxum qo`yadi. Tuxum bosishi 26 kun davom etadi. 60 kunda jo`jalari yaxshi uchish qobiliyatiga ega bo`ladi. Asosan, o`simliklar, baʼzan suvdagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi. Yovvoyi o`rdak muhim ov obʼyekti hisoblanadi. Xonaki o`rdaklar shu turdan kelib chiqqan.O`zbekistonning suv havzalariga ko`plab uchib keladi va qishlaydi. Makiyonining usti va pastki tomoni qoramtir, erkagining boshi, ko`kragi va orqa si qoramtir bo`ladi. Suzib borayotgandaerkagining boshi to`q yashil vabo`yni oq , makiyoniniki esa tumshug`i zarg`aldoq va dumi oqimtir bo`lib ko`rinadi. Qattiq g`a-g`alab uchadi. Sayozliklarda suvga tikka sho`ng`ib, suv tagidagi urug`, maysa, piyozboshi va tuganaklarni uzib yeydi. Jo`jalari asosan mayda jonivorlar bilan oziqlanadi.
Yovvoyi olma-(Malus sieversii) ra`noguldoshlar oilasiga mansub, bo`yining balandligi 10 m ga yetadigan shox-shabbali daraxt. Daraxt po`stlog`i och kularbg, to`q jigarrang yoki sariq qo`ng`ir rangda bo`ladi. Yosh novdalari esa yashil-jigarrangda, mayin tukchalar bilan qoplangan bo`ladi. Barglarining cheti arra tishli, ustki tomoni tuksiz, pastki tomoni tukli, 5-7 sm uzunlikda bo`ladi. Yovvoyi olma to`pgul hosil qiladi, to`pgulida 3-5 ta gul bor. Yovvoyi olma aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabr oyida pishadi. Mevasidan turli xil oziq-ovqat tayyorlashda ishlatiladi.
Yovvoyi sabzi-(Daucus carota) soyabonguldoshlar oilasidan bo`lib, bo`yi 150 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`simlik. Uning poyasi dumaloq, silliq, chiziqchali, o`rta qismidan boshlab shoxchalanib ketgan. Bargi tuxumsimon, cheti qirqilgan yki tishsimon bo`ladi. Bargaining ustki tomoni tuksiz, ostki tomoni esa tukli bo`ladi. Yovvoyi sabzi may-iyun oyida gullaydi, urug`i iyul-avgustda pishadi. U daryo va ariq bo`ylarida, bog`larda, adirlarda va tog`larning old qismlarida uchraydi. Yovvoyi sabzining urug`I turli mamlakatlarda har xil dori-darmon sifatida foydalaniladi. Uning urug`I gijjaga qarshi va surgi dori sifatida ishlatiladi.o`simlikning urug`i, poyasi, va ildizi xushbo`y hidli bo`lganligi uchun turli xil go`stli taomlarni oishirishda ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |