Yovvoyi cho`chqa- Yevropa, Afrika va Osiyoda ko`p uchraydi. Yovvoyi cho`chqaning eng ko`p tarqalgan turi to`ng`iz. To`ng`iz o`rmon va botqoqliklarda yashaydi. Uy cho`chqalarining nasl boshidir. Gavdasining uzunligi 1,5 m, dumi 25 sm, og`irligi 200-250 kg bo`ladi. To`ng`izlar poda bo`lib yashaydi. Ildizpoyalar, o`t, yovvoyi mevalar bilan oziqlanadi. Rangi to`q qo`ng`ir. Yovvoyi cho`chqalarning yana bir turi so`g`alli cho`chqalar yo`g`on, xunuk va beo`xshov hayvon. Tumshug`ining yon tomonlarida, ko`zlarining ostida kata-katta so`g`alsimon ortiqlari bo`ladi. Tanasining uzunligi 145-190 sm, bo`yi 65-85 sm, og`irligi 150 kg gacha bo`ladi. Asosan, Afrikada tarqalgan.
Yovvoyi hayvon- yovvoyi tabiiy holatda hayot kechiradigan hayvonlar. Dastlab barcha hayvonlar yovvoyi holda hayot kechirgan. Keyinchalik esa ularning ayrim turlari xonakilashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |