Ufq- gorizont (yunoncha horizo — chegaralayman degan ma`noni bildiradi) — ochiq joyda Yer yuzasining koʻrinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon bilan kesishadigan qismi. Koʻrinma ufq va matematik ufq farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi Yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek boʻlib koʻrinuvchi egri chiziqni koʻrinma ufq deyiladi. Masalan, dengiz qirgʻogʻida turgan odam 5–6 km, 10 m balandlikda esa 12,1 km uzoqdagi buyumlarni koʻrishi mumkin.
Ugom badani- g`arbiy Tyanshandagi juda kamyob o`simlik. Bo`yi 30 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. ildizpoyasi va poyasi yo`g`on. Barglarining uzunligi 15 sm gacha, eni esa 13 sm. Gullari to`q pushti rangda bo`ladi. Iyul-avgust oylarida gullab, avgustda mevasi yetiladi. Ugom badani Ugom tizmasida Ugom daryosining quyi oqimida tarqalgan (Toshkent viloyati). Qozog`istonda ham uchraydi. Asosan tog`lardagi qoyalarning yoriqlari orasida yakka-yakka holda o`sadi. bugungi kunda soni keskin qisqarib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Qo`ng`ir qumuzum- biror narsa yopirilib o`sadigan, qishda barglarini to`kadigan buta. O`zbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan. Barglai etli, qalami nashtarsimon, qirqilgan, uzunligi 7 sm, eni 6 sm. Guli sariq rangda bo`ladi. Mevasi esa ko`p urug`li, yassi – yumaloq, diametric 1-1,5 sm, etli va sershira, qo`ng`ir-qizg`ish rangli bo`ladi. Iyun-sentabr oylarida gullab, iyul-oktabrda mevasi pishadi. Qo`ng`ir qumuzum Usyurtda tarqalgan (Qoraqalpog`iston). Turkmaniston va Eronda ham o`sadi. Bu o`simlik toshloqlarda, sho`r tuproqlarda, chuchuk va ma`danli buloqlar atrofida o`sadi. urug`idan va ildiz bachkilari orqali ko`payadi. Mahalliy xalqlar mevasini ko`plab yig`ib olishi tufayli soni kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Ugom tog`i- Gʻarbiy Tyanshanning bir qismi. Tizmaning janubi-gʻarbiy qismi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib janubi-gʻarb tomon 115 km ga choʻzilgan. Piskom va Ugom daryolari oraligʻida joylashgan. Uning janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekistonda, shimoli-sharqiy qismi esa Qozogʻiston hududida. Suvayirgʻich yaqinidan ikki davlatning chegarasi oʻtadi. Oʻrtacha balandligi 3000–3500 m, janubi-gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻzbekistondagi qismi ancha past, Chirchiq daryosi yaqinida bal. 1500 m. Ugom tizmasining ayrim choʻqqilari 3500–4000 m ga koʻtarilgan. Eng baland choʻqqisi Sayram bo`lib, 4238 m. Sayram choʻqqisidan Ugom tizmasi bir qancha tarmoqlarga ajraladi, bulardan eng yiriklari Tuproqbel va Maydontoldir. Bu tarmoqlar ancha baland boʻlib, baʼzi choʻqqilari 4000 m dan yuqori — (Tuproqbel — 4234 m). Ugom tizmasining bu qismida doimiy qor uyumlari va kichik muzliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |