Sharsimon shakl-
Shartli belgi-
Shaxrixonsoy kanali-Andijon va Farg`ona viloyatlaridagi magistral kanal bo`lib, Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. Kanal 1887-yilda qurilgan, uzunligi 120 km. Shaxrixonsoy Katta Farg`ona kanali bilan kesishgan. Asaka shahri yonida 2 elektr stansiya kanal suvi bilan ishlaydi. Kanaldagi suv 8 yirik gidrouzellar orqali taqsimlanadi. 1976-yildan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Kanal sel, Oqbura va Aravon daryolaridagi toshqin hamda qishki tashlama suvlarni qabul qilishga xizmat qiladi, bu suvlar kanal orqali Asaka uzeligacha keladi. Janubiy Farg`ona kanali bilan birgalikda Andijon, Farg`ona viloyatlari va Qirg`izistonning O`sh viloyati (127,5 ming gektar) yerlarini sug`oradi. Andijon viloyatida Katta Farg`ona kanali bilan kesishgan joyigacha faqat shahrining o`zidan 68 ming gektar yer sug`oriladi.
Shaxta- kon ishlarini bajarish uchun, yer yuzasiga chiqish yoʻliga ega boʻlgan, yer ostidagi tik yoki nisbatan qiya, koʻndalang kesimi uncha katta boʻlmagan (4,5x6,5 m gacha) kon inshooti. Shaxtalar liftlar, izli transportlar bilan, qurilish paytida esa paqirlar bilan jihozlanadi. Shaxtalarning koʻndalang kesimi dumaloq, baʼzan toʻgʻri burchakli shaklda boʻladi. Nisbatan qiya shaxta stvollari toʻgʻri burchakli, ravoq shaklida va dumaloq boʻlishi mumkin. Shaxta devorlari beton, temirbeton, katta hajmli temir va choʻyan gardishlar bilan mustahkamlanadi. Shaxtalarning xizmat koʻrsatish muddati katta konlarda 50—70 yilga yetadi. Dunyoda eng chuqur Shaxtalar (chuq. 4— 4,5 km) Hindiston ("Chempion Rif" shahrisi)da va JAR ("Vitvatersrand" va boshqalar)da mavjud. U yerdan oltin, kumush va olmoslar qazib chiqariladi.
Sher-(Panthera leo) - arslon ham deb ataladi–mushuksimonlar oilasining bir turi. Uzunligi 240 sm gacha (urg‘ochisi kichikroq), og‘irligi 280 kg gacha bo`ldi. Yuz qismi cho‘ziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (bo‘yni, ko‘kragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi. Rangi sarg‘ish, yoli qoramtir. Sherlar qadimgi Afrika, Yevropa, Armaniston, Arabiston, Osiyo, Hindistonda yashagan. Hozirda sherlar kamayib ketgan. Asosan Markaziy Afrikaning qo‘riqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan yashaydi. Sher cho‘l, savanna va daryo yaqinidagi o‘rmonlarda yashaydi. Ular oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3 – 4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4 – 5 oy, 6 -7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. sherlar kechasi guruh bo‘lib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador sher odamga ham hujum qilishi mumkin. Ular 70 yilgacha yashaydi. Sher hamma joyda muhofaza qilinadi. Hind sheri (Panthera leo persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.
Sherobod daryo- Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi, Irgʻoyli va Qizilsoy daryolari qoʻshilishidan hosil boʻladi. Machay qishlogʻigacha Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyigacha Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uzunligi 177 km. Havzasining maydoni 2950 km². Suv oqimi yil davomida notekis taqsimlangan. Sherobod daryo havzasidagi soyliklarning uvoq jinslari suvni yaxshi oʻtkazadi, yogʻinning koʻp qismi shu jinslar orasiga sizib, keyinchalik bir meʼyorda daryo oʻzaniga qaytib chiqa boshlaydi, shu tariqa oqim fasllar davomida bir tekis taqsimlanadi. Quyi oqimida daryo suvi kamayib ketadi. Daryodan Darband, Dara, Sisanga, Xoʻjaboʻlgan, Munchoq, Sherobod qishloqlari suv oladi. Daryodan Sherobod GES qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |