Qozon-
Qozoqtog`-
Quljuqtog`- Navoiy viloyatidagi togʻ. Qizilqumdagi qoldiq togʻlardan biri, Janubiy Qizilqumning chekka qismida joylashgan. Quljuqtog`nisbatan past togʻ boʻlib, eng baland joyi 785 m. Iqlimi keskin kontinental. Quljuqtog` quruq va issiq iqlim sharoitida ekzogen jarayonlarga koʻproq duch kelgan, natijada yemirilib pasayib qolgan. Uning shimoliy yon bagʻri qiya va koʻplab quruq oʻzanlar bilan kesilgan. Bahorda bu oʻzandan qisqa muddat suv oqadi. Iyulda eng yuqori havo harorati +48, yanvarda eng past harorat —28,5 bo`ladi. Foydali qazilmalardan oltin, grafit, volfram va boshqa bor. Togʻ etaklarida qumloq tuproq va mustahkamlangan qum uyumlari mavjud. Shuvoq, boyalich, soy etaklarida esa yulgʻun uchraydi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, chiyaboʻri, kaltakesak, toshbaqa, charx ilon, koʻzoynakli ilon, togʻ etaklarida yumronqoziq yashaydi. Quljuqtog` va uning etagidagi yerlardan chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Qulon- yovvoyi eshaklarning Osiyoda yashaydigan bir turi, ba`zilar uni jaydsari otning bir turi deydilar. Suriya, Eron, Afg`oniston, Mo`g`iliston va Turkmanistonda uchraydi. Oyoqlari uzun, o`zi xipcha, gavdasining uzunligi 2,1 metrga, balandligi 1,2 metrga, og`irligi 120-125 kg ga yetadi. Qulog`i otnikidan kata, eshaknikidan kichikroq, terisi qumrang-sariq bo`ladi. Cho`l va sahrolarda pod abo`lib yashaydi, suv axtarib ko`chib yuradi, o`t-o`simliklar bilan oziqlanadi. Qulonlar go`shti va terisi uchun ov qilinadi. Qulonlar juda sezgir hayvon.
Quloq- odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi hisoblanadi. Quloq uch qismdan iborat. Tashqi, oʻrta va ichki quloq farq qilinadi. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Oʻrta quloqning tashqi devori — quloq pardasi yupqa, ammo pishiq plastinkadan iborat. Ichki quloq chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan boʻlib, suyak va parda labirintdan iborat. Odamlar va hayvonlarda quloq bir juft bo`ladi. Ularning quloqlari har xil tuzilishga ega. Masalan filning qulog`I juda kata bo`ladi.
Qulupnay- yertut — ra`noguldoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`tsimon o`simlik. O`zbekistonda ko`proq bog` qulupnayi turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi o`rtacha shoxlangan, bo`yi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon to`pgulga yig`ilgan.gullari oq yoki oqish-sariq, o`zidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi to`q qizil, ba`zan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha bo`ladi. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay namlikni va yorug`likni yaxshi ko`radi, sovuqqa chidamsiz o`simlik. Bir yerda 4— 5 yil o`stiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |