Qutb yulduzi-
Quvur-
Quvvat-
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati-“Baday-to’qay” davlat qo’riqxonasi nеgizida tashkil etilgan. Biosfеra rеzеrvatining asosiy maydoni 11568,3 gеktarni tashkil etadi. Bundantashqari, 57149,5 gеktarlik bufеr va o’tish zonalari mavjud. Bu еrda dorivoro’simliklarning 160 turi, hayvonot olamining 135 vakili uchraydi. Ularningkata qismi xalqaro va mamlakatimiz “Qizil kitob”iga kiritilgan. Buxoro bug’usi - xonguli shulardan biridir.
Quyimozor suv ombori-
Quyonsuyak-(Ammodendron connollyi) dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo`yining baladligi 4-6 m ga yetadigan daraxt yoki buta. Barglari yaltiroq-kumush rangli, mayin, uzunligi 2-5 sm, eni 3 mm bo`ladi. Quyonsuyak mart oyida ko`karadi. Uning poyasi tik o`sadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari binafsharangli, xushbo`y, chiroyli, ko`p gulli shodagul hosil qiladi. Mevasi iyun-iyul oyida pishadi. Urugi` qo`ng`ir tusda bo`ladi. Quyonsuyakning ildizi mustahkam bo`lib, yerga ancha chuqur kiradi. Uning yog`ochi juda musthkam bo`lgani uchun qadimdan turli maqsadlarda foydalanib kelinadi.
Quyon-tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Uy quyonlarining ajdodi yovvoyi quyonlar hisoblanadi. Madagaskar oroli, Janubiy Amerikaning janubiy viloyatlari va Antarktidadan tashqari Yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Uy quyonlari yovvoyilariga qaraganda ancha yirik, gavdasi uzunligi 70 sm gacha (yovvoyilari 44 sm gacha). Quyon serpusht, tez yetiladi, goʻsht va moʻyna, tivit olish uchun ko`paytiriladi. Yil mobaynida koʻpaya oladi. Yiliga bir quyon 3—6 marta, har safar 5—8 (baʼzan 15 va undan ortiq) bola tugʻadi. Nasldor quyon bolalari 30—45 kunlik, vazni 800—900 g boʻlganda onasidan ajratiladi. Tez yetiladigan zotlar 65— 70 kunlik, vazni 1,8–2 kg , kech yetiladiganlari 90—120 kunlik, vazni 2,8–4 kg boʻlganda soʻyiladi. Kuzgi tullashdan keyingi qishki terisi eng sifatli hisoblanadi. Jahonda 60 dan ortiq zoti bor. Jun qoplamiga koʻra moʻynali va tivitli zotlarga boʻlinadi. Quyon 7— 10 yil yashaydi. Xoʻjalikda foydalanish davri 2—3 yil. Asosan, koʻkat, ildizmevalar, sabzi-karam silosi, mayin xashak, don-dun, omuxta yem va boshqa konsentratlar, goʻsht-suyak va baliq uni va mineral qoʻshimchalar — suyak uni, osh tuzi va boʻr bilan boqiladi, xonadonlarda boqilganda oziq-ovqat chiqitlari ham beriladi. Quyon tez yetiladi va ko‘payadi, shu bois undan qisqa vaqt ichida ko‘plab parhez go‘sht olish mumkin.
Quyosh- Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin yulduz. Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri - 25, qutblari yaqinida esa - 31 sutkaga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |