Qoraqalpog`iston Respublikasi- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1,570 ming kishi. Boshkenti – Nukus shahri tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.
Qoraqamish kanali-
Qoraqand-(Barberis oblonga) zirkdoshlar oilasiga kiruvchi va bo`yi 3 m gacha yetadigan buta. Mahalliy aholi uni zirk ham deb ataydi. O`zbekistonda uning 5 ta turi uchraydi. Ular, asosan tog`li hududlarda uchraydi. Qoraqand iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentabrda pishadi. O`rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan beri bu o`simlikdan ziravor sifatida foydalanib kelishadi. Mevasidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Ildizidan sarg`ish rangli bo`yoq olinadi. Qoraqndning barg va pishmagan mevalari yurakning ish faoliyatini yaxshilash xususiyatiga ega.
Qoraqarg`a-(Corvus corone) olaqarg`aga qaraganda biroz kichik bo`lgan qush. Qanotining uzunligi 300-365 mm, qanotini yoyganda 970-1050 mm ga boradi. Uning tumshug`i yo`g`on va sal qayrilgan b`oladi. Qora qarg`alar yoz oylarida daryo bo`ylaridagi to`qaylarda, daraxtzor, bog` va tog`lardagi o`rmonlarda yashaydi. Qishda esa aholi yashaydigan joylarga uchib boradi. Baland tog`larga va quyuq qamishzorlar orasiga uya quradi. Aprel-may oylarida 3-5 ta, ba`zan 6-7 ta havorang-yashil sarg`ish-qo`ng`ir xollari bor tuxum qo`yadi. Tuxumining og`irligi 17-19 g keladi. Bolalari 30-35 kunda uyasidan uchib chiqadi. Qoraqarg`a hammaxo`r qush. U o`lgan baliq, kemiruvchi hayvonlar, o`rdak, g`oz va boshqa qushlarning tuxumlari va turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Qoraqarg`a zararli qush.
Qoraqurt- oʻrgimchak bo`lib, uning 6 turi maʼlum. Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Janubiy Yevropada, Oʻrta Osiyo, Moldaviyadan Yeniseygacha boʻlgan joylardagi dashtlarda, Ukrainaning janubida tarqalgan. Oʻzbekistonda oddiy qoraqurt, oq qoraqurt va Dal qoraqurti uchraydi. Oddiy qoraqurt urgʻochisining uzunligi 10—20 mm, erkaginiki 4—7 mm. Qoraqurt usti baxmalsimon, qora tusda. Erkagi va voyaga yetmagan urgʻochi qoraqurt qorni orqasida oq hoshiyali qizil nuqtalar bor. Hasharot (asosiy ozigʻi)ga boy dasht, choʻl va chala choʻllarda yashaydi. Urgʻochisi pana joylarga uya yasab, chiqaverishga oʻlja tutish uchun toʻr toʻqiydi. Uyasiga ilib qoʻyilgan har bir pillada (buning kattaligi kichik yongʻoqdek, umr boʻyi 4—7 dona) 200—400 tagacha tuxum boʻladi. Tuxumdan chiqqan yosh qoraqurt pilla ichida qishlab, aprelda pilladan chiqadi. Yosh qoraqurt 6 marta tullab, iyunda voyaga yetadi. Qoraqurt bezovta qilinganda chaqadi. Qoraqurtning zahar bezlari bosh koʻkragida joylashgan. Qoraqurt zahari tuya va otlarga ayniqsa kuchli taʼsir qilib, oʻlimga olib kelishi mumkin. Urgʻochi qoraqurtning chaqishi odam organizmining umumiy zaharlanishiga, baʼzan oʻlimga sabab boʻlishi mumkin. Bu koʻngilsiz hodisaning oldini olish uchun qoraqurt zahariga qarshi zardobdan foydalaniladi. Zardob va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqariladi. Qoraqurt zahari farmatsevtika sanoatida ham qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |