Qora temirtosh-
Qorabayir- zotdor ot bo`lib, salt miniladigan va aravaga qo`shiladigan, qishloq xo`jaligi ishlarini bajarishda foydalaniladi. Qadimgi O`rta Osiyo arg`umoqlarini mo`g`ul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida O`zbekistonda yetishtirilgan. "Qorabayir ot zoti" atamasi 19-asrning 2-yarmida paydo bo`lgan va "qo`lbola", "xonaki ot" ma`nolarini bildiradi. Unga qadar Sharq va G`arb yozma manbalarida Buxoro, Qo`qon, Samarqand va h.k. otlari tilga olingan. Tana tuzilishi yirik, ko`krakdor, qovurg`alari tikroq, ishchanlik xususiyatlari yuqori, kuchli, chidamli, chopqir, mahalliy iqlimga, tog` sharoitlarida boqishga. Ushbu otning og`irligi o`rtacha 400 kg . Tusi ko`proq to`riq, jiyron, kulrang yoki to`q sariq-malla (20%), qora va saman ranglilari kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |