Afg`on maynasi-
Afg`oniston- Amudaryo oqimining janub tomonida, bahaybat Hindiqush tog`larining yonbag`irlarida joylashgan. U Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bilan chegaradosh. Mamlakatning ko`p qismi tog`liklardan iborat bo`lganligi uchun dehqonchilik bilan shug`ullanish og`ir. Afg`oniston o`zining a`lo sifatli qorako`li, guldor jun gilamlari, ko`n-terilari, quritigan mevalari, bodom, anor, kunjutlari hamda yoqut, la`l toshlari, hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. Paxta, sholi va bug`doy ham yetishtiriladi. Aholisining ko`pchiligini afg`onlar (pushtunlar) tashkil etadi. Bundan tashqari, tojiklar, o`zbeklar, xazoralar va boshqa xalqlar ham bor. Afg`onistonnning qadimiy shaharlari ko`p. hirot, Balx, G`azna, Qandahor, Jalolobod shaharlari shular jumlasidan. O`zbekiston Respubikasi bilan Afg`oniston o`rtasida 1992-yilda diplomatya munosabatlari o`rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |