O`zbekiston-(rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 kv.km. Aholi soni 33 millionga yaqin. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega bo'lmagan besh mamlakat bilan, yaʻni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh. Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.
Ob-havo- biror joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik elementlarning uzuluksiz oʻzgarishlari majmui, atmosferaning muayyan tabiiy jarayonlarga bogʻliq holati. Inson faoliyatining barcha jabhalari ob-havo bilan uzviy bogʻliq. Ob-havo toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Maʼlum joyning aniq bir vaqtdagi ob-havosi meteorologik elementlar (harorat, havo namligi, bulut, yogʻin miqdori, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor boʻroni, momaqaldiroq, tuman va boshqalar) bilan tavsiflanadi. Ob-havo Yerning oʻz oʻqi at-rofidagi harakatiga bogʻliq boʻlgan davriy oʻzgarish, shuningdek, asosan, havo oqimlarining almashinishiga bogʻliq boʻlgan nodavriy keskin oʻzgarishlar sodir boʻlib turadi. Xalq xoʻjaligining qariyb hamma tarmoqlarini ob-havoning kelgusidagi holati qiziqtiradi. Yilning issiq davrida Oʻrta Osiyo hududi havo qattiq isib va qurib ketadigan, kontinental tropik havo shakllanuvchi markaz hisoblanadi. Chekka janubiy hududlarda kunduzgi eng yuqori nharorat +45, +50 gacha yetadi. Ob-havoning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Atmosfera hodisalarini zamonaviy asbob-uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, hisoblash mashinalari, raketalar, radiozondlar, samolyotlar) yordamida oʻrganish, uning kelajak rivojini aniklaydigan usullarning tako-millashishiga olib kelmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |