Mamlakat-deb tayinli milliy, iqlimiy, madaniy, tarixiy yoki siyosiy chegaralangan hududga aytiladi. Mamlakat o`z davlat suverenitetiga ega bo`lishi yoki boshqa davlat qaramog`ida bo`lishi mumkin. Mamlakatni ko`pincha davlat bilan adashtirishadi. Ularning farqi shundaki, mamlakat hudud bo`lsa, davlat shu hududda o`rnatilgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruv tizimidir.
Manba-
Mantiya-Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Yer mantiysi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda boʻlgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Hozirgi tasavvurlarga koʻra Yer mantiyasining tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi. Baʼzi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulqon otilishlaridan hosil boʻlgan lavalar Yer mantiyasi moddasini toʻliq boʻlmasa ham suyuq holatda ekanligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi.
Mantiya- Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Yer mantiysi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda boʻlgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Hozirgi tasavvurlarga koʻra Yer mantiyasining tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi. Baʼzi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulqon otilishlaridan hosil boʻlgan lavalar Yer mantiyasi moddasini toʻliq boʻlmasa ham suyuq holatda ekanligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi.