Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvatiga, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining kechishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Masalan, og‘ir jismoniy harakatning ko‘payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishiga va qon bosimining ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi o‘zgarishi kuzatiladi.
Jumladan, o‘rtacha og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |