Zaharli omillarga – ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta’sirlar kiradi. Zaharli omillarning inson tana a’zolariga o‘z-o‘zidan o‘tishi yoki a’sir etishi va tanada yig‘ilishi natijasilda kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarish changlari Pnevmokomioz kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.
Xavfli va zararli omillar ta’siridagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |