“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.
Bunda:
ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi
mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;
ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
vazirlik va idoralar
|
Aholini ish bilan ta’minlash sohasi va bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi
|
47.
|
“O‘zbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Yoshlar ittifoqi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi
|
48.
|
“Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;
sug‘urtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;
nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Ijtimoiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi
|
49.
|
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatiladi
|
50.
|
Har tomonlama adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.
Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasbiy va qo‘shimcha ta’lim olish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Ijtimoiy zaif qatlamning ta’lim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi
|
51.
|
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;
2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? ta’m?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;
oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;
2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;
mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.
|
Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-sentabr
|
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoitlari yaxshilanadi
|
52.
|
Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.
Bunda:
arzon uy-joylar va kommunal xizmat ko‘rsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
aholining urbanizatsiya ko‘rsatkichlarining izchil o‘sishini ta’minlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;
madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish;
tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini ta’minlash;
shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolala� uchun yashil hududlar, dam olish bog‘lari, o‘yin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,
amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-noyabrdan boshlab
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik ta’minlanadi
|
53.
|
|