mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar o‘tkazishga bo‘lgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish;
mahkumlarni oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali ularning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash;
mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi
|
Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi
|
61.
|
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-noyabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
|
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi
|
62.
|
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.
Bunda:
bolalarga qarshi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui,
Axloq kodeksi loyihasi
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bola huquqlari bo‘yicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
|
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,
maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning yangi tizimi yaratiladi
|
63.
|
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi
|
|