Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020-yil
1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi
|
Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi
|
43.
|
“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.
|
Tavsiyalar,
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Adliya vazirligi
|
Mehnatkash-migrantlar va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama o‘rganiladi
|
44.
|
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Bunda:
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;
BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risida) bajarish bo‘yicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;
xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o‘z huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
oilada ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga to‘la muvofiqligini ta’minlash;
aholining gender tengligi bo‘yicha ongini oshirish;
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni ta’minlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil 1-aprel
|
O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV
|
Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish bo‘yicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi
|
45.
|
Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish;
kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;
nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimini takomillashtirish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;
ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish;
ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;
yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga o‘tkazish;
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat l�yihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
46.
|
|