“Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;
xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;
davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 15-yanvar
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya v�zirligi
|
Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi
|
34.
|
“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;
ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi
|
Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni rag‘batlantirish bo‘yicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi
|
35.
|
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Bunda xalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-yanvar
|
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
|
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
36.
|
Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli ta’minlanishiga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksi�i amalga oshirish.
Bunda:
O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;
tibbiy sug‘urta sohasinitakomillashtirish;
aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini ta’minlash;
2030-yilga qadar onalar o‘limini uchdan bir qismga, bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta o‘lim darajasini30 foizgaqisqartirish;
reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
|
Mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi ta’minlanadi
|
37.
|
O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;
sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi
|
38.
|
“Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-mart
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Majburiy tibbiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi
|
39.
|
Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi
|
Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
40.
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ishga qabul qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida ko‘zda tutilmagan talablarni ilgari surishorqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;
ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qo‘llashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar yoki kasblar ro‘yxatini aniqlash;
ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga to‘lgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;
xususiy sektorda mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi to‘lanishini ta’minlash;
kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;
jamoaviy mehnat nizolarito‘g‘risidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish bo‘yicha qonunchilik takomillashtiriladi
|
41.
|
“Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Xususan:
jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlash;
mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-aprel
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV
|
Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi
|
42.
|
|