“O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;
ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;
ommaviy tadbirlar o‘tkazishga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-mart
|
IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh
prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili
|
Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari t�komillashtiriladi
|
4.
|
Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil 1-yanvardan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi
|
5.
|
“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda O‘z�ekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori
|
2020-yil 20-noyabr
|
Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
|
Sudlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti yanada kengaytiriladi
|
6.
|
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.
Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan ta’minlash.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabrdan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi
|
Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi
|
7.
|
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qo‘llashni ta’minlash;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va qarmog‘ida voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini ta’minlash;
terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirishnazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2021-yil
1-may
|
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi
|
Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi
|
8.
|
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni ta’minlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;
sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtiroki shart bo‘lgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;
voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningd�k, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish;
mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qo‘llash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2021-yil
20-may
|
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi
|
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi
|
9.
|
Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.
Bunda:
sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi o‘rnini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil
1-oktabr
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud
|
Sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi
|
10.
|
“Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini ta’minlash;
advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;
sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq ta’minlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil
1-iyul
|
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura
|
Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi
|
11.
|
Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.
Bunda:
xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;
prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;
prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-iyun
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
|
Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
12.
|
“Teng muomala qilish va kamsitmaslik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash.
Bunda:
“kamsitish”, “to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita va ko‘p marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikka kiritish;
irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qat’i nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilinishini ta’minlash;
fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarol�rning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-aprel
|
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi
|
13.
|
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil
1-oktabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Adliya vazirligi
|
Mamlakatda vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
14.
|
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta ko‘rib chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil 20-may
|
Oliy sud, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
|
Sudlanuvchilarni sud zalida bo‘lishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
15.
|
“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi
|
Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi
|
16.
|
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.
Shaxsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil 1-yanvardan boshlab
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
Shaxsga doir ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi
|
17.
|
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;
ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;
kam sonli millat vakillarining ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning tillarida o‘quv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabrdan boshlab
|
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
|
Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini ta’minlash mexanizmlari takomillashtiriladi
|
18.
|
|