Inson hayotida energiyaning o`rni. Jahon energetikasi bilan bog`liq global muammolar. Qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchan energiya manbalari. An’anaviy energiya manbalari zahiralari va resurslari
Inson hayotida energiyaning o`rni. Jahon energetikasi bilan bog`liq global muammolar. Qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchan energiya manbalari. An’anaviy energiya manbalari. An’anaviy energiya manbalari zahiralari va resurslari. Insoniyat milliardlab yillar davomida tabiat tomonidan to'plangan energiyadan foydalangan. Shu bilan birga, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish uchun uni ishlatish usullarini uzluksiz ravishda takomillashtirib keldi. Energiya insoniyat hayotida alohida rol o'ynadi. Insonning barcha faoliyati energiya sarfi bilan bog'liq. Evolyutsion rivojlanishning boshida inson faqat o`z tanasi mushaklarining energiyasiga ega edi. Keyinchalik, odam olov energiyasini olish va undan foydalanishni o'rgandi. Kishilik jamiyatining evolyutsion rivojlanishining yana bir bosqichi suv va shamol energiyasidan foydalanish imkoniyatini berdi-birinchi suv va shamol tegirmonlari, suv g'ildiraklari, shamol energiyasi hisobidan suzib yuradigan kemalar paydo bo'ldi. Energiya miqdorini ko`rsatishda odatda mahsulot hosil qiladigan energiya qancha miqdorda ko`mirning yonishidan hosil bo`luvchi issiqlik energiyasiga tengligi hisobga olinadi ( bu kattalik ko`pincha shartli yoqilg`I ham deyiladi). Hisoblashlar ko`rsatadiki, odamlarning iste‟moli uchun har yili 400 Mt atrofida oziq-ovqat ishlatiladi, lekin uning bor-yo`g`i 40 Mt atrofidagi qismi foydali ishga aylanadi. Taxminan uy-ro`zg`or ehtiyojlari uchun har yili 800 Mt, jamoa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun esa 1000 Mt. energiya sarflanadi. Shunday qilib, 7500 Mt ni tashkil etuvchi yillik iste'moldan 2200 Mt ulushi foydalidir, qolgan qismi issiqlik shaklida isrof qilinadi. Biroq, 2200 / 7500 Mt samaradorlik bilan ham insoniyat maqtana olmaydi, chunki bu yerda yiliga Yerga tushuvchi 10000000 Mt ni tashkil etuvchi quyosh nurlari energiyasi hisobga olinmagan. Energiyani qo'llashni uchta katta guruhga ajratish mumkin: a) Ozuqa energiyasi (Quvvat manbai). Bu tur energiya boshqa energiya turlaridan ko'ra qimmatroq: Jouliga qayta hisoblashda bug'doy ko'mirdan ko'ra qimmatroq. Oziqlantirish tana haroratini muttasil saqlash, harakatlanishi, aqliy va jismoniy mehnatni amalga oshirish uchun energiya (issiqlik)ni beradi; b) Uylarni isitish va pishirish uchun issiqlik shaklidagi energiya. Bu insonlarning turli iqlim sharoitlarida yashashi va oziq-ovqat ratsionini turli-tuman qilish imkonini beradi; c) Jamiyat ishlab chiqarish faoliyatini ta'minlash uchun energiya. Bu tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish, olam bo`ylab odamlar va yuklarni tashish, barcha aloqa tizimlarining samaradorligini ta'minlash uchun ishlatiladigan energiyadir. Ushbu energiya jon boshiga hisoblaganda aholini oziqlantirish uchun sarflanadigan energiyadan ancha yuqorini tashkil etadi. Hozirgi kunda energiya iste‟mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg„ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o„zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo„lmoqda. Shuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste‟mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta‟minlashdir. Ekologik toza energiyani faqatgina tabiatda mavjud bo„lgan energiya manbalaridan olish mumkin. Shuning uchun bunday manbalarni noana‟naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda energiyaning bunday turlaridan foydalanib har xil energiya turlarini ishlab chiqarishga kirishilgan. Qaytalanmaydigan energiya manbalari. Organik yoqilg„ilardan bir marta foydalanilgandan so‟ng undan qayta foydalanib bo‟lmaydi. Shuning uchun ularni qaytalanmaydigan energiya manbalari ham deb ataladi (organik yoqilg„ilar-neft mahsulotlari, toshko„mir va boshqa har xil qattiq yoqilg„ilar, gaz, atom va boshqalar). Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism o„z energiyasini, energiyaning boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo„lsa hamda o„z energiyasini xohlagan marta uzatib o„zi yo„qolib ketmasa bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko„tarilib tushishi, to„lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg„i, vodorod va kvant).
Dunyodagi rivojlangan malakatlar foydalanayotgan noana‟naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: • quyosh energiyasi; • shamol energiyasi; • gidroenergetika(o„rta-, kichik- va mikrogidroenergetika); • to„lqinlar energiyasi; • suv sathlarinig ko„tarilib-tushish energiyasi; • okean va dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi; • geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi; • biomassa energiyasi; • shahar chiqindilari energiyasi; • chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari energiyasi; • yer ostidan issiqlik nasoslari orqali olinadigan energiya.