Insho: Zulfiya - sadoqat timsoli.
Reja:
Kirish
Zulfiyaxonimga ehtirom
Asosiy qism
1. Zulfiyaxonim hayot yo'li .
2. Shoira bahor va muhabbat kuychisi.
3. Zulfiyaxonim asarlarda manga yashaydi.
Xulosa.
Atoqli va ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilova qalbimizning, yuragimizning tub – tubidan joy olgan. Zulfiyaxonim Isroilovaning she’rlari hamon dilimizda yangramoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Abduģaniyevich Karimov òzlarining " Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch " asarlarida sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim tògrisida quyidagi fikrlarni bildirganlar:" ... Nafaqat òz she'rlari, balki butun hayoti bilan òzbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qòshgan bòlardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolaģa bòlmaydi". Darhaqiqat , shoira Zulfiya ijodini òrganish, unga yuksak ehtirom kòrsatish barchamizning burchimizdir. Shu maqsadda istiqlol yillarida Birinchi Prezidentimizning 2014 -yil 31- oktabrdagi tashabbus va farmonlariga binoan " Shoira Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash tòģrisida " gi qaror e'lon qilindi. Ushbu farmon Zulfiya ijodi va asarlarini òrganishda yangi qadamlar tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shoiraning she'riy kitoblari bir necha nusxalarda nashr etildi.
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili. O’zbekiston xalq shoiri, xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tehsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi.
Zulfiyaxonim Isroilova bahor va muhabbat kuychisidir. Zulfiyaxonimning ilk she’rlari “Hayot varaqlari” nomi bilan 1932-yilda chop etilgan. Shundan so’ng shoiraning “she’rlar” va “Qizlar qo’shig’I”, “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida”, “Dalada bir kun”, Tong qo’shig’I”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga”, “Oylar” kabi o’nlab she’riy to’plamlari chop etildi. Zulfiyaxonim “Semurg’” , “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratdi. O’zi ham “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” kabi poemalaryozadi. Rus, Ukrain, Ozarbayjon, hind shoiralarining she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qiladi.Zulfiyaxonim ijodida faqat bahor va muhabbat , sadoqat tarannum qiladi.
Yaxshi she'r mudrab yotgan ruhiyatni uyģotadi. Tongning nafasidek kòngilga xush yoqadi. Kòklam havosidek bahr- u dilingizni ochib yuboradi.
Hamon e'tiqodim- haqiqat, haqdir,
Sòzlayman yuzimni tutib Ka'baga.
Yemira olmaydi òtkinchi taqdir,
Osuda òtadi ruhim abadga.
E'zozlar, ardoqlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorulamon, hur
Baxtim shul- òzbekning Zulfiyasiman.
Zulfiya she'riyati tabiatga hamda uning yuqori chòqqisi va ajralmas qismi bòlmish odamzodga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she'rlarida tabiat och rangda, yorqin bòyoq va timsollarda gavdalanadi. Shoiraning oliyjanoblik, jasorat, haqqoniy xalq ģururi , tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyģular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan timsollar bilan bajarilgan lirikasi kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bòlgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Zulfiyaxonim bahorda tavallud topgani uchun tabiat manzaralari hayoti, taqdiriga uyģunlashib ketgan:
Salqin saharlarda , bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi , yellarning nozi ,
Baxmal vodiylarda , qirlarda bahor.
Zulfiyaxonim asarlari bor ekan by asarlarda mangy yashaydi.
O'zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo`lni bosib o`tgan bo`lmasin, unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo`lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi. yil Zulfiyaxonim tavalludiga 106 yil tòladi. Umuman olganda, Zulfiyaxonimning ijodi va hayot yòli biz yoshlar uchun har tomonlama òrnak bòla oladi. U ham shoira, ham taniqli davlat va jamoat arbobi , ham Hulkar va Omondek barkamol farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan jonkuyar ona, vafo va sadoqatning buyuk timsoli, oppoq tong kuychisi sifatida abadiylikka muhrlandi. Birinchi Prezidentimiz bejizga " Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch " asarlarida eng buyuk jasorat sohiblarini sanay turib, Zulfiya Isroilovani ham alohida ta'kidlab òtmaganlar. Shunday ekan, biz, yoshlar, kelajakda Zulfiyaxonimga munosib izdosh bòlib, yurtboshimizning bizga yaratib bergan imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, har tomonlama yetuk va barkamol inson bòlib yetishaylik!
Do'stlaringiz bilan baham: |